2-ma-ruza pdf


II. Bob Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi



Yüklə 134,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix27.09.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#123977
1   2   3   4   5   6   7
2-ma-ruza

II.
Bob Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi
mazmuni
II.1.
Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish vositalari
Hozirgi vaqtda ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida matematika muhim rol
o‘ynaydi. Shuning uchun keyingi o‘n yilliklarda maktab matematikasini bir necha
marta isloh qilishga to‘g‘ri keldi. Boshlang‘ich sinf matematikasini o‘qitish va
uning dasturiga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangj dastur bo‘yicha matematikadan
yangi metodik sistema ishlab chiqildi. Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo
kichik yoshdagi o‘quvchilarni umumiy bir tizimda o‘qitish va tarbiyalash
vazifasini qo‘yadi. Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining
mazmunini va tuzilishini ochib beradi. Har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos
xususiy metodlarini o‘rgatadi. Xususiy metodika matematika o‘qitishning
asoslangan metodlarini va o‘qitish tamoyillarini shuningdek, o‘quv faoliyatlarini
tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ma’lumki, o‘qitish jarayoni tarbiyalash bilan
bog‘liqdir. Metodika o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini
o‘rgatadi. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan
chambarchas bog‘liqdir. 
1. O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan. 
2. Pedagogika. 
3. Psixologiya. 
4. Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (rus tili, mehnat...). 
11


Boshlang‘ich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan.
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari: 
1. Ta`lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi. 
2. Nazariy bilimlar sistemasini o‘rganish jarayonini yoritib berishi. 
3. O‘quvchilarning siyosiy dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi
kerak. 
Shuningdek: Insonni tarbiyalash vazifasini yoritib beradi, matematika o‘qitish
jarayoni insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi
fazilatlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. O‘qitish metodikasi I-IV sinflar
matematikasining davomi bo‘lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog‘lab,
o‘qitishni ko‘rsatadi. Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga
qo‘yilgan "o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi
texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni
berish, turmushga, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish” kabi vazifalarni hal qilishda
yordam berishdan iborat. Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi
matematika boshlang‘ich kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch
omil bilan belgilanadi: 1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi. 2.
Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi. 3. Matematika o‘qitishning amaliy
maqsadi. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi: a) o‘quvchilarga malum bir dastur asosida matematik bilimlar
sistemasini berish. Bu bilimlar sistemasi fan sifatidagi matematika to‘g‘risida
o‘quvchilarga yetarli darajada malumot berishi, ularni matematika fanining yuqori
bilimlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida
o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira
bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim. b)
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlashi,
o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon qila bilish malakalarini
o‘zlashtirishlariga yordam berish. v) o‘quvchilarni matematik qonuniyatíar asosida
real haqiqatni o‘rgatishi kerak.. Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilaming
12


fazoviy tasavvuri qilishlari shakllanadi hamda, mantiqiy fikrlashishi rivojlanadi.
Boshlang‘ich matematika tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yadi: a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. b) o‘quvchilarda
matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirish bilan birga ularda 
matematikaning qonuniyatlarini
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. v) o‘quvchilarda
matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika
darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi
qonuniyatíar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi. Boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan
elementar masalalarni yechishga tadbiq qila olishga o‘rganish, o‘quvchilarda
arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash
uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga qaratish: b) matematika
o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini
shakllantirish.
O‘quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish
malakalarini tarkib toptirishga qaratiladi. v) o‘quvchilarni mustaqil ravishda
matematik bilimlarni egallashga-o‘rgatish. O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil
ravishda qonuniyat munosabatlarini ochish, kuchlari yetadigan darajada
umumlashtirishlar qilishni, shuningdek og‘zaki va yozma xulosalar qilishga
o‘rganishlari kerak. O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti
o‘quvchilar o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir.
Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan:
(o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlari; uy vazifalarini
tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash). Didaktikada dars turiga,
o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki
bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek,
nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
13


Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat
ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari
yaratilgan. Ba'zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi
masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari
boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat
qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli
maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish harakteridagi materiallar. boshqalarida esa
nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir. Boshlang‘ich maktab
matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy narsa - topshiriqlarning
murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallarni o‘quvchilarning
g‘oyasiga ko‘ra ma`lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi
o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to
aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohiik beradi. Matematika
o‘qitish metodikasida “O‘quv materialini o‘zlashtirish daraiasi” tushunchasining
mazmuni lo‘nda ochib berilmagan. O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarda didaktik
materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon
beradigan mezonlar ( kriteriylar) yo‘q. Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror
topshiriqning usullaridan bilan bosqichlaridan soddaroq yoki murakkabroq deb
aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan
bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur
g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal
etishga qodir emas, chunki, hatto har qanday o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining
intuitsiyasini almashtira olmaydi. Shunday qilib, didaktik materiallarni
o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri
sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur
o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bolmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik
materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilim va o‘quvchilarni o‘zlashtirish
darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun ishlar matnini
tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umum metodikaning asosiy vazifalaridan biridir.
O‘quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash, I-IV sinflarda
14


matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan talim - tarbiyaviy vazifalarni hal
qilishda ulardagi matematika kursini qanday darajada tayyorgarligi borligiga,
bolalar bog‘chalarining tayyorlov guruhlari dasturi orqali hamda uyda mustaqil
matematikani o‘rganib qanday bilimlarga ega ekanligiga bog‘liq. Shuning uchun 1-
sinfga kelganlaming bilimlarini aniqlash, sinf o‘quvchilarining bilimlarini
tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi
biladigan o‘quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi.
Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar: har bir darsda turli xil
didaktik maqsadlar ko‘zlanadi, ular orasida bittasi bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi,
uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. Har bir alohida darsning maqsadi,
darslar sistemasining maqsadini aniqlab, uning yordamida o‘qitilayotgan
mavzuning mazmuni uni o‘quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar
bilan o‘quvchilarni tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani
kengaytirish va chuqurlashtirib, uchinchisida esa, biror malaka va ko‘nikmalarni
hosil qilish, to‘rtinchisida esa, bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish va h.k.
bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin.
O‘tilganlami takrorlash oldin o‘tilgan bilimlarni yangi sistemaga solib, shu bilan
bilimlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har doim
mashqlar baiarish bilan davom ettiriladi. Maktablarning tajribasi darsning ma`lum
strukturasini yaratadiki, ko‘pchilik o‘qituvchilar bu strukturaga rioya qilib, ma'lum
yaxshi natijalarga erishilmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi,
yoki o‘tgan mavzu takrorlanadi, so‘ngra o‘tgan mavzu yuzasidan savol-javob
o‘tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash
uchun o‘quvchilarga misol va masalalar yechtiriladi yoki nazorat savollari beriladi.
Dars oxirida uyga vazifa va unga ko‘rgazmalar beriladi. Ba’zan, bu maqsadlardan
bittasiga bag‘ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik
maqsadi deyiladi va boshqalar unga amal qiladi. 
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko‘rsatish
mumkin. 1) o‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va
ko‘nikmalarni hosil qilish darslari. Bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala
15


yechish bilimlari hosil qilinadi. 2) turli xil mashqlar yordamida yangi bilim,
malaka, ko‘nikmalarni mustahkamlash darslari. 3) o‘tilganlarni takrorlash,
umumlashtirish va sistemalashtirish darslari. 4) keyingi ishda xatolarning oldini
olish maqsadida bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish darslari. Har bir
matematika darsida turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin, uy
vazifasini tekshirish, darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish, oldin
o‘tilganlarni takrorlash yoki bolalarning hayot tajribasini esga tushirish yo‘li bilan
o‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash, og‘zaki hisoblash uchun
maxsus mashqlar, yangi materialni o‘rganish (darsning asosiy bo‘limi).
Bolalarning jamoa ishi sifatida 1-o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini
mustahkamlash, to‘plagan bilimlami hisoblash, mashq, bilim va malakalarni
qo‘llash (darsning asosiy bolimi), o‘quvchilarni mustaqil ishlari va uni tekshirish,
oldin o‘zlashtirilgan materiallami takrorlash, uyga vazifa berish, darsni xulosalash.
Darsning asosiy struktura turli xillar va turli metodlar bilan birga qo‘shib
olib borish mumkin. O‘qituvchi dars rejasini tuzishda quvidagilarni e'tiborga olishi
kerak. Shu dars qanday qismlardan iborat bo‘lishi, ularni qanday ketma-ketlikda
joylashtirish, ular o‘rtasida o‘quv materialini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-
biriga qanday bog‘lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga
oshirishda yetarli miqdorida yordam bera oladimi va h.k. Boshlang‘ich sinfda
matematika darsining har bir qismini umumiy didaktik masalalarni bajarishga
qaratilmog‘i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o‘zaro
bog‘langan bo‘lishi kerak. Alohida dars turlarining mumkin bo‘ lgan
strukturalarini qarab chiqamiz. Masalan: o‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan
tanishtirish, yangi bilim va ko‘nikmalami hosil qilish darslari. Darsning borishi,
darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha o‘quvchilarni ishga,
o‘quv vazifalarini aktiv bajarishga darhol tortadigan bo‘lsin. Shu maqsadda uncha
katta bo‘lmagan mustaqil ishlami kartochkalarga yozib borish kerak, bu esa
o‘quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina yozishni talab
qiladi. Sunday mustaqil ishlar o‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga
tayyorlanadi. Darsning birinchi qismida agar uy vazifasi mazmun jihatidan yangi
16


materialga bog‘liq bo‘lsa, uni tekshirish ham mumkin. Agar uy vazilasi yangi
mavzuga bog‘ liq bo‘lim yangi mavzuni o‘tishda o‘quvchilar uni qo‘llanasa, u
holda yangi bilimlarni bayon qilish darsida uy vazifasini tekshirish shart emas.
Shunday qilib darsning birinchi qismi o‘quvchilarning aktivligini va diqqatini
yo‘naltirishga qaratilmogi lozim, bu bosqichga uncha ko‘p vaqt sarf qilmaslik
kerak.
O‘quvchilar diqqatini yo‘naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va
maqsadini aniq tushunarli e’lon qilishdir. Bunda albatta o‘quvchilarning qiziqishini
orttirish va muammoli vaziyat yaratish zarur. Masalan: o‘quvchilar faqat
hisoblashning og‘zaki usuli bilan tanish boisalar, ularga ikkita uch xonali sonlarni
qo‘shish tavsiya qilinsa, unda o‘zlarining ortiqcha bilim va malakalarini qo‘l-
laydilar. O‘quvchilar ma’lum qiyinchiliklardan o‘tadilar. Shunday qilib, oldindan
o‘rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin emasligiga
ishonch hosil qiladi. Yangi og‘zaki usulni o‘zlashtirish kerak. Dars ana shu usulga
bag‘ishlangan boladi. Ikkinchi holda dars o‘quvchilar bilan qisqacha suhbat bilan
olib borilishi mumkin. Bunday darsdan agar o‘quvchilar bir xonali sonlarni
ko‘paytirishni tushuntirishda foydalanish mumkin. Yangi o‘quv materialini
o‘quvchilarning aktiv o‘zlashtirishiga tayyorlash maqsadida oldin o‘zlashtirilgan
materiallar takrorlanadi, takrorlash harakteridagi materiallar ko‘pincha og‘zaki
hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni o‘zlashtirishga qaratilgan
misol va masalalarni mustaqil yechish ham mumkin. Darsning ikkinchi qismida
yangi matematik tushuncha beriladi yoki arifmetik misollarning yangi turi
yechiladi. Bu o‘quvchilarning bayoni yoki suhbati orqali olib boriladi. Ba'zan
o‘quvchi buni mustaqil tanlab olishni ham tavsiya qiladi. Masalan, oldin o‘tilgan
mavzuga bog‘liq holda masala yoki misol yechish maqsad qilib olingan bo‘lsa, u
holda misollarni o‘quvchilar mustahkamlash, mustaqil yechish orqali o‘zlarining
bilim va malakalarini oshirishi mumkin.

Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə