Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
yulduzli tunlar 0

etilibdi» 
deb ovoza tarqatganlari rost ekan. 
O‘ratepaning sobiq hokimi Muhammad Husayn dug‘lat fitnachilarga 
bosh bo‘lib, Boburning o‘rniga uning amakivachchasi – marhum Mah-
mud mirzoning yigirma yoshlik o‘g‘li Mirzoxonni Kobul podshosi, 
deb e’lon qilibdi. Buning xabarini Kobulda qolgan sodiq navkarlardan 
Muhammad Andijoniy Langari Temur degan joyda Boburga yetkazib 
keldi. Ma’lum bo‘lishicha, Kobul qal’asini Bobur uchun berkitib turgan 
Mullo Bobo va Ahmad Yusuflarning ahvoli juda og‘ir. Qo‘rg‘onni qamal 


290
qilayotgan Mirzoxon boshliq mo‘g‘ullarning yigirma ming odami bor, 
devorlarga naqb solib borut bilan portlatib o‘tishga harakat qilishyapti. 
Qo‘rg‘on himoyasida ikki yuztagina odam turibdi. Ularning ham zaxi-
ralari tugab boryapti. Shu ketishda fitnachilar ketma-ket hujum qilaver
-
sa qo‘rg‘onni bir hafta-o‘n kunda olib qo‘yishlari ehtimolga yaqin.

Biz Langari Temurdan Kobulga to‘rt kunda yetib borgaymizmi, 
a, janob Qosimbek? – so‘radi Bobur.

Ildam yursak, uch kunda ham yetgaymiz. Ammo Qanda-
hor yo‘li bilan kelganimizda Kobulga yana bir oyda zo‘rg‘a yetgan
bo‘lardik.
Muhammad Andijoniy bu gapni ma’qullab qo‘shimcha qildi:

Fitnachilar sizlarning qish chillasida Hindikushdan oshib kel-
ishlaringizni mutlaqo bilmaydi, amirzodam! Axir bu – aql bovar qil-
maydigan ish! Shuning uchun fitnachilar asosiy kuchlarini Qandar
-
hordan keladigan yo‘l bo‘ylariga joylashtirganlar. Qorovullari ham 
Qandahor tomonda poyloqchilik qilmoqda emish. Menga buni Mullo 
Bobo tayinlab aytib yubordi. «G‘azna tomondan kelmasinlar, Manor 
tog‘i tomondan kelsinlar» deb iltimos qildi.

Ammo janob Qosimbek, siz uzoqni ko‘zlab dovon yo‘lini tanla-
gan ekansiz. Men sizning haqligingizga endi astoydil tan berdim.

Tashakkur, amirzodam. Endi hamma gap Kobulga yog‘iylar kut-
magan tomondan bilintirmay borishimizga bog‘liq. Ularni g‘aflatda 
bosmoq kerak!
Bobur, Qosimbek, Xo‘ja Kalon va boshqa ishonchli amirlar ma-
slahatni bir joyga qo‘yishdi. Kobul qo‘rg‘onidagi Mullo Bobo boshliq 
sodiq kishilariga Bobur o‘z qo‘li bilan
maxfiy maktub yozdi.
«Mardona bo‘ling, najot yaqin, xudo xohlasa, seshanba kuni tunda 
biz Manor tog‘ida ulkan o‘t yondirg‘umizdir. Sizlar ham arkda, eski 
ko‘shkning ustidakim, hozir xazinadur, ulug‘ o‘t yondiringiz, toki 
bilg‘aymizki, bizdan xabardor bo‘libsiz...»
Muhammad Andijoniy Boburning maktubini Kobul qo‘rg‘oni-
dagilarga vaqtida yetkazib borgan ekan. Seshanba kuni kechasi Bobur 
odamlari bilan Manor tog‘iga yetib, Kobul qo‘rg‘oni ko‘rinadigan joy-
da ulkan olov yondirdilar. Ko‘p o‘tmay Kobul arkida xazinaning tomi 
ustida ham kattakon olov yaltillab ko‘rindi.
Shundan keyin Bobur odamlari bilan Kobulning shimol tomo-
nidagi G‘urband Tangisidan sahar palla chiqib, eng avval fitnachil
-


291
arning boshliqlari uxlab yotgan qasrlarga yaqinlashdilar. Tun juda 
sovuq, izg‘irin shamol esadi, ko‘pchilik qorovullar ham shamolpana 
iliq joylarga kirib ketishgan. Muhammad Husayn bilan Mirzoxon 
g‘aflat uyqusiga yotgan paytda qo‘rg‘on ichkarisidan Mullo Bobo va 
Ahmad Yusuf o‘z odamlari bilan Ohanin darvozasidan qurollanib 
chiqdilar. Qo‘rg‘onni qamal qilib yotgan mo‘g‘ullarning halqasi shi-
mol tomonda siyrak edi, chunki ular Boburning janub-g‘arb tomon-
dan kelishini kutmoqda edilar.
Bobur shimoldagi G‘urband tomondan, qo‘rg‘ondagilar qal’a tomon-
dan birvarakay zarba berishib, mo‘g‘ullar halqasini sindirib o‘tdilar.
Kobul podshosi deb e’lon qilingan Mirzoxon qo‘rg‘on tashqaris-
idagi hashamatli bir qasrda uxlab yotgan paytda Boburning Xo‘ja 
Kalonbek boshliq yigitlari qasr hovlisiga tig‘ yalang‘ochlab kirdilar. 
Mirzoxonning qo‘riqchi yigitlari ham qilichlarini qindan sug‘urdilar.
Qilichbozlik jangidan bir necha navkar yaralanib yiqildi. Cho‘chib 
uyg‘ongan Mirzoxon:
– Bobur bostirib keldi! – degan xabarni eshitib o‘zini yo‘qotib 
qo‘ydi. «O‘ldiga» chiqarilgan odamning birdan tirilib kelishi Mirzox-
onni shunchalik vahimaga soldiki, u tarafdorlarini to‘plab jang qil-
ishni xayoliga ham keltirmadi. Qantarib qo‘yilgan egarlog‘liq bir otga 
sapchib mindi-da, kunchiqish tomondagi tog‘larga qarab qochdi. 
Buni eshitgan Bobur Yusufbek boshliq bir to‘da yigitlarni Mirzoxon
-
ning ketidan quvg‘inchi qilib yubordi. O‘zi Bog‘i Bihisht deb ataladi-
gan bog‘ning ikki qavatlik qasriga tomon ot surib ketdi. Fitnachilarn-
ing boshlig‘i Muhammad Husayn dug‘lat shu qasrda edi. Darvozaning 
tomi ustida o‘ltirgan qo‘riqchilar Boburga yoydan o‘q yog‘dirdilar. 
O‘qlardan biri uning po‘lot dubulg‘asiga, yana biri ko‘kragidagi zirhli 
«chor oynaga» o‘ralib qapchib ketdi. So‘ng Bobur kamondan otgan 
o‘qlar tom ustidagi soqchilardan birini yerga qulatdi.
Darvozani qo‘riqlab turgan otliq mo‘g‘ul beklari qilich 
yalang‘ochlab, Boburga hamla qilishdi. Ulardan biri yaqin kelib qilich 
urganda Bobur o‘zini qalqoni bilan to‘sdi. So‘ng fitnachining bo‘yniga 
shunday qilich urdiki, egardan yerga uchirib, yumalatib yubordi.
Yana ikkinchi, uchinchi... beshinchisini otidan qulatdi...
Qilich yalang‘ochlab kelayotgan har bir dushman unga yuzma-
yuz kelgan o‘lim timsoli bo‘lib ko‘rinardi. Yovni qilich bilan urib yi-
qitganda o‘ziga chang solayotgan o‘limni bartaraf qilganday yengil 
tortardi.


292
Boburning o‘zi tig‘ bilan yovlarini urib, yiqitib kelayotganini es-
hitgan Muhammad Husayn dug‘lat hovliga chiqishga ham jur’at etol-
madi. Xotinlarning ko‘rpa-to‘shak yig‘ib qo‘yiladigan xonasiga kirib, 
bo‘g‘jamaning ichiga yashirindi.
Mehr Nigor xonim – Boburning xolasi edi. Bultur Qutlug‘ Nigor 
xonim olamdan o‘tgandan beri Bobur bu xolasini ona o‘rnida hurmat 
qilib yurardi. Boburning odamlari ichkarilarni axtarib, Muhammad 
Husaynni topib chiqqanlaricha Bobur shu xolasi oldida farzanddek 
ta’zim qilib ko‘rishdi.
Toshkentda xon bo‘lgan marhum Mahmudxonning onasi Shohbe-
gim ham shu qasrda ekan. Boburga o‘gay bo‘lsa ham, har qalay momo 
hisoblangan Shohbegim to‘satdan paydo bo‘lib qolgan Bobur oldida 
sarosima bo‘lib, duduqlanib biron so‘z ayta olmadi.
Bobur uning ham hurmatini joyiga qo‘yib, ta’zimu tavoze bilan 
so‘rashdi.
Ichkaridan ikki yigit qo‘ltig‘idan mahkam ushlab olib chiqqan 
Muhammad Husayn esa:

Menda ne ayb?! – deb peshgirlik qildi.

Sizda ayb bo‘lmasa nechun mendan qochib to‘shakxonaga be-
kindingiz? – so‘radi Bobur.

Qilich yalong‘ochlab kirganlardan qo‘rqdim, rost!

Ammo mening o‘rnimga Mirzoxonni podshoh ko‘targanda xu-
dodan qo‘rqmadingizmi? Bir podshohga qarshi fitna uyushtirib, 
boshqa podshohni taxtga chiqarish – davlat to‘ntarishi ekanini bil-
masmisiz? Bunday xiyonatlar uchun eng og‘ir jazolar berilishi, tanasi 
pora-pora qilinib, ming qiynoqlar ichida qatl etilishi sizga ma’lum 
emasmidi?!

Meni... mo‘g‘ul beklari yo‘ldan urdilar!.. Kechiring, amirzo-
dam, kechiring – deb Muhammad Husayn ho‘ngrab yig‘lay bosh-
ladi va Boburning oyog‘i ostiga o‘zini tashladi. Soqoliga oq tush-
gan bu odamning O‘ratepadagi uyida Bobur ko‘p marta mehmon 
bo‘lgan, uning o‘g‘illari bilan birga o‘sgan edi. Ayniqsa, Muhammad 
Husaynning kichik o‘g‘li Haydar Mirzo Boburga juda mehribon
zehni o‘tkir, yetti-sakkiz yoshdayoq kitob o‘qib, she’r aytadigan za-
kovatli bola edi.
Mehr Nigor xonim ham, Shohbegim ham Muhammad Husaynning 
shu bolalarini o‘rtaga solib, Boburdan shafoat so‘radilar. Bobur Mu-
hammad Husaynga nafrat bilan ko‘z tashlab dedi:


293
– Mana shu onalaru begunoh bolalar hurmati... Men sizning qon-
ingizdan kechdim... Ammo endi siz bilan oramiz uzildi... Ko‘chingizni 
olib, mening qalamrovimdan chiqib keting! Tamom!
Bobur bu yerdan otlanib chiqqanda fitnachi qo‘shinlar Kobul 
qo‘rg‘onining atroflarini tark etib, tog‘larga qarab chekinmoqda edi. 
Qamal paytida qo‘rg‘onni ajdahoday o‘rab yotgan minglab mo‘g‘ul 
askarlari endi o‘z sardorlaridan ajralib, boshi kesilgan ilondek tal-
vasa ichida go‘yo dumalab ketmoqda edi.
Mirzoxonning ketidan yuborilgan quvg‘inchilar uni Qarg‘a Buloq 
degan joydan tutib olib, arkda devonxonada o‘ltirgan Boburning old-
iga olib kirdilar. Yengil kiyingan Mirzoxon sovuqda diydirab ko‘karib 
ketgan. Boburga egilib ta’zim qilayotganda yerga gursillab yiqilib 
tushdi. Yigitlar uni o‘rnidan turg‘izdilar. Yig‘lab iltijo qildi:

Meni afu eting, hazratim! Siz mening yagona podshohimsiz!

Ammo o‘zingizni ham podshoh deb e’lon qilibdilar-ku!

Meni aldadilar! «Temuriylardan Kobulda faqat Siz qolgansiz, – 
dedilar. – Bobur mirzo qaytib kelguncha elga bosh bo‘lib turing» deb 
ko‘ndirdilar! Mana, xudoga shukr, eson-omon qaytib kelibsiz!

Bizga peshvoz chiqib kutib olish o‘rniga, nechun toqqa qarab 
qochdingiz?

Xom sut emgan banda, vahimaga berilibmen! Ammo men 
mo‘g‘ul beku navkarlaridan himoya istab qochganim yo‘q. Sizning 
huzuringizga jang tugagandan so‘ng qaytmoqchi edim.
Bobur uchun ham Mirzoxonning mo‘g‘ul beklari tomonga qochib 
ketmagani yaxshilik alomati edi. Agar Mirzoxon ular tomonga o‘tib 
ketganda, ikki oradagi urush uzoq davom etishi, yana ko‘p behuda 
qonlar to‘kilishi mumkin edi.
– Men sizning qahramonligingizga tan berib tiz cho‘kurmen, haz-
ratim! – deb Mirzoxon yana yukundi.– Sizda Sohibqiron bobokaloni-
mizning qilichi borligini bilurmen! Bu qilichga «Kuch—adolatdadir» 
degan muqaddas yozuv bitilganini o‘zingiz menga aytgan edingiz. 
Bugun siz ana shu qilich bilan bahodirona jang qilib g‘alabaga er-
ishdingiz. Chindan ham, kuch—adolatda ekaniga men endi astoydil 
imon keltirdim! Buyuring, toki umrim boricha sizga xizmat qilay!
Bobur Mirzoxonga o‘ng tomonidan joy ko‘rsatdi.
– Sharbat keltirilsin! – deb buyurdi.
Savdarboshi oltin kosada keltirgan sharbatdan Bobur avval o‘zi 
ichdi-yu, keyin Mirzoxonga berdi.


294

Hozir Kobulda temuriylardan faqat ikkimiz qoldik, – dedi Bobur. 
– Bu mo‘g‘ullar azaldan temuriylar bilan olishib kelurlar. Qunduzda 
Shayboniyxonning qo‘shini turibdir. Ora yaqin. Kobulda xonning 
josuslari yolg‘on ovozalar tarqatib, meni ataylab «o‘ldiga» chiqargan 
bo‘lsalar kerak.

Bu rost! Qunduz hokimi Qambarbiy Kobuldagi mo‘g‘ul beklari 
bilan til biriktirganini men ham sezdim.

Kimlar o‘sha til biriktirgan beklar?
Mirzoxon bir necha mo‘g‘ul beklarining nomlarini aytdi.

Ana shularni siz bizga tutib berishingiz kerak! – dedi Bobur. 
– Bo‘lmasa bularyana paytini topib, siz bilan meni Shayboniyxonga 
sotgaylar!

Kemaga tushganning joni bir, hazratim! Men to o‘lgunimcha te-
muriylar kemasida sobit turgaymen! Agar o‘limga buyursangiz ham 
so‘z qaytarmay borurmen! Mirzoxon devqomat yovqur yigit edi, un-
ing tomirida ona tomondan bobokaloni Iskandar Zulqarnayn qoni 
ham borligiga Boburning ishongisi kelardi.

Sizni o‘limga buyurmoqchi emasmen. Mirzoxon, balki hamkor-
likka chorlamoqchimen!..

Jonu tanim, butun borlig‘im bilan hamkoringiz bo‘lurmen, haz-
ratim!
Mirzoxon shu so‘zining ustidan chiqib, Bobur buyurgan barcha 
ishlarni sidqidil bilan ado etadigan bo‘ldi.
Muhammad Husayn dug‘lat esa ko‘ch-ko‘ronini tuya va otlar-
ga ortib jo‘nab ketdi va Murg‘ob bo‘ylarida Shayboniyxonga borib 
qo‘shildi. Ammo o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa
qo‘ymas, deganlaridek, o‘sha yerda ham fisqu fasod ishlarga bosh 
qo‘shgani uchun Shayboniyxon tomonidan o‘ldirildi.
O‘sha qish Bobur ko‘rsatgan mardlik va dovyuraklikning muko-
foti shu bo‘ldiki, Qosimbek Hirot chorbog‘ida uchragan go‘zal qizni 
izlab topdi. Bobur Kobulda katta to‘y qilib, Mohim bonu ismli bu 
olov qizga uylandi va oradan bir yil o‘tar-o‘tmas undan ajoyib o‘g‘il 
ko‘rdi.
Baxtli istiqbol orzusi bilan bu to‘ng‘ich o‘g‘ilni Humoyun deb at-
adilar.


295

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə