2-ma-ruza pdf


II.2. Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodlari



Yüklə 134,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix27.09.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#123977
1   2   3   4   5   6   7
2-ma-ruza

II.2.
Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodlari
Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang‘ich
kursning asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat.
17


Blindan tashqari, bu kursga geometriya va algebraning asosiy tushunchalari
birlashadi. Boshlang‘ich sinfmatematika kursi maktab matematika kursining
organik qismi bo‘lib hisoblanadi. V-XI sinflarda o‘qitiladigan matematikaning eng
asosiy va o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lgan elementar tushunchalari beriladi.
Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan
holda o‘qitiladi. Demak, boshlangich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf
matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang‘ich matematikaning
tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Ariímetik material kursning asosiy
mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi. asosiy miqdorlar algebra
va geometriya elementlarining propedivtik kurslari asosiy bo‘lim shaklida
o‘qitilmasdan ariímetik material bilan qo‘shib o‘qitiladi. 2. Boshlang‘ich sinf
materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o‘nlikni nomerlash o‘qitilsa, keyin
100 ichida nomerlash va ariímetik amallar bajarish o‘qitiladi. Undan keyin 1000
ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko‘p xonali sonlar ichida nomerlash,
miqdorlar, kasrlar algebraik va geometrik materiallar qo‘shib o‘qitiladi. 3.
Nazariya va amaliyot masalalari o‘zaro organik bog‘langan harakterga ega. 4.
Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog‘lanishlari ochish kursda o‘zaro
bog‘langan. 5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadi quyidagilar: umumiy
ta'lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq, bir-
birini to‘ldiradi. 1. Umumta`lim maqsadi o‘qituvchidan quvidagilarni talab qiladi.
o‘quvchlarga matematik bilimlar sistemasidan, bilim malaka ko‘nikma haqiqiy real
matematik metodlar bilan o‘rganishi. v) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqlarini o‘stirishni, uning sifatli bo‘lishini ta'minlash; g) o‘quvchilarga
matematikadan shunday bilimlar berishni ta'minlashi kerakki, bu bilimlar orqali,
aktiv bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko‘nikmalari ortib borsin. 2. Tarbivaviy
maqsad. Matematika o‘qitish o‘quvchilarni savodxonlikka, tirishqoqlikka,
puxtalikka, o‘z fikri va xulosalarini nazorat qila olishga ayniqsa, kuzatish, tajriba
va faxmlash asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo‘lishiga erishish kerak.
Miqdorlar orasidagi bog‘lanishni ifodalash uchun matematikadan simvollar
18


ishlatiladi. Mana shu matematik simvolik til rivojlanishi kerak. O‘quvchining
vazifasi simvolik tilda ifodalangan matematik fikrni ona tiliga ko‘chirishga
o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bilishga intilish mustaqil ishdan qanoat hosil
qilish tuyg‘ularini tarbiyalashi kerak. Matematika fanini o‘qitishning o‘zi
o‘quvchilarda diqqat va fikrni bitta narsaga to‘play bilishni tarbiyalaydi.
O‘qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak: a) o‘quvchi moddiy olamdagi
bog‘lanishlarni, miqdorlarning o‘zgarishini, bir-biri bilan aloqasini faxmlab eta
bilish; b) o‘quvchilarning matematikani o‘rganishga astoydil qiziqishini
ta’minlash; v) mehnatga, vatanga insonlarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash,
estetik did hosil qilish; g) o‘zbek millatining tarixi, jumladan, matematika
o‘qitilishi tarixiga bo‘lgan dunyoqarashni tarbiyalash: d) o‘quvchilarning
matematik (fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiyalash; Amaliy
maqsad: Matematikani о'qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad - o‘quvchilar olgan
bilimlami, amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Olingan bilimlarni sonlar va
matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tadbiq qila bilish, har
xil masalalarni yechishda foydalana bilishga o‘rgatish. Bu bilimlarni kundalik
hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo‘llay bilishga o‘rgatishdir. O‘qitish
metodi - tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri.
Shunday qilib o‘qitish metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi uchta
asosiy funksiyani bajaradi. Ma’lum o‘qitish metodlaridan, ta`limning yangi
mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlariga ongli tanlab olish uchun oldin
hamma o‘qitish metodlarini klassifikatsiyalashni o‘rganib chiqish zarur. 1. Ilmiy-
tadqiqot metodlari haqida ma’lumot. Pedagogik tarbiyalashga oid ish tajribalarni
bilmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayoni chuqur tadqiq qilmay turib
pedagogikani rivojlantirib bo‘lmaydi. Hozirgi ta`lim tarbiya pedagogikani ilmiy
bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshqa har qandav fan kabi
pedagogika fanining ham xususiy spetsifik tadqiqot metodlari mavjud. Ilmiy
tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, oqilona o‘rnatish
va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida iimiy informatsiyaiarni olish usullaridir.
Kuzatish. tajriba. maktab hujjatlari bilan tanishish o‘rganish, o‘quvchilarning
19


ishlarini o‘rganish, suhbat va anketalar o‘tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot
metodlari jumlasiga kiradi. So‘nggi vaqtlarda nalematik va kibernetik metodlardan
shuningdek, modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda
quyidagi metodlarning o‘zidan foydalaniladi. Kuzatish metodi -odatdagi sharoitda
kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik prosedurani bevosita
maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o‘quv-
tarbiva ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday boravotganini o‘rganish
uchun fovdalaniladi. Bu metod o‘qituvchi va o‘quvchilaming faoliyatlari haqida
majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to‘plash imkonini beradi.
Kuzatish jaravonida tadqiqotchi o‘quv prosessining odatdagi bo‘lishiga
aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin
vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatishning borishi. faktlar, sodir bo‘layotgan
voqealar jihozlar kuzatish kundaligiga badiqqat qayd qilinib boriladi. Kuzatish
tutash yoki tanlama boiishi mumkin. Tutash kuzatishda kengroq olingan hodisa
(masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish
faoliyatlari), tanlama kuziitashda kichik-kiichk hajmdagi hodisalar (masalan,
matematika darslarida o‘quvchilaming mustaqil ishlari) kuzatiladi. Qaror yozish
yoki kundalik yuritish kuzatishlarni qayd qilishning eng sodda metodidir. Ammo
kuzatishlarni qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar, magnitafon,
foto va kino syomkadan, teleekrandan foydalanishdir. Foydalaniladigan kuzatish
metodlaridan biri ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirishdan iborat.
Bu metoddan mufaqqiyatli foydalanishning majburiy asosiy sharti shundan
iboratki, o‘qituvchilar tajribasining tavsifi qo‘yilgan tadqiqot vazifasiga javob
beradigan bo‘lishi kerak. (Bizning mamlakatimizda ilgor pedagogik tajribani
organishga doir katta ish olib borilmoqda. Bu tajribaning umumlashtirilishi ilmiy
amaliy konferensiyalarning va pedagogika o‘qishlarining materiallari
to‘plamlarida, monografiyalarda va jurnal maqolalarida o‘z aksini topmoqda).
Eksperiment - bu ham kuzatish bo‘lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilib turiladigan va sistematik ravishda o‘zgartirib turiladigan
20


sharoitda o‘tkaziladi. Pedagogik eksperiment o‘qitishning va tarbiyalashning u
yoki bu usulining, ko‘rsatma qo‘llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda
qo‘llaniladi. Eksperiment o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak
bolgan masalalarni aniq ifodalab olishi, bunday masalalarni hal qilinishi maktab
amaliyotida va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega boiishi kerak. Eksperiment
o‘tkazishdan oldin tadqiqotchi o‘rganish predmeti bo‘lmish masalaning nazariyasi
va tarixi bilan, shuningdek, shu soha bo‘yicha amaliy ish tajribasi bilan tanishib
chiqadi. Tadqiqotda gipotezaning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Butun
eksperimentni tashkil qilish gipotezani tekshirishga yo‘naltiriladi. U material
to‘plash yo‘llarlni belgilash imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda
chalkashib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Eksperiment natijalarini tahlil qilish,
taqqoslash metodi bilan o‘ttkaziladi. Buning uchun ikki yoki bir necha gruppa
tuziladi. Bu gruppalarga kirgan o‘quvchiiar tarkibi bo‘yicha tayyorgarlik darajalari
va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha imkon boricha bir xilda bo‘lishi kerak. Bir xil
(eksperimental) sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan
eksperimental material bo‘yicha ish bajariladi. Taqqoslash uchun nazorat sinflari
tanlanadi, bu sinflar o‘quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari bo‘yicha
taxminan eksprimental sinflarga teng kuchli bo‘lishi kerak. Bu sinflarda
matematika eksperimental sinflarda qo‘llaniladigan metodlar, vositalar va
boshqalar qo‘llanilmaydi. 
21


Xulosa
Men ushbu kurs ishimni yozish davomida men o‘zim hozirgi kunda o‘zgarib
kelayotgan innovatsion yangiliklar, texnologiyalar, yangi o‘quv tizimi haqida
bilimlarga ega bo‘ldim. Hamda shu egallagan bilim va ko‘nikmalarimni
o‘quvchilarga ham yangicha usul, yangicha metodlar orqali o‘rgatib, ularning ham
fanga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga oz bo‘lsada o‘z hissamni qo‘shgan bo‘laman.
Hozirgi kunda urfga kirgan yangi texnologiyalar orqali yangicha metodlar ham
ishlab chiqilmoqda. Dars o‘tish jarayonlarida asosan an`anaviy metodlardan
foydalanib shu bilan cheklanib qolish ham mumkin. Shu sababli ham ularning
bilim darajalarini kengaytib berishimiz uchun ham yangidan yangi noan`anaviy
metodlardan foydalanib dars o‘tishga harakat qilamiz.
Hozirgi paytda yangi axborat va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir paytda 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan an`anaviy 
usulda o‘qitish emas, balki o‘quvchilarning o‘qishga bilim o‘zlashtirishga bo‘lgan 
ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga qaratilgan o‘qitishning 
noan`anaviy shakllarinita`lim jarayoniga tadbiq etishdekmuhim vazifalar 
qo‘yilgan. Masala ustida og‘zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik 
atamalar tiliga o‘tkazish kerak va uning matematik atamalr tiliga o‘tkazish kerak 
va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv shaklida ifodalash kerak. Shuni 
22


nazarda tutish kerakki, hamma holarda ham qisqacha yozishni bajarish bilan birga 
masala sharti ham analiz qilinadi. Qisqacha yozishning vazifasi shundan iborat. 
Haqiqatdan, masalani qisqacha yozish o‘quvchi xotirasiga tayanch bo‘lib , sonli 
ma`lumotlarni tushunish va yaratish imkonini beradi. Shunday qilib matematik 
masalalar yechish, o‘quvchilarning matematik bilimlarini rivojlantirish sifatidan 
qarash lozim. Shu bilan birga murakkab va qiziqarli masalalarni o‘qitish 
samaradorligini oshirishning eng yaxshi usullaridan biri sifatida bo‘lishi ham 
mumkin. Shu sababli boshlang‘ich sinf matematika darslarida masallar yechish 
usullaridan biri sifatida bo‘lishi mumkin. Shu sababli boshlang‘ich sinf 
matematika darslarida masalalar yechish usullarini to‘g‘ri tshkil etishva undan 
turli didaktik vositalardan imkon darajasida foydalanish, masalaning turli 
shkllarini tashkil etish va unda turli didktik vositalardan foydalanish ta`lim 
samaradorligini oshirishning muhim omillari sifatida qaralmog‘i lozim.
Ushbu kurs ishini yozish orqali men o‘zimda bir qancha ko‘nikmalar va bilimlarga,
o‘zimning bilmay kelgan savollarimga ham javob topishga harakat qildim.
Endi zamon rivojlangani sari bundan buyog‘iga noan`anaviy metodlardan
foydalanib, zamon bilan birga yangi texnologiyalar asosida dars o‘tishga harakat
qilaman.
23



Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə