Pinbord usuli



Yüklə 30,66 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü30,66 Kb.
#166949
“Pinboard” metodi

“Pinboard” metodi


( inglizchadan: pin - mustahkamlash, board - doska)
Bu oʻqitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki oʻquv suhbati amaliy metod bilan bogʻlanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari - rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: oʻquvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish
madaniyati shakllanadi, oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi.


Pinbordning texnologik xaritasi


Ish bosqichlari va tarkibi

Faoliyat

Oʻqituvchi

Oʻquvchi

1-bosqich Tayyorlov

Mavzuni aniqlaydi, maqsadni aniq ifoda etadi, natija va baholash mezonini aniqlaydi.
Qiziqtiruvchi (muzokarani) savol va asosiy fikrlarni shakllantiradi.






2-Bosqich Mavzuni ishlash

Mavzu tuzilishini aniqlaydi, oʻz
mulohazalarini bildiradi va oʻquvchilarga oʻz nuqtai nazarlarini bayon etishni taklif etadi.
“Pinbord” metodini tushuntiradi.
Munozara boshlanishini tezlashtirish uchun bir nechta tayyorlangan savollarni berishi
mumkin.

Mavzuni, uning maqsadi asosida o`qituvchi bergan savollarni yozib oladi.
Munozara vaqtida mavzuni ishlab chiqadilar.



3-Bosqich
Oʻz xulosalarini yozma bayon etish

Kuzatadi.

Munozara davomida shakllangan fikrlarini asosiy xulosalar koʻrinishida qogʻoz varogʻi yoki kartochkaga yozib doskaga ilib
qoʻyadilar.



4-Bosqich Umumlashtirish

Maslahat va tavsiya orqali majbur qilmasdan koʻmak berish.



Oʻquv guruhining 2 - 3 a’zosi oʻrtoqlari bilan maslahatlashgan holda mazmuniga qarab ma’lumotni tartiblaydilar va guruhlarga boʻladilar. Strelka, chiziq va boshqa belgilar yordamida ularning oʻzaro munosabatini: bir butun yoki qarama - qarshi nuqtai nazarni
shakllantiradilar



5-bosqich Yakun yasash, tahlil
qilish, baholash

Oʻquvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.



Oʻz-oʻziga baho berishni amalga oshirishlari mumkin.



Yüklə 30,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə