TAQDIR TAQOZOSI
Ikkinchi qism
HI ROT DOVULDAN OLDINGI OSUDALIK
Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hiriyrud daryo-
si va Injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. Qal’a
tashqarisidagi mashhur Bog‘i Jahonoro, Bog‘i Muxtor, Bog‘i Zubayda,
Bog‘i Chamanlardagi uzumzor va anorzorlar yoz bo‘yi ko‘tarib tur
-
gan mevalaridan ayrilib, yakkam-dukkam qovjiroq barglar bilan
so‘ppayib qolganlar.
Biroq bu janubiy shaharda kuzning xazonrezlik odatiga
bo‘ysunmaydigan daraxtlar ham ko‘p. Hirotga Qandahor tomonidan
kelishda yo‘l bo‘yidagi xiyobon va sayrgohlarda o‘sgan minglarcha
sarvlar, sanobar* daraxtlari kuzda ham bahordagidek yashnab tu-
ribdi. «Husayn Boyqaro hovuzi» deb atalgan ulkan toshhovuz bo‘yida
kumushrang jajji yaproqlari qush tilini eslatadigan baland va go‘zal
lisonittayr daraxtlari bor – bular ham xazon nimaligini bilmaydi.
Lisonittayrning barglari yara-chaqaga doriligini eshitgan Tohir
hovuzdan beriroqda otdan tushdi-yu, jilovini yoshgina navkariga tut-
qizdi. So‘ng o‘zi hovuzning xilvatroq tomoniga o‘ta boshladi. U doriv-
or barglardan yulib olib ketmoqchi bo‘lib tepadagi shoxlarga tikilib
borayotganda qarshidan kimdir:
– Menga qarang, bekyigit! – deb qoldi.
Tohir daraxtning yo‘g‘on tanasi ortidan chiqib kelayotgan mul-
lanamo kishini ko‘rdi. Nimasidir Fazliddin tog‘asini eslatib, yuragi-
ni hapriqtirdi. Ammo soqolining uzunligi-yu, yuzining keksanamo
ko‘rinishi Tohirni shubhaga soldi. U odob bilan:
– Labbay, – deb salom berdi.
Tohirning yuzidagi xanjar iziga tikilib turgan haligi kishi endi un-
ing ovozini ham tanidi-yu:
256
– Tohir! Jiyanim! – deb qichqirib yubordi.
Tohir ham endi tog‘oyisini tanib, quchoq ochganicha unga qarab
otildi. Hovuzning shishaday tiniq suvida ularning akslari bir-biriga
qo‘shilib ketdi.
– Vatanimning hidini olib kelgan jiyanim! Xudoga shukr, eson-
omon ekansen! Mavlono Fazliddin jiyanini quchog‘idan qo‘ydi-yu,
ko‘zidan yuziga oqib tushgan quvonch yoshlarini artib, Tohirn-
ing kumush kamariga, beklar taqadigan qimmatbaho xanjariga va
saqorlot chakmoniga endi razm solib qaradi. Tohirning boshidagi
dubulg‘aning tepasida ham beklarga xos kichkina bayroqcha bor edi.
–
Jiyanim, martabang oshibdimi?
–
Ha, tog‘a, qo‘rchibegimen.
–
Muborak bo‘lsin. Ilohim senga yomon beklarning ta’siri ur-
masin!
–
Bobur mirzo ham yomon beklaridan bezgandan keyin bittasi-
ning o‘rniga meni qo‘ydi... Xo‘sh, o‘zingiz qalaysiz, mulla tog‘a? Kel-
ganimdan beri qidiramen. So‘roqlab- surishtiray desam, tanish-bilish
yo‘q.
Yoshi qirqqa kirar-kirmas yuziga ajin tushgan mavlono Fazliddin
ma’yus tovush bilan dedi:
–
Yuribmiz... Tuproqdan tashqarida. Xudo bizni omadsiz yarat-
gan ekan-da, jiyanim. Bu yerga kelib, endi Navoiy hazratlarining
marhamatlaridan bahramand bo‘lay deganimda, u zoti oliy vafot et-
dilar. Katta qurilishlar Husayn Boyqaro zamonida ham uncha-mun-
cha bo‘lib turgan edi. Mana shu yil Husayn Boyqaro ham olamdan
o‘tdi. Qurilishlar taqa-taq to‘xtagan. Bizga o‘xshaganlarga yana ish
yo‘q!
–
Unday bo‘lsa, Bobur mirzoga bir uchrang.
–
Bobur mirzo ham bu yerda mehmon... Meni qabul qiladimi,
yo‘qmi? Orada nozik gaplar o‘tgan.
Tohir mavlono Fazliddin bilan Xonzoda begim orasida bo‘lgan
murakkab voqealarning chet-yoqasini eshitgan edi.
–
Bo‘lmasa, avval men u kishini xoli topib, siz to‘g‘ringizda gap
ochib ko‘raymi, mulla tog‘a?
–
Mayli, buni keyin yana maslahatlashurmiz. Obbo jiyanim-ey!
Men Bobur mirzoning Hirotga kelganlarini eshitganimdan beri «sen
ham bormikinsen, yo‘qmikinsen», deb har bir navkarga ko‘z tikib yur-
gan edim... Qani endi, yur, uyga boraylik! Agar senga mana bu dorivor
257
yaproqlar kerak bo‘lsa, uydan topib beraman. Bizning bog‘chada ham
shu daraxtdan bor.
–
Bog‘chada... bir o‘zingizmisiz yoki uylandingizmi, mulla tog‘a?
–
Uylanganmiz, jiyan. Navoiy hazratlari maslahat berdilar. U
kishida bog‘bon bo‘lgan durust bir odamning qizi bor ekan...
–
Muborak bo‘lsin! Farzandlar ham bormi?
–
Ha, bir o‘g‘il, bir qiz.
–
E, ajoyib-ku! Unday bo‘lsa, men uyingizga to‘yonalar bilan
borurmen!
–
O‘zingni ko‘rganim ming to‘yonadan afzal, jiyan! Qani, yur!
Tohir bir necha qadam yurdi-yu, keyin nimanidir eslab, osmonga
qaradi. Oftob og‘ib borar edi.
–
Mulla tog‘a, uyingiz yaqinmi?
–
Yo‘q, uzoqroq. Shahar chetidagi Nazargoh mahallotida. Nima
edi?
–
Men hozir bir soatdan so‘ng xizmatda bo‘lmog‘im kerak edi.
Podshoh buyurgan edi.
–
Obbo!.. Undoq bo‘lsa... Shu yerda birpas o‘tiraylik. Men sal
diydoringga to‘yay! O‘zing qalaysen, jiyanim, uylanganmisen?
Tog‘a-jiyan hovuzdan chetroqdagi tosh kursiga borib o‘tirdilar.
Tohir Robiyani qanday topganini aytib berdi-yu:
–
Kobulga kelib bitta o‘g‘ilcha ko‘rdik! – dedi. – Otini Safarbek
qo‘ydik.
–
E, xayriyat! Men bir vaqtlar hamma narsadan umidimni uzgan
edim. Seni ham qayta ko‘rolmasmen, deb o‘ylagan edim. Bosh omon
bo‘lsa, hammasi o‘tar ekan... Sen bilan biz-ku, qutulib keldik-a! Andi-
jondagilarning ahvoli ne bo‘ldi?
–
Buni so‘ramang, mulla tog‘a! Shayboniyxonning qirg‘ini kecha-
lari tushimga kirsa, bosinqirab chiqamen!.. U yoqda rosa abgor bo‘lib,
ikki yuz qirqtagina odam bilan Xurosonga qarab jo‘nadik. Hisor
tog‘larining orasida rosa qiynaldik. Ot-ulovlar o‘lib-so‘yilib tamom
bo‘lgan. Bobur mirzo ham otini onasiga berib, o‘zi piyoda yuradi.
Oyoqlarimizda choriq. Qo‘llarimizda tayoq. Turadigan joyning tayini
yo‘q. Birov beri kel, demaydi. Arzimagan amaldorlar Bobur mirzoday
odamga behurmatlik qilib «yo‘llaringdan qolmanglar, Hisordan tez-
roq o‘tinglar», deydi. Bizning g‘azabimiz kelib, qo‘pol gapirgan amal-
dorlarni chopib tashlasak, deymiz. Lekin Bobur mirzo: «Bardosh qil-
inglar, tezroq Amudaryodan o‘tib olaylik», deb shoshiradi.
258
–
Lekin shoshirganicha bor ekan-da, jiyan. Sizlardan sal keyin
Shayboniyxon Hisorni ham bosibdi-ku.
–
Ha, keyin bilsak, Bobur mirzo uzoqni o‘ylab shunday qilgan
ekanlar. Hisor podshosi Xisravshoh umrida bir mushuk bilan ham
urushib ko‘rmagan qo‘rqoq odam ekan. Beklarning ko‘pchiligi un-
dan norozi ekan. Bobur mirzoga maxfiy odamlar yuborib: «Keling,
Hisorni sizga beraylik!» der ekanlar. Lekin Bobur mirzo fitnaga
aralashmadi. «Keling», degan haligi beklarga: «Xoqon bo‘lsalaring
o‘zlaring kelinglar», deb yaxshi gaplar aytib odam yubordilar. Biz
Amudaryodan bu yoqqa o‘tganda, Shayboniyxon Hisorga bostirib
kiribdi. Qo‘rqoq Xisravshoh xon bilan jang qilishga yuragi betlamay,
poytaxtni tashlab qochibdi. Uning o‘ttiz ming qo‘shini tarqab ketibdi.
O‘zingiz bilasiz, mulla tog‘a, bunday paytda beklar nomi ulug‘roq bir
podshoh izlab qolishadi. Bobur mirzo Shayboniyxon bilan dadil jang
qilgani, birda yengilgan bo‘lsa, birda uni yenggani eslariga tushadi.
Ilgarigi eshik og‘a Qosimbek o‘sha paytda Hisor qo‘shinining orasida
edi. Uning Bobur mirzoga ixlosmandligini bilasiz. Xullas, ini buzilgan
ariga o‘xshab tarqalgan Hisor qo‘shini Amudaryo bo‘yida bizga kelib
qo‘shilaverdi. Eng avval Boqibek Chag‘oniyoniy degani to‘rt yuz aska
-
ri bilan keldi. Bobur mirzo unga kutganidan ziyoda hurmat ko‘rsatdi.
Boqibekni eng baland martabali eshik og‘a qilib qo‘ydi. Keyin Xis-
ravshohning boshqa beklari-yu, navkarlari ketma-ket kelib bizga
qo‘shilaberdi-da. O‘zimiz daryodan ikki yuz qirqtagina odam o‘tgan
edik. Bir oy ichida to‘rt mingga yetdik...
Mavlono Fazliddin jiyanining so‘nggi yillarda bir qadar o‘zgarib
qolganini endi aniqroq sezdi. Tohir ilgari bunchalik so‘zlay olmas edi.
U gapdon asilzodalar orasida ko‘p yurib, mulozimlarga xos murakkab
iboralar ishlatishga o‘rgangan edi.
–
Biz Kobulga kelsak, arg‘in degan urug‘dan Muqimbek hokim
bo‘lib o‘tirgan ekan. Taxt da’vo qilishga haqqi ham yo‘q, biz bilan oli-
shadigan kuchi ham yo‘q. Kobulni bizga jangsiz berdi. Keyin Husayn
Boyqarodan Bobur mirzoga xat berdi. «Cherik bilan keling, Shayboni
-
yxonga qarshi ittifoq bo‘lib chiqaylik», debdi. Otda qirq kun yurib
shuncha joydan kelsak, Husayn Boyqaro olamdan o‘tibdi.
–
Bir jihatdan Kobulni poytaxt qilib, bu yerga obro‘ bilan kelgan-
laring yaxshi bo‘libdir, jiyanim. Aks holda, Husayn Boyqaroning ka-
londimog‘ o‘g‘illari Bobur mirzoni pisand qilmagan bo‘lur edi.
–
Lekin hozir hurmatimiz juda joyida. Shahar hokimini bizga
qo‘shib qo‘yganlar. Hirotni aylantirib rosa tomosha qildirdi. Katta
259
dargohlarda har kun ziyofat. Bugun kech Bobur mirzo yana saroyga
borishlari kerak edi...
Tohir osmonga ko‘z tashlab, oftobning ancha pasayib qolganini
ko‘rdi-yu, bezovtalanib o‘rnidan qo‘zg‘aldi:
– Mulla tog‘a, men kech qolsam bo‘lmas. Sizning uyingizga ertaga
borsam maylimi? Qanday topib boramen? Shuni ayting.
Ular Tohirning otini jilovidan tutib turgan navkarning oldiga
borgunlaricha mavlono Fazliddin uyining qayerdaligini Tohirga
batafsil tushuntirdi. Tohir otining jilovini navkarining qo‘lidan olar
ekan:
–
Mulla tog‘a, otingiz qani? – dedi.
–
Jiyanim, men piyoda yuramen.
–
Uyingiz uzoq bo‘lsa ham-a?
–
O‘rganib ketganmen.
Tohir tog‘asining kambag‘allashib qolganini endi sezdi-yu, otin-
ing kumush bezakli yuganini mavlono Fazliddinga tutqazdi:
–
Bo‘lmasa mana shu ot sizniki.
–
O‘zing-chi, jiyanim?
–
Otxonada mening yana ikkita otim turibdi. Mining!
Tohir tog‘asini qo‘ymasdan otga mindirdi-yu, beliga qistirilgan
qimmatbaho qamchini ham tog‘asiga berdi.
–
Siz O‘shda menga mindirib yuborgan otning quluni bu, mulla
tog‘a. O‘shanda meni boshdan-oyoq kiyintirgan edingiz-a, esin-
gizdami?
–
E, bosh omon bo‘lsa do‘ppi topiladi, jiyan! Buni eslatib o‘tirma.
«Ammo ertaga kelin ayamga ham, bolalariga ham bosh-oyoq kiy-
imlik olib borib, tog‘amni yana bir suyuntirishim kerak!» dedi Tohir
o‘zicha.
Ikkinchi ot ustida o‘tirgan yoshgina navkar nima bo‘layotganiga
unchalik tushunmasa ham tog‘a-jiyanga angrayib qarab turardi.
Mavlono Fazliddin xo‘shlashib keta boshladi. Tohir navkariga
qarab shipshidi:
– Farosating bormi?
Bekni piyoda qoldirib, navkarning otliq turishi chindan ham
odobga to‘g‘ri kelmas edi. Yosh navkar buni ertaroq sezmaganidan
izza bo‘lib otdan sakrab tushdi va jilovini Tohirga tutdi:
– Afv eting, bek janoblari.
Mavlono Fazliddin o‘girilib qaradi-yu, Tohir nav-karning oti-
da beklarcha savlat to‘kib borayotganini, navkar esa uning yonida
260
yo‘rg‘alab piyoda ketayotganini ko‘rdi. Navkardan chiqqan ba’zi
beklar obro‘talab bo‘lishi mavlononing esiga tushdi. «Ishqilib, Tohir
o‘shalarga o‘xshamasin-da!» deb qo‘ydi ichida.
Bugun o‘n yetti kundirki, Bobur Hirotda Alisher Navoiy istiqo-
mat qilgan muhtasham Unsiyada* yashaydi. Unsiyaning baland
peshtoqlari, niliy gumbazi, oftobda jilolangan rang-barang koshin-
lari Boburga Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasini eslatadi. Lekin
Unsiya-ning to‘rt tomonidagi to‘rtta minorasi Ulug‘bek madrasasi-
nikidan balandroq, binoning hajmi ham kattaroq edi. O‘zi bundan
o‘n besh yilchagina oldin qurib bitirilgan, hali hamma bezaklari
yap-yangi edi.
Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning
shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni
varaqlaganda, ularning ba’zi joylarida ulug‘ shoirning dastxatini
ko‘rdi-yu, Samar-qandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni
ko‘rishga muyassar bo‘lolmagani uchun yuragini ma’yus tuyg‘ular
chulg‘adi. Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o‘xshash
katta soat qo‘yilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji
haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg‘achalar bilan ohang-
dor qilib zang chaladi. Bunday soat yasash g‘oyasini soatsozga
Navoiyning o‘zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. Keyin Hirot-
da «Alisheriy» deb ataladigan zang chaluvchi soatlar rasm bo‘lib
ketgan edi.
Bobur kutubxonadan chiqar ekan, ustma-ust zang chalayotgan
soatga qarab turib, o‘zicha o‘ylandi: «Ajab! Alisherbekning o‘zlari va-
fot etgan bo‘lsalar ham ixtirolari tirik. Umri soniy shulmikin? Bu soat
o‘z egasining ikkinchi umrini o‘lchab zang chalmoqdamikin?»
Unsiyaning ich-tashida bu binoni qurgan va unda hayotining oxirgi
kunigacha yashagan noyob insonning ruhi kezib yurganga o‘xshardi.
Bobur Navoiyning qo‘li tekkan eshiklarni ehtiyot bilan ochar, mar-
mar zinalarda uning ko‘zga ko‘rinmas izlarini bosib o‘tayotganini his
qilib, mumkin qadar sekin qadam tashlar edi.
Hovlida toshhovuz bo‘yidagi chinorlar tagida farrosh yigit xazon
supurmoqda edi. Bobur ikki tomonida to‘q yashil shamshod daraxt-
lari qator turgan chiroyli yo‘lkaga burildi. Bu yerda uni Navoiyning
shogirdi Xondamir va uning eng yaqin nadim*laridan Sohib Doro
kutib turar edilar. Hassa tayangan keksa Sohib Doro Bobur bilan
ko‘rishayotib:
261
– Amirzodam, – dedi. – Hazrat Mirning vafotlaridan beri Unsiya
ruhsiz tanadek edi. Siz kelganingizdan so‘ng bu tanada yangi jon,
yangi ruh paydo bo‘ldi!
Yoshi o‘ttizlarga borgan tiyrak ko‘zli Xondamir Boburga sinovchan
nazar bilan kulimsirab tikildi: «Andijondan kelgan yigirma to‘rt yosh-
lik shahzoda bu mubolag‘ali gapga yarasha kamtarona javob topar-
mikin?»
Qalbi ezgu va ma’yus tuyg‘ularga to‘lib turgan Bobur shoirona
o‘xshatishlar qilib o‘tirgisi kelmayjo‘n javob berdi:
–
Mavlono, hazrat Alisherning makonlari mening o‘zimda yangi
bir ruh paydo qildi. Bu yerda men san’atu ma’rifatning hali umrimda
ko‘rmagan kamolotini ko‘rmoqdamen. Xondamir Boburning javo-
bidan qanoatlangandek mamnun bosh irg‘adi. Sohib Doro ham:
–
Siz haqsiz, amirzodam, – dedi. – Hazrati Mir neki yarat-
gan bo‘lsalar, hammasida o‘zlarining oliy ruhlaridan bir nishona
qoldirmishlar. Mana bu minoralarga bir nazar tashlang!
Bobur uchi osmondagi oq bulutlarga tegay deb turgan baland ko-
shinkor minoralarga tikildi.
Odatda, yuksak minoralarning odam chiqib atrofga qaraydigan
usti yopiq halqasi, ya’ni shiyponchasi eng tepasida bo‘ladi. Unsiya mi-
noralarida esa tepadagi halqadan tashqari o‘rta belida ham maxsus
halqalar bor edi. Sohib Doro buning sababini aytdi:
–
Hazrati Mir Hirot manzaralariga baland bir joydan qarab o‘ltirib
hordiq chiqarar edilar. Keksaygan paytlarida minora tepasidagi
halqaga chiqishlari mumkin bo‘lmay qoldi. Shundan so‘ng me’morga
o‘zlari aytib, pastroqqa ham halqa qurdirdilar.
–
Iloj bo‘lsa, shu halqalardan biriga biz ham chiqsak, – dedi Bobur.
–
Bajonidil!
Sohib Doro Boburni Xondamir bilan birga g‘arbiy minoraga to-
mon boshladi. Ammo minora ichidagi tik, aylanma zinalardan chiqol-
masligini aytib, o‘zi pastda qoldi. Minoraning o‘rta halqasiga Boburni
Xondamir boshlab chiqdi.
Ular atrofga ko‘z yugurtirishdi. Uzoqda qorli Muxtor va Iskalja
tog‘lari. Pastda kuz kirib, suvi jildirab qolgan Injil anhori. Uning chap
sohilida mashhur Gavharshodbegim madrasasi savlat to‘kib turib-
di. Navoiy qurdirgan Ixlosiya madrasasi Injilning o‘ng qirg‘og‘ida –
Gavharshodbegim madrasasiga yuzma-yuz tushgan edi. Ixlosiyadan
narida bemorlar davolanadigan, ayni vaqtda, mudarrislar yoshlarga
tibbiyot ilmini o‘rgatadigan Shifoiya nomli shifoxona– madrasa. Un-
262
dan narida ulkan gumbazli Xalosiya xonaqohi. Katta bir mahallaning
o‘rnini oladigan joy Alisher Navoiy qurdirgan nodir obidalarga to‘lib,
Hirotning salobatiga salobat qo‘shgan edi.
Shaharning narigi yoqlarida ham moviy tog‘larga o‘xshab yuk-
salib turgan minora va gumbazlarning ko‘pligi Boburga birdan
Samarqandni eslatdi-yu, yuragini dard aralash sog‘inch tuyg‘usi
chulg‘adi.
–
Mavlono, – deb Bobur Xondamirga yuzlandi. – Hirot obidalar-
ini qurgan me’morlar orasida Movarounnahrdan kelganlari ham bor-
midi?
–
Amirzoda, Siz Hirotda Samarqand sayqali ham borligini sezib
turganga o‘xshaysiz.
–
Ha, savolimning boisi ham shu.
–
Hirotning ko‘p ulug‘ zotlari Samarqandda tahsil ko‘rmishlar.
Ular Samarqand sayqalini qalblarida olib kelmishlar, yana Mova-
rounnahrdagi fatoratlardan bezib qochgan talay iste’dodlar Hi-
rotga kelib, hazrat Alisherdan panoh topmishlar. U oliy zotning
fazilatlari behisob edi. Lekin faqirga eng ulug‘ tuyulgan fazilatlari–
hazrat Mirning iste’dodshunosliklari-yu, zakovatparvarliklari edi.
Ulug‘ ishlarini ulug‘ iste’dodlarsiz qilib bo‘lmasligini hazrat Alisher
yaxshi bilur edilar. Shuning uchun hamisha el-ulus orasidan nodir
iste’dodlar izlab o‘tdilar. Yonlarida yurgan nadimlariga, musohi-
blariga, biz kabi shogirdlariga aytar edilarki, baxillik doim nursiz,
layoqatsiz, iste’dodsiz odamlardan chiqur. Xususan, oliy jamiyatda
layoqatsiz baxillar doim iste’dodlarning yo‘lini to‘surlar, xudodod
zakovatlarini yuzaga chiqarmay, xayf qilurlar, bundan butun xalq
zarar ko‘rur. Dunyodagi eng mash’um baxillik, iste’dodlarning
yo‘lini to‘sguvchi baxillikdir. Dunyodagi eng oliy saxovat esa nodir
iste’dodlarni yuzaga chiqaruvchi saxovatdir.
–
Ayni haqiqat! – zavqlanib xitob qildi Bobur.
Xondamir bu xitobdan ruhlanib, ovozini xiyol ko‘tarib davom
etdi:
–
Biz biron safardan qaytsakyoki hazrat Alisherga bir-ikki kun
ko‘rinmay yurib, keyin huzurlariga kelsak: «Qani, xo‘sh, yana qan-
day ajoyib iste’dod uchratdingiz?»– deb so‘rar edilar. Biz uchratgan
nodir iste’dodlarning ba’zilari o‘n besh-o‘n olti yoshlik o‘spirinlar
bo‘lar edi. Hazrat Alisher: «Bo‘ladigan bola o‘n besh yoshida bosh
bo‘lur, bo‘lmaydigan odam qirq yoshida ham yosh bo‘lur», der edi-
laru topilgan iste’dod o‘spirin bo‘lsa ham huzurlariga chorlar edilar.
263
«Sohib Doro iste’dodli shoir Zayniddin Vosifiyni o‘n besh yoshida
hazrat Mirning huzuriga keltirgan edi. Hazratning saxovatlaridan
bahramand bo‘lgan bu yosh shoir juda tez ulg‘ayib, butun Hirotga
mashhur bo‘ldi. Ulug‘ musavvir Kamoliddin Behzod ham yoshlik-
dan hazrat Mirning tarbiyalari bilan ulg‘aydilar. Shoir Hiloliy, xattot
Sulton Ali Mashhadiy ham hazrat Alisher kashf etib, tarbiyat qilgan
iste’dodlardandir. Ko‘z o‘ngimizda turgan Hirot so‘nggi o‘ttiz-qirq yil
mobaynida avvalgidan o‘n barobar go‘zalroq, ulug‘vorroq bo‘lib ket-
ganini barcha fozil kishilar ay- turlar.
–
So‘zingiz chin, mavlono. Men ko‘rgan Rub’i maskunda Hirotdek
shahar yo‘qdir!
–
Amirzodam, bugungi Hirotni shunchalik go‘zal, shunchalik ulug‘
qilganlar – el-ulus orasidan chiqqan iste’dodlar emasmi?
–
Rost! Ko‘z o‘ngimizda turgan barcha nodir obidalar – ulug‘
iste’dodlar xazinasidan chiqqan gavharlardir.
–
Lutf qildingiz, amirzodam. Hazrat Alisher – gavharday bebaho
iste’dodlar xazinasini ochgan eng ulug‘ kashfiyotchi edilar. Buni sul
-
ton Sohibqiron Husayn Boyqaro ham tan olgan edilar. Eshitgandirsiz
amirzodam, hazrat Alisher bilan Husayn Boyqaroning oralariga nifoq
solgan baxillar ko‘p edi. Ma’lumingizkim, sulton Husayn mastlikda
ko‘p yomon ishlar ham qilgan edilar... Ammo ichmay yurgan ta’blari
tiniq kunlarda hazrat Alisherga shundoq ehtiromlar ko‘rsatar edilar-
ki, hammamiz hayron qolar edik.
Bobur Xondamirning zavqli bir voqeani eslagandek mamnun
kulimsiraganini ko‘rdi-yu, uning hikoyasini kutib, yuziga tikildi.
Xondamir hali yigit yoshida bo‘lsa ham ko‘p o‘ltirib ishlash
oqibatida bir oz semirib qolgan to‘la gavdali o‘rta bo‘y kishi edi. U
go‘shtdor barmoqlari bilan qoshining ustini silab qo‘ydi-yu:
– Hazrat Alisher «Xamsa»larini bitirib Sulton Husayn Boyqaroga
o‘qishga berdilar, – deya hikoya qila boshladi. – Sulton Husayn ta’bi
nazmi o‘tkir zot edilar. «Xamsa»ni o‘qib hazrati Alisherni saroylari-
ga chaqirmishlar, butun a’yonlari oldida tabrik aytmishlar. Sulton
Husaynning yaxshi ko‘rgan bebaho bir oq otlari bor edi. Miroxo‘rga:
«O‘shal otni keltiring!» – deb buyurmishlar. Mir hazratlari hayrat-
ga tushib: «Menga ot in’om qilmoq-chilarmi? – deb o‘ylamishlar.
Otni keltirgunlaricha podshoh Mir Alisherga qarab: «Endi siz
she’riyatda menga ustoz pirsiz, men sizga murid bo‘lmoqchimen»,
deganlar. Mir Alisher iztirob bilan e’tiroz qilganlarki: «Hazratim,
siz podshohdirsiz, sizga men murid bo‘lmog‘im kerak». Shu asnoda
264
oq otni oltin anjomlari bilan keltirurlar. Sulton Husayn kulib tu-
rib so‘rabdilar: «Murid pirning amrini bajarmog‘i kerakmi?» Mir
Ali-sher, albatta, tasdiq javob bermishlar. Shunda podshoh u oliy
zotga aytmishlarki: «Bo‘lmasa, mana shul otga mining!» Shohning
amri vojib. Mir Alisher otga yaqinlashurlar. Oq otning bir fe’li bor
ekan: Sulton Husayndan boshqa odam minmoqchi bo‘lsa, belanglab
qo‘ymas ekan. Mir Alisher yaqinlashganda ot belanglashga tushm-
ish. Shunda Sulton Husayn otni jilovidan olib: «Tinch tur!» – deb
o‘shqirurlar. Ot tinchlangach, hazrat Mir unga minurlar. Saroy ahli:
«Endi nima bo‘larkin?» deb nafaslarini ichlariga olib sukutga ket-
mish. Sulton Husayn otning jilovini ilklaridan qo‘ymay hovli bo‘ylab
yurib ketmishlar. Hamma hayron. Shunda podshoh ot ustidagi haz-
rat Alisherga ayturlarki: «turkiy tilda birinchi bo‘lib yozgan ulug‘
«Xamsa»ngiz uchun mendek Sulton Sohibqiron sizga jilovdor murid
bo‘lsa arzir!» Saroy ahli bu so‘zni eshitib, lol bo‘lib qolmish. Hazrat
Alisherning o‘zlari shu darajada mutaassir bo‘lmishlarki, hushlari-
dan ketib qolmishlar. Keyin mulozimlar chopib borib hazratni ot-
dan tushirib olmishlar... Ana, amirzodam...
– Fikringizga tushundim, mavlono, – dedi Bobur o‘ychan tovush
bilan. – Qayerdaki iste’dodlarga baxillar zavol keltirolmasa-yu, saxiy-
lar yo‘l ocha olsa, o‘sha joy bugungi Hirot kabi kamolot cho‘qqisiga
ko‘tarilar ekan.
Xondamirning ko‘nglidagi gapni Bobur bunchalik yaxshi topib ay-
tgani mavlonoga g‘alati ta’sir ko‘rsatdi. Xondamir Boburda o‘zining
maslakdoshini topganday quvonib:
– Tasanno, amirzodam! – dedi. – O‘shal ulug‘ zotlar davrida Hi-
rotning kamolot quyoshi osmonning eng baland nuqtasiga chiqqani
rost! Lekin... afsuski, quyosh eng baland nuqtadan so‘ng pastga og‘ar
ekan. So‘nggi yillarning mudhish voqealarini ko‘rib, qalbimni bir
vahm titratur: «Hirotning tole quyoshi asta-sekin og‘ib tushmasdan,
birdan zulmat qa’riga qulab ketsa... unda ne qilg‘aymiz?
Xondamir Movarounnahrdagi to‘polonlar va qir-g‘inlar Shay-
boniyxonning qo‘shini bilan birga Hirotga ham yaqinlashib kelayot-
ganini sezgani uchun shu iztirobli savolni bergan edi. Uning nazarida,
bu savolga Shayboniyxon bilan yuzma-yuz olishgan Boburgina javob
berishi mumkin edi.
–
Iztirobingiz bejiz emas, mavlono, – dedi Bobur.– Hirotdagi bu-
gungi osoyishtalik dahshatli to‘fon oldidan bo‘ladigan muvaqqat
265
sokinlikni eslatur. Toshkent ham men so‘nggi marta borganimda,
xuddi hozirgi Hirotga o‘xshar edi. Men ming balolarni boshdan ke-
chirib, jahannam qa’ridan chiqib borgan edim. Marhum tog‘oyim
Mahmudxonga: «Bu balolar sizning ham boshingizga tushmasin,
birga chora topaylik», deganimda istehzo qilib kulgan edi. Rahmat-
lik siz aytgan iste’dodsiz, layoqatsiz tojdorlardan edi... Xiyla baxilligi
bor edi... Mahmudxon axiri Shayboniyxonning oyog‘i tagida qandoq
toptalganligi ma’lumingizdir.
–
Nahotki, o‘sha hodisalar Hirotda yana takrorlansa, amirzodam?
Bobur Hirotning shimol-g‘arbida g‘ubor ichida ko‘rinayotgan
Soqi Solmon cho‘lining xira ufqiga tikilib, o‘ylanib qoldi. U Hirotga
temuriylarning boshini qovushtirib, Shayboniyxonga qarshi mus-
tahkam ittifoq tuzish uchun kelgani, bu mavzuda qariyb yigirma kun-
dan beri muzokara borayotgani Xondamirga ma’lum edi. Bobur tezda
javob beravermagach, Xondamir andisha qilib dedi:
– Amirzodam, muzokaralar maxfiy bo‘lsa, faqir davlat sirlarini bi
-
lishga haqqim yo‘q.
Faqat...
–
Mavlono, minora ustida biz faqat ikkimiz turibmiz. Mening
sizdan yashiradigan sirim yo‘q. Hirot taxtida ikki og‘a-ini birga pod-
shohlik qilishlarini bilursiz.
–
Ha, asli o‘zi taxt Badiuzzamon mirzoniki edi-yu, lekin Xadi-
cha begimning tarafdorlari Muzaffar mirzoni ikkinchi podshoh qilib
ko‘tardilar. Tarixda hargiz misli ko‘rilmagan hodisa.
Xondamirning bu hodisadan norozi ekanligi sezilib turardi. Bobur
bosiq tovush bilan so‘zida davom etdi:
– Har ikki podshohlaringiz ham mehmondo‘stlikda, suhbat-
dorlikda, orasta bazm o‘tkazishda benazirlar. Ammo jangu jadalga
xohishlari yo‘qmi, har qalay, Murg‘ob bo‘yida uchrashganimizda
g‘alati bir hodisa bo‘ldi. Xonning bir pora qo‘shini Xurosonning
Chechektu navohisini* bosgani to‘g‘risida xabar keldi. Xonning o‘zi
Amudaryodan narida edi. Xondan ko‘ra biz turgan joy Chechek
-
tuga yaqinroq edi. Men taklif qildimki, Chechektuni besh-olti yuz
kishilik yog‘iy bosgan bo‘lsa, darhol otlanib ularning o‘zlarini bos-
moq kerak. Toki xon qo‘shini Xurosonga osonlikcha kelolmaydigan
bo‘lsin. Badiuzzamon mirzo inilari Muzaffar mirzoni Chechektuga
yubormoqchi bo‘ldilar. Ma’lumingizkim, har ikkovlarining o‘z eshik
og‘alari, o‘z mulozimlari, o‘z cheriklariyu alohida sarkardalari bor.
266
Muzaffar mirzo jang ko‘rmagan yigit. Chechektuga borishga jur’at
qilmadi. «Hazrat og‘am borsalar, biz boshqa chegaralar himoyasida
bo‘lurmiz», dedi. Badiuzzamon mirzo: «Men jangda nobud bo‘lsam,
bu taxtni yolg‘iz o‘zi egallaydimi?» deb o‘yladi nazarimda, Chechek
-
tuga borgisi kelmadi. Ko‘p sansalor bo‘lgandan so‘ng men aytdim-
kim: «Ijozat bergaysizlar, men yigitlarim bilan borib, Chechek
-
tuni yog‘iydan ozod qilishga urinib ko‘ray». Og‘a-ini bir-birlariga
qaradilaru el- ulusdan nomus qildilar. «Siz mehmonsiz» deb, meni
bu niyatimdan qaytardilar. Qo‘ymasdan Hirotga boshlab keldilar.
Chechektu yog‘iy ilkida qoldi.
Xondamir kuyunib «uh» tortdi:
– Bu hammasi – Xurosondan tole yuz o‘girayotganining nisho-
nasi! Amirzodam, boshimiz ustida qanday balolar to‘planayotganini
bizning podshohlarimizdan ko‘ra siz yaxshi bilursiz. Chunki bar
-
chasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmishsiz. Biz bu haqda mavlono Be-
hzod bilan ham ko‘p gaplashdik. Hirotning barcha jonkuyar fozil
kishilari umid ko‘zini sizga tikkanlar. Xatar qanchalik kuchli ekan-
ligiga shoyad podshohlarimizni ishontir- sangiz. Barcha yaxshi
kuchlar birlashsa-yu, shoyad falokatning oldini olishga muyassar
bo‘lsalar.
Bobur minoradan pastga tikilib:
–
Bilmadim, mavlono, – dedi. – Bugun-erta podshohlar bilan yana
shu haqda gaplashmoqchimen.
–
Ilohim, kushoyishi koringizni bersinu muzokarangiz biz ista-
gandek tugasin, amirzodam!
Bobur tashakkur aytib, minora zinapoyasiga tomon yo‘naldi.
Pastga tushayotib, Hirot qal’asining ichida– baland tepalik ustida tur-
gan ulkan arkka noxush nazar tashladi.
Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqaris-
idagi bog‘larda kutubxonasi yashamoqda edilar. Shaharning shimol-
sharqidagi Qipchoq darvozasidan narida Shohruh mirzo davrida
mashhur bo‘lgan Bog‘i Safidda Muzaffar mirzo Bobur sharafiga katta
ziyofat berdi. Hirotning eng zo‘r pazandalari tayyorlagan g‘izol*
kaboblari, ishtaha ochuvchi nordon ocharlar*, mohicha nomi bilan
mashhur bo‘lgan o‘ta nozik xushta’m suyuq oshlar Muzaffar mirzo
o‘z mehmoni bilan o‘tirgan tillakori ko‘shkning yuqorigi qavatiga
ketma-ket olib chiqilmoqda edi. Sozandalar poygahroqda o‘tirib, qo-
nun va udda, g‘ijjakva nayda etni jimirlatuvchi kuylar chalishardi.
267
Hirotning mashhur hofizlari ovozlarini uncha baland ko‘tarmasdan,
yurakning qat-qatiga singadigan sokin mayin tovush bilan ashula
aytishar, bu hammasi Boburga juda ulug‘vor bir san’atning namu-
nasi bo‘lib tuyulardi.
Bazm avjiga chiqqanda soqiy Bobur qarshisiga kelib, bir tizzasini
gilamga tirab cho‘kkaladi, so‘ng yigirma yildan beri xumda kuch yig‘ib
yotgan va bugungi ziyofat uchun ochilgan tiniq xushbo‘y mayi nobdan
surohiyga quydi-da, Boburga uzatdi. Bobur hali may ichmagan edi.
Ammo hozir eshitgan kuy va ashulalarining ta’sirida birdan uning may
ichgisi keldi-yu, o‘ng yonidagi Qosimbekka qaradi.
Obburdonda Boburdan ajralib Hisorga ketgan Qosimbek Qavchin
bultur Kobulda barcha navkari bilan birga Bobur xizmatiga qaytib
kelgan va yana uning eng yaqin maslahatgo‘yiga aylangan edi. Qo-
simbekning o‘zi umrida may ichmagan xudotars kishi bo‘lgani uchun
Boburni ham ichkilikka yo‘latgisi kelmas edi.
– Amirzodam, – shivirladi Qosimbek. – Badiuzzamon mirzoning
chog‘ir majlisida may taklif qilganlarida ichmagan edingiz. Bu yerda
ichsangiz, narigi mirzo eshitib ko‘ngliga olmasmikin?
Bu so‘zlar Boburni sergaklantirdi. U bitmay yotgan murakkab va
chigal ishlarini esladi-yu, Muzaffar mirzoga qarab:
–
Faqirni ma’zur tuting, mirzo hazratlari, – dedi. – Men umrim-
da may ichmaganmen! Muzaffar mirzo Boburning may ichishdan
qo‘rqayotganini sezib, qah-qah urib kuldi. Uning anchagina kayf qil-
gani shu beandisharoq kulgisidan bilindi:
–
Amirzodam, nahotki butun Andijonu Samarqand may zavqidan
bexabar bo‘lsa?
–
Mirzo hazratlari, may zavqi Samarqandu Andijonda ham ker-
agidan ortiq. Ammo faqir boshqa zavqlardan ortmas edim. Uzrimni
hazrat og‘angiz Badiuzzamon mirzo qabul qilgan edilar... Faqir ande-
sha qilmoqdamen...
Badiuzzamon mirzo tilga olingach, Muzaffar mirzo ham jid-
diylashdi. Boburning andishasi unga asosli tuyuldi-yu, soqiyga:
«Bas, qistama!» ishorasini qildi. Bazmda Badiuzzamon mirzon-
ing eshik og‘asi Zunnunbek arg‘un ham bor edi. Soqiy podshosin
-
ing ishorasi bilan Boburga qo‘yilgan mayni o‘sha Zunnunbekka
berdi.
Odamlarning kayfi oshgan sari bazm qizib borar, ba’zi beklar
ham o‘rtaga chiqib raqs qilishar, Mir Sarbarahna, Burxon gung degan
268
mashhur qiziqchilarning askiyalaridan ko‘tarilgan qahqahalar shift-
dagi naqshlarni ham titratayotganday bo‘lar edi.
Husayn Boyqaroning o‘limiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan. Hirot xavf
ostida turgan og‘ir bir vaziyatda shunchalik xushchaqchaq bazm
o‘tkazilayotgani Boburdan ham ko‘ra
Qosimbekning g‘ashini keltirmoqda edi. Qosimbek kulgi, shovqin
orasida Boburga shivirladi:
–
Bu shirakayf shoh bilan endi muzokara qilib bo‘lmas. Buning
ixtiyori onasi Xadicha begimda emish. Hozir begimning huzuriga
chiqaylik, amirzodam.
–
Ziyofat tugamasdan chiqib ketsak, behurmatlik bo‘lmasmi?
–
Qulingiz kelishib qo‘yganmen. Begim o‘z qasrlarida bizga mun-
tazirlar. Askiyachilar musobaqasi tugab, kulgilar bosilgach, Bobur
Muzaffar mirzodan hazrat begimning huzurlariga borish uchun ijo-
zat oldi.
* * *
Oq marmardan qurilgan uch qavatli ulkan qasrda o‘nlab ol-
tin qandillar yonmoqda edi. Bobur, Qosimbek, Zunnunbekva
ularni boshlab borayotgan Burunduqbek zinalarga to‘shalgan
mayin guldor poyandozlardan tovushsiz qadam tashlab, uchinchi
qavatga ko‘tarildilar. Qasrning devorlariga Shohruh mirzo o‘zining
san’atkor o‘g‘li Boysunqur mirzo uchun ishlatgan go‘zal rasmlar
hali ohori to‘kilmay yap-yangi turar edi. Xadicha begim Boburni
qasrning muhtasham qabulxonasida kutib oldi va olti oyog‘i ham
quyma oltindan ishlangan, ustiga yaxlit sadaf qoplangan miz yoniga
o‘tqazdi. Salobatli, xushqomat begimning orqarog‘ida – qabulxo-
naning eng ko‘zga ko‘rinarli joyida bir tup atirgul yarqirab turibdi:
poyalari oltindan, barglari zumraddan, to‘q qizil gullari yoqutdan.
Gul shoxiga qo‘nib turgan kichkina oltin bulbulning tumshuqchasi-
da – don o‘rnida sof gavhar jilolanib turibdi. Qabulxonaning eshik
va derazalariga osilgan shohi darpardalarga ham durlar, la’llar va
boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan edi. Faqat Xadicha begimn-
ing o‘zi qoramtir kumushrang parchadan bezaksiz kabo kiygan, un-
ing boshidagi ko‘kish toqida ko‘zga uncha tashlanmaydigan siyrak
marvarid donalari ko‘rinar edi. Aqlni shoshiradigan bunday javo-
hirot orasida go‘zal qiz-juvonlar qurshovida o‘tirgan ellik yoshli
ulug‘sifat malika Boburni ham, Qosimbekni ham ancha dovdiratib
qo‘ydi.
269
Bobur ko‘ngliga tugib kelgan murakkab gaplarini begimning mu-
sohabalari va kelinlari oldida qanday aytishni bilmay bezovtalandi.
Xadicha begim buni sezib osoyishta kulimsiradi:
–
Amirzodam, siz bizga qarindoshsiz. Shuning uchun mening ke-
linlarim, musohabalarim sizni ham o‘z mirzolaridek e’zozlab suhbat-
ingizga ishtirok etmoqchilar. Tortinmay erkin o‘ltiring.
–
Mutashakkirmen!
Yuzlarida yupqa oq pardalari bor qiz-juvonlarning yuz-ko‘zlari
sham yorug‘ida uncha aniq ko‘rinmas edi. Ammo xina qo‘yilgan nafis
qo‘llar, ipak kiyimlar og‘ushidagi ingichka bellar va baland ko‘kraklar
ko‘pchilik ayollarning yosh juvonlar ekanidan dalolat berardi. Mu-
zaffar mirzoning eng ko‘hlik xotinlaridan Qorako‘zbegim degani
qaynonasining qulog‘iga labini yaqinlashtirib, yengil bir kulgi bi-
lan allanarsa dedi. Xadicha begim ham sho‘x kulib bosh irg‘adi-yu,
Boburga yuzlandi:
– Amirzodam, Hirotning asilzoda qizlari sizga maroq bilan ko‘z
tikar emishlar. Shunday bahodir shoh, shunday ko‘hlik yigit, shunday
iste’dodli shoir haramsiz bo‘ydoq yashar emishsiz. Rostmi?
Bobur qip-qizarib yerga qaradi-yu, bu to‘g‘rida gap ochilganidan
ozorlanib:
–
Hazrat begim, rost, – dedi. – Taqdiru nasibim shundoq
bo‘ldi.
–
Taqdiringiz endi tag‘ayyur topsin, amirzodam. Hirotda qolib,
Muzaffar mirzoga ini bo‘ling. Siz ham temuriyzodalardansiz. Hirot-
dan sizga munosib go‘zalu oqila qizlar topaylik, to‘y-tomosha bilan
uylaning.
Muzaffar mirzoga ini bo‘lish – uning tarafdoriga aylanish degan
so‘z edi. Bir vaqtlar nevarasi Mo‘min mirzoning o‘ldirilishiga sabab
bo‘lgan Xadicha begim, ehtimol, kelajakda Badiuzzamon mirzoni
ham yo‘q qilish va o‘g‘lini yakka podshohga aylantirish maqsadidad-
ir. Bobur uning o‘g‘liga ini bo‘lsa, albatta, begimning bu maqsadini
amalga oshirishga ishtirok etishi kerak.
–
G‘amxo‘rligingizdan minnatdormen, hazrat begim, – dedi
Bobur.– Faqat mening bir andesham bor.
–
Qanday andesha, amirzodam?
–
Faqirni ma’zur tuting.
Bobur sukut qilib, yerga qaradi. U gapini faqat Xadicha begimn-
ing o‘ziga aytmoqchi ekanini sezgan ayollar ta’zim qila-qila chi-
qib ketdilar. Shundan keyin Bobur Shayboniyxonning Hirot ustiga
270
bostirib kelishi muqarrarligi haqida, hozir to‘y-tomoshaga emas,
hayot-mamot janglariga tayyorlanish kerakligi to‘g‘risida gapira
boshladi.
– Shayboniyxon Andijondan Xorazmgacha, Marvdan Turkis-
tongacha barcha joyni olib, behisob qo‘shin to‘plamishdir. Men un-
ing har bir jangga qanchalik astoydil shaylanishini bilurmen. Balo-
qazoday bostirib kelsa ancha-muncha cherik tit-pit bo‘lib ketishini
ko‘rganmen!
Bobur Shayboniyxonning harbiy qudratini va shaf-qatsizligini is-
botlaydigan dalillar keltira boshladi. Xadicha begim sabrsizlanib:
–
Bu baloning balogardoni nedur? Shuni ayting, amirzodam! –
dedi.
–
Buning balogardoni barcha temuriyzodalarning birlashuvidir.
Hamma viloyatlarga tavochilar yuborib, ellik-oltmish ming qo‘shin
to‘plamoq kerak. Qish bo‘yi bu qo‘shinni mashq qildirib, yagona bir
sarkarda boshchiligida jangga tayyorlamoq kerak.
–
Yagona sarkarda kim bo‘lishi mumkin? – dedi Xadicha begim
sergaklanib. Qosimbek «yalt» etib Boburga qaradi. Hozir tirik qol-
gan temuriylar orasida Boburdan boshqa odam bu ishni eplolmasligi
uning ko‘nglidan o‘tdi. Ammo qo‘shin kimniki bo‘lsa, hokimiyat ham
o‘shaniki ekani azaldan ma’lum. Xadicha begim o‘g‘lining hokimiyati-
ga hech kimni yo‘latmasligi ham aniq.
Bobur uning ko‘ngli uchun: «Yagona sarkarda – Muzaffar mirzo
bo‘lsinlar!» demoqchi bo‘ldi-yu, orqaroqda Zunnunbek o‘tirgani esi
-
ga tushdi. Zunnunbek bu gapni Badiuzzamon mirzoga yetkazsa, ikki
oraga nifoq tushadi.
– Bosh sarkarda kim bo‘lishini hazrat og‘a-inilar o‘zlari hal qilmo-
qlari kerak, – dedi. – Bazmlarni to‘xtatib, butun e’tiborni mudofaaga
qaratmoq kerak. Har bir kun g‘animat, hazrat begim!
Xadicha begim Zunnunbek bilan Burunduqbekka murojaat
qildi:
– Janob amirlar, sizlarning fikrlaringiz qalay?
Zunnunbek o‘siq qoshlarini dikkaytirib, ko‘zlarini Boburga
qat’iyat bilan tikdi:
– Amirzodam Shayboniyxonning Movarounnahrdagi g‘alabalariyu
xunxo‘rliklaridan bizni ogoh qilganlari yaxshi. Ammo Shayboniyxo-
nning Movarounnahrda sinmagan qilichi Xurosonga kelib, albatta
sinur! Men bunga aminmen, hazrat begim! Shuning uchun ortiqcha
tashvishu tahlikaga o‘rin yo‘q, deb hisoblaymen.
271
Zunnunbek ishonch va e’tiqod bilan aytgan bu so‘zlardan Xadi
-
cha begim darhol yengil tortdi. Bobur esa Zunnunbekka taajjub bilan
tikilib dedi:
–
Karomatingiz iloho to‘g‘ri kelsin, janob amir! Ammo bu karo-
matga qanday asoslar bor?
–
Bu karomatni men emas, Hirotning eng obro‘li valiylari qilm-
ishlar. Zunnunbek shunday deb Xadicha begimga iymanibroq qarab
qo‘ydi. Bu qarashning ma’nosini tushungan Xadicha begim Boburga
kulimsirab izoh berdi:
–
Hirotning Qutb nomli mashhur valiysi bor. Shu vaqtgacha Qutb
nimani karomat qilgan bo‘lsa, hammasi to‘g‘ri chiqmish. Qutbga
tushida ayon bo‘lurki, Shayboniyxonning qilichini amir Zunnunbek
sindirurlar. Mo‘
’
tabar munajjimlar yulduzlarga qarab, bu karomatni
tasdiq qildilar. Shundan so‘ng valiylar Zunnunbekning yelkalariga
muqaddas fo‘ta solib, nomlariga Hizabrulla unvonini qo‘shib aytadi-
gan bo‘ldilar.
«Hizabrulla» – arabcha «ollohning arsloni», ya’ni «engilmas bot-
ir» degani edi.
Arabchani yaxshi biladigan Bobur bu unvonning ma’nosini tush-
unib, istehzoli kulimsiradi:
– Janob Zunnunbekda arslonning yuragi borligiga shak-shubha
yo‘q. Ammo hazrat begim valiylaru munajjimlarni tilga olganlarida fa-
qir Saripulda Shayboniyxon bilan masof urushga chiqqan kunlarimni
esladim. Mana, janob Qosimbek ham bor edilar. Shahobiddin nomlik
munajjim kechasi osmonga qarab: «Sakkiz yulduz yelkangizda rost
turur, ertaga urushga kirsangiz, zafar, albatta, sizniki bo‘lg‘ay!» – deb
valiylik qildi. Biz shunga ishonib, Shahrisabzdan keladigan ko‘makni
ham kutmasdan, maydonga chiqdik... Mana, haligacha o‘shal xat-
omizning azobini tortib yuribmiz.
Boburning gaplaridan Xadicha begimning yuzlari tundlashib, lab-
lari atrofida burushiqlar paydo bo‘ldi. Zunnunbek esa o‘tirgan joyida
asabiy to‘lg‘anib:
– Amirzodam, niyatni yaxshi qilmoq kerak! – dedi. Hirotning vali-
ylari Samarqand munajjimlaridek nodon emaslar! Saripuldagi xatoni
Hirotday ulug‘ shaharda hech kim takror etmagay!
Zunnunbek ko‘zlari yonib, telbalanib gapirganini ko‘rgan Burun
-
duqbek uni bosishga tirishdi:
272
– Janob Zunnunbek, oliy mehmon bizga yaxshilik istab Kobulday
joydan kelmishlar. Vaziyat xatarli ekanligi rost. Shoshilinch choralar
o‘ylamoq kerak!
Xadicha begim bahslashuvchilarni muloyimlik bilan yarashtirib
qo‘yishga harakat qildi:
– Janob Zunnunbek, vaziyat chindan ham jiddiy, beparvo
bo‘lmaslik kerak. Ammo janob Burunduqbek ham bir narsani un-
utmasinlar: mag‘lubiyatni ko‘p ko‘rgan odamga xatar goho aslidan
kattaroq ko‘rinur. Amirzodam siz ko‘p tashvish chekmang. Shayboni-
yxon bizga tajovuz qilsa, o‘z tajovuzidan halok bo‘lur!
* * *
– Xadicha begimdek ko‘pni ko‘rgan malika shayxlarning xusho-
mad gapiga ishonib yurganlaridan men hayron, – dedi Bobur ertasi
kuni Bog‘i Jahonoroda Badiuzzamon mirzo bilan gaplashib o‘tirganda.
Gavdasining shertaxlitligi va ko‘zining qisiqligi otasi Husayn
Boyqaroga o‘xshab ketadigan Badiuzzamon mirzo istehzo bilan
kulimsiradi:
–
Hayron bo‘lmang, amirzodam. Ne qilsa ham ayol kishida, qisqa
o‘ylab o‘rgangan.
–
Ammo bu kaltabinlikning kasofati hammaga urishi mumkin-ku,
hazratim?
–
Nachora? Suyukli farzandimiz Mo‘min mirzo ham shu begimn-
ing kasofatidan halok bo‘lib ketdi!
–
Hazratim, rahmatlik otangiz kayf ustida qilgan fojiaviy xatoni
endi unuting!
–
Unutolmaymen, chunki ayb marhum otamda emas edi! Sulton
Sohibqiron Mo‘min mirzoni behad yaxshi ko‘rar edilar, she’rlarini
yod bilar edilar. Avvallari otamning menga ham mehrlari yaxshi edi.
Axir men– taxt vorisi edim! Xadicha begim men bilan otamni dush-
man qilishning yo‘lini izlar edi. Mo‘min mirzo asir tushgach, bu yo‘l
topildi – uni shirakayf podshohning farmoni bilan o‘ldirdilaru men
bilan otamni xundor dushmanga aylantirdilar. Shundan keyin be-
gimning o‘g‘li Muzaffar mirzo mening o‘rnimga valiahd bo‘ldi. Bu-
gungi sheriki podshohlik ham ana shu begimning ixtirosi! Men aniq
bilamen: begim meni muvaqqat tojdor deb bilurlar. Meni yo‘q qilib,
Muzaffar mirzoni yagona podshohga aylantirishning qulay paytini
poylamoqdalar!
Bobur Badiuzzamon mirzoga Shayboniyxonni eslatdi:
273
–
Hazratim, Shayboniyxon haqida ne yangi xabarlar bor?
–
Xon Xorazmni olib, Samarqandga qaytgan emish...
–
Undoq bo‘lsa, xon endi Xuroson yurishiga chiqmoqchidur? –
so‘radi Bobur.
–
Darhol-a? Xorazm yurishidan so‘ng biror yil dam olmasmikin?
Badiuzzamon mirzoning tusmol gaplari – uning dushman
orasidan aniq xabaryuborib turadigan maxfiysi yo‘qlig‘idan dalolat
berardi. O‘z inisining barcha mayda-chuyda sirlarini bilib turish
uchun behisob maxfiylar yuborib qo‘ygan podshoh bu ishni ashad
-
diy dushmani Shayboniyxonga nisbatan qilmayotgani Boburni tang
qoldirdi.
– Hazratim, Shaybonixonning revu rangini* faqir ozroq ko‘r-
ganmen. Xonning maxfiylari hozir Hirotda darvish, yo savdogar, yoki
navkar qiyofasida yurib, barcha zarur xabarlarni Samarqandga yet-
kazib turgan bo‘lsalar kerak.
Boburning koyinib gapirganini sezgan Badiuzzamon mirzo kinoy-
amuz kuldi:
–
Amirzodam, siz ham shohsiz, ehtimol, sizning maxfiylaringiz
Samarqanddan yangi xabar yuborgandirlar?
–
Men sizni otamdek e’zozlaymen, hazratim. Gap maxfiylarda
emas. Faqir tajribadan shuni bilamenki, Shayboniyxon charchagan
askarlarini bosib olgan viloyatda dam olish uchun qoldirib, av-
valdan dam olib yotgan qo‘shini bilan darhol yangi yurishga ot-
lanur. Uning butun kuchi shundaki, barcha og‘a-ini, qarindosh-
urug‘lari bilan bir tan-bir jon bo‘lib, maydonga chiqur. Biz bu xatarli
yog‘iy qarshisida ichki nizolarni unutmog‘imiz kerak. Biz ham bir
tan-bir jon bo‘lib, yagona sarkarda boshchiligida jangga astoydil
tayyorlanib kirmasak, oqibati yomon bo‘lishi ehtimoldan yiroq
emas.
–
Yagona sarkarda, dedingizmi? Kim bizga sarkarda bo‘lmoqchi,
amirzodam? Birinchilikni talashayotgan bu ikki og‘a-ini «Menga
bo‘lmasa, unga ham bo‘lmasin!» deyishga tayyor ekanligi Boburga
hozir aniqroq sezildi. Raqib og‘a-ini talashayotgan mamlakat ulardan
faqat biriga yoki amakivachchalari Boburga tekkanidan ko‘ra yetti
yot begonaga tekkani afzalroq. Chunki begonalar ularning bunchalik
baxilligini keltirmas edi.
–
Nahotki jangga ham alohida-alohida chiqmoqchisizlar? – dedi
Bobur.
274
–
Nachora? Har kimning o‘z cherigi, o‘z sarkardasi bor. Men Mu-
zaffar mirzoga ishonmaymen. Ammo siz bilan har qanday jangga
birga kirishga tayyormen. Chunki sizga ishonamen. Amirzodam, siz
Hirotda qoling! Neki darkor bo‘lsa ayting! Muhayyo qilurmiz.
Bobur og‘a-inining faqat shu nuqtada yakdil ekanini sezdi. Jang
ko‘rgan Bobur butun bek va navkarlari bilan Hirotda qolsa-yu, vaqti
kelib, jangga birga chiqsa ularning mushkullari osonroq bo‘ladiganga
o‘xshardi.
Ammo og‘a-inining qo‘sh hokimiyati Boburga tagi chirib teshil-
gan kemaga o‘xshab ko‘rinardi. U bu kemada qolsa paymonasi to‘lgan
og‘a-iniga qo‘shilib g‘arq bo‘lishi muqarrarligini tobora aniq his qil-
moqda edi.
Ertasi kuni peshin namozidan keyin Unsiyaga Boburni ko‘rish
uchun kelgan mavlono Fazliddin navkaru savdarlarning ko‘ch
yig‘ishtirayotgan va safarga hozirlanayotganlarini sezdi. Yo‘lakda
tog‘asiga duch kelib qolgan Tohir:
–
E, xayriyat, o‘zingiz keldingiz, mulla tog‘a! – dedi.
–
Ha, ne gap jiyanim?
–
Ertaga tongda Hirotdan jo‘nab keturmiz.
–
Kobulgami?
–
Ha, – deb shivirladi Tohir. – Lekin podshohlar buni bilmasinlar.
Ruxsati oliy shahar tashqarisida qishlamoq uchun berildi. Hammaga
«Xurosonda qishlagaymiz» deb e’lon qilindi. Siz ham bildirmang.
Mavlono Fazliddinning ruhi tushib:
–
Obbo, – dedi. – Bizni sag‘irdek mung‘aytirib ketar ekansizlar-da?
–
Qish chiqsa, siz ham Kobulga ko‘chib boring. O‘tgan gal uchrash-
ganingizda Bobur mirzo o‘zlari taklif qildilar-ku.
– Ko‘chib borish osonmi, jiyanim? Bir oy-qirq kunlik yo‘l... Ayol-
mand odammiz... Mavlono Fazliddin xomush bo‘lib Boburning qab-
ulxonasiga qarab ketdi. Bir vaqtlar Alisher Navoiyning qabulxonasi
bo‘lgan ko‘rkam tanobiyning zarrin o‘ymakor eshigi oldida yasovul
yigit turgan edi. U ichkariga kirib, tez qaytib chiqdi-yu, eshikni ochib,
mavlonoga yo‘l berdi.
Uy to‘rida Bobur bilan suhbatlashib o‘ltirgan kishilarni mavlono
bir qarashda tanidi.
Navoiyning nadimlaridan bo‘lgan qirq besh yoshlardagi ko‘sa
odam– shoir Sulton Muhammad edi. Undan beriga mashhur xattot
Sulton Ali Mashhadiy cho‘kkalagan.
275
Boburning o‘ng tomonida Kamoliddin Behzod va Xondamir
o‘tirishibdi.
Bobur mavlono Fazliddin bilan o‘rnidan turib ko‘rishar ekan,
boshqalar ham oyoqqa turdilar. Mavlono Fazliddin poygahga
o‘ltirmoqchi edi, yoshi undan kichikroq bo‘lgan
Xondamir:
–
Siz oliy mehmonimizning vatandoshisiz, – deb uni o‘zidan yuq-
origa o‘tkazdi. Ma’yuslanib o‘ltirgan Xondamir suhbatni to‘xtatgan
joyidan davom ettirib:
–
Ajab kajraftor falak bu! – dedi. – Amirzodam, siz Hirotning yuk-
sak san’atiyu ajoyib iste’dodlariga havasingiz kelib so‘zladingiz. Biz
esa bugungi Hirotga xudo sizdek ma’rifatli, sizdek iste’dodli podshoh
bermaganidan dog‘damiz!
Bobur o‘zini shuncha izzat-ikrom bilan mehmon qilgan pod-
shohlarning sha’niga tegadigan gap aytishni istamas edi.
– Mavlono, podshohlaringiz ham ma’rifatli zotlar,– dedi.
Kalta jingalak soqoli o‘ziga yarashgan nafis yuzli ozg‘in Behzod
kinoya bilan dedi:
– Amirzodam, podshohlarimizning biri oftob bo‘lsa, biri mohtob.
Xalq orasida hozir bir she’r tarqalmish. Mazmuni shuki, Husayn Boyqa-
ro haqiqiy podshoh edi. Uning ikki o‘g‘li ikki taxt ustida o‘ltirib, biri «oy-
men» desa, biri «kunmen» derlar, ertayu kech bir-biri bilan raqobat
qilurlar. Bularning o‘zaro kurashlari xuddi shatranj taxtasi ustidagi
shohlarning kurashlariga o‘xshaydir. Chunki bu ikkovi otalaridek ha
-
qiqiy shohlar emas, balki shatranj taxtasi ustidagi yasama shohlardir.
Bu o‘xshatish Boburning ikki podshohdan olgan taassurotlariga
shu darajada mos kelar ediki, u beixtiyor kulib yubordi.
–
Lekin og‘a-inining raqobati – shatranj o‘yiniga o‘xshashligi rost!
–
Falokat shundaki, – dedi Xondamir, – bu o‘yinda ular Xurosonni
boy bermoqdalar! Buni ularga so‘z bilan uqtirish esa imkondan xoli!
Shoir Sulton Muhammadning ko‘zlari isyonkorona chaqnadi.
– Ularga buni so‘z bilan emas, faqat shamshir bilan uqtirish mum-
kin! Xondamir eshik tomonga xavotirli ko‘z tashlab qo‘ydi. Bir vaqtlar
Alisher Navoiydek odamga maxfiylarini yuborib qo‘ygan podshohlar
Boburning ketiga ham odam qo‘ygan bo‘lishlari mumkin edi.
Sulton Ali Mashhadiy suhbatni xatarli mavzulardan nariroq olib
ketish uchun yonida turgan charm juzdonni ochdi-da, bir dasta zar-
varaq oldi.
276
–
Faqir oliy mehmonimizning g‘azallaridan bir nechasini ko‘chirib
kelgan edim. Varaqlar qo‘ldan-qo‘l o‘ta boshladi. Xattotning ajoyib
san’ati tufayli har bir harf nafis va tirik tasvirga aylangan edi. Xon
-
damir satrlarga ko‘z yugurtirib:
–
O! – dedi hayrat bilan. Ko‘p shoirlar «yor»ni ilohiylashtirib,
butun najotni «yor» dan izlab o‘rganmishlar. Amirzodam bu odatiy
aldanishlarga qarshi isyon qilgan kabi yozmishlar:
Dostları ilə paylaş: |