2-ma-ruza pdf



Yüklə 134,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix27.09.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#123977
  1   2   3   4   5   6   7
2-ma-ruza



Mavzu: Yangi avlod darsliklardagi misollarni tegishli yo‘llar bilan o‘rgatish
Kirish
I.
Bob. Matematik tushunchalar
I.1.
Rost va Yolg‘on mulohazalar, kvantorlar
I.2.
Boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitishni tashkil qilish shakllari
II.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi mazmuni 
II.1.
Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish vositalari
II.2.
Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodlari
Xulosa
Foydalanilgan materiallar
1


Kirish
Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga
qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati,
ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni
o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish
dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash
jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari,
ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va
o‘qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan. Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz
rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan,
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat
jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan.
Xususan, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamon talablari asosida malakali kadr etib
tayyorlash bugungi kunning kechiktirib bo‘lmas muammolaridan biri sanaladi.
Shuni hisobga olgan holda O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev quyidagilarni
ta’kidlaydi: “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida
takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni
xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab
olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy
ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor
yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya,
geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib,
olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida
fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini
ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.” Darhaqiqat, hozirgi
zamon umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari fan asoslari
bilan qurollangan, dunyoqarashi keng, pedagogika, psixologiya va fanlarni o‘qitish
2


metodikasini chuqur o‘zlashtirgan, zamonaviy texnologiyalardan xabardor shaxs
bo‘lishi kerak. Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir.
Bu jarayonni hozirgi kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim
tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan katta mas’uliyat,
bilim, mahoratni talab etadi. 1-4-sinflardagi matematika darslari umumiy o‘rta
ta’lim maktab matematika fani uchun asos, poydevor ekan, bu sinflarda
matematika o‘qitilishini eng zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarmoq zamon
talabidir. Chunki bolalarga keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur
bo‘lgan elementar, tushunchalar shu sinflarda singdiriladi. Mazkur o‘quv
qo‘llanmada matematika o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va
vazifalari, printsiplari, ta’lim metodlarining tasnifi, vositalari, o‘qitish shaklalari,
pedagogik fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini
tashxis etish masalalari yoritilgan. Qo‘llanma boshlang‘ich ta’lim va sport,
tarbiyaviy ish yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə