Yangi o’zbekiston strategiyasi



Yüklə 239,99 Kb.
tarix02.03.2023
ölçüsü239,99 Kb.
#101793
Yangi o\'zbekiston strategiyasi fanidan prezintatsiya

Yangi o’zbekiston strategiyasi

Mavzu:Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish

Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash

  • Keyingi yillarda yurtimizda Yangi O’zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsadni izchil amalga oshirishga qaratilgan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hozirgi davr talabi va taqozosi, jamiyatimizning harakatlantiruvchi kuchlari va rivojlanish omillarini belgilaydigan faoliyat dasturidir.
  • Mazkur strategiya bundan keyingi yillarda ham xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlar davomiyligini ta’minlashning yaqqol ifodasidir.
  • Tadbir ishtirokchilari Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan Taraqqiyot strategiyasining ma’naviy rivojlanish maslalariga qaratilgan 5 ustuvor yo‘nalishiga doir maqsad va vazifalarni bajarish va bunda quyidagi maqsad va vazifalarga alohida ahamiyat qaratish zarurligi haqida fikrlashdilar:

Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash

  • Birinchidan, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlarini yanada samarali va tizimli tashkil qilish.
  • Ikkinchidan, yaqin yillarda mamlakatimizda yangi ma’naviy makonni shakllantirish bo‘yicha ishlar samarasini yuksak darajaga ko‘tarish va bu boradagi faoliyat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Yangi O’zbekistonning Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi”ni hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va hayotga joriy etilishini ta’minlash.
  • Uchinchidan, fuqarolarning ezgulik va insonparvarlik g‘oyalari hamda yuksak ma’naviyat tamoyillariga asoslangan sog‘lom dunyoqarashi va zamonaviy tafakurini “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasi asosida shakllantirishni umummilliy harakatga aylantirish.

Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash

  • To‘rtinchidan, BMTning ko‘plab “Axloq kodeksi”ni mamlakatimiz hayotida qo‘llash va implementatsiya qilish maqsadida “Yangi O’zbekiston jamiyatining ma’naviyat kodeksi”ni yaratish va uning amaliyotini ta’minlash zarurati ham allaqachon yetilgan.
  • Beshinchidan, “O’zbekiston Respublikasining ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida” qonunini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirilishini ta’minlash.
  • Olinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi asosida “Yangi O’zbekistonning ma’naviy taraqqiyot strategiyasi” turkumida kitoblar, lug‘at va risolalar tayyorlash va chop etish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shu maqsaddagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish.
  • Yettinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil qilish.

Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash

  • Sakkizinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobining mazmun mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida barcha davlat va jamoat tashkilotlarida “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil qilish.
  • Anjuman so‘nggidan O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar dasturi ma’qullandi va bu boradagi vazifalar belgilab olindi.

-

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • Fan o’qtuvchi : Boborajapov E.

Yüklə 239,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə