3- mavzu: Qadimgi turkiy til predmeti, maqsad va vazifalari Qadimgi turkiy yozuvlar


Xuastuanift (monaviylarning tavbanomasi)



Yüklə 350,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.09.2023
ölçüsü350,69 Kb.
#123827
1   2   3   4   5
3-ma`ruza

Xuastuanift (monaviylarning tavbanomasi)
. Bu yodgorlikning uch nusxasi 
bor, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi. Turfondan topilgan Sankt-
Peterburg nusxasi uyg„ur yozuvida bitilgan. Turfondan va «Ming budda g„ori» 
ibodatxonasidan topilgan Berlin va London nusxalari monaviy yozuvi bilan bitilgan 
bo„lib, uning til xususiyatlarini aks ettiradi. Bu yodgorliklarni 1910-1911 yillarda ingliz 
olimi Le Kok Berlin Londonda nashr ettirgan. L.V.Dmitrieva 1963 yilda uni lotin 
alifbosida ruscha tarjimasi bilan nashr ettirdi.
2. 
Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa
. Bu yodgorlikning 
matni 1914 yilda frantsuz olimi P.Pello tomonidan frantsuzcha tarjimasi bilan nashr 
ettirilgan. 
3. 
Oltin yoruq.
Asli qadimgi hind-sanskritcha «Suvarnaprabhasa» (oltin jilo). 
Budda diniga oid bo„lgan sutra (muqaddas kitob)ning turkiy tarjimasi bo„lib, qisqacha 


«Oltun yoruq» nomi bilan yuritiladi. U X asrda beshbaliqlik Singku Seli Tutung 
tomonidan turkiy tilga o„girilgan. Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi etib kelgan. 1909-
1917 yillarda rus turkshunosi S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan 
va 1913-1917 yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa boshqalarga 
nisbatan mukammalroq bo„lib, Sankt-Peterburgga saqlanadi. 
4. 
Sekiz yukmak
. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis olimlari V.Bang, 
A.Fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934 yilda Berlinda nashr ettirganlar. 
Bulardan tashqari, uyg„ur yozuvida yozilgan bir qancha obidalar, turli afsonalardan 
olingan parchalarning matnlari bitilgan yodgorliklar bor. Shuningdek, VIII-X asrlarga va 
keyingi davrlarga oid juda ko„p uyg„urcha yuridik-huquqiy xujjatlar ham mavjud. Bu 
yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq so„zlashuv tili xususiyatlari aks etgan. 
G„arbiy turk hoqonligi davrida (VI-VIII asrlar) turkiy qabilalar o„troqlasha 
boshlaydi. O„troqlashgan turklar shaharda hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan 
shug„ullanadi, cho„l va qishloq joylarda esa dehqonchilik qiladi. Buning natijasida turkiy 
qabilalarning etnik jihatdan o„zaro yaqinlashuvi va fors tillarida so„zlashuvchi xalqlar 
bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari kuchayadi. 
VIII asrda G„arb va Janubda – Movarounnahr hududi (Samarqand, Buxoro, Choch, 
Farg„ona, Xorazm)da yashagan aholi va sug„diy-eroniy xalqlar arablar tomonidan bosib 
olinadi, Abbosiylar xalifaligiga qaram bo„lib qoladi. Bu erdagi xalqlar esa islom dinini 
qabul qiladi. Bu tarixiy hodisa Movarounnahrda yashagan xalqlarning, shu jumladan, 
turkiy xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, fan va adabiyotning rivojiga 
ma‟lum darajada ta‟sir ko„rsatdi. Ayniqsa, IX asrning 2-yarmidan, Somoniylar davridan 
boshlab turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy siljishlar sodir bo„ldi. 
Jumladan, urug„-qabilachilik munosabatlari kuchsizlanadi, feodal munosabatlar 
rivojlanib boradi. 
Shu asnoda turk hoqonligi davrida turkiy qabilalar to„liq tabaqalanadi. 
Markazlashish, o„zaro birlashish jarayonida qo„shilish va ajralib ketish asosida 
rivojlangan turkiy tillar uyg„urlar hukmronligi davrida umumturkiy adabiy til sifatida 
shakllanadi. Bu adabiy tilning tashkil topishida qarluq-chigil tillari, shuningdek uyg„ur 
tili asos sifatida qatnashadi, uning taraqqiyotiga ma‟lum darajada ta‟sir qiladi. X-XII 
asrlarda Qoraxoniylar hukmronligi davrida qo„llangan, ma‟lum darajada me‟yorga 
solingan turkiy adabiy til qisman o„g„uz-qipchoq tillari xususiyatlarini ham o„z ichiga 
olar edi. Eski o„zbek adabiy tilining xalq tili sifatida shakllanish davri ham mana shu 
vaqtlarga to„g„ri keladi.

Yüklə 350,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə