124 zamonaviy o‘zbek romanlari taraqqiyotiga xalq maydon kulgi san’atining ta’siri



Yüklə 379,94 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.10.2023
ölçüsü379,94 Kb.
#125394
124-127



124 
ZAMONAVIY O‘ZBEK ROMANLARI TARAQQIYOTIGA
XALQ MAYDON KULGI SAN’ATINING TA’SIRI 
 
Xaitov Xamza Axmadovich, 
Buxoro davlat pedagogika instituti
dotsenti, f.f.f.d.(PhD) 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining badiiy 
taraqqiyotiga folklorning lof, latifa, askiya kabi janrlarining estetik ta’siri masalasi 
ilmiy-nazariy tahlil qilinadi. 
Kalit so‘zlar: 
Latifa, lof, askiya, folklor, adabiy ta’sir,
 
mimlar, masallar, 
bukolikalar, pamfletlar, memuarlar, suqrotona, lukiancha dialoglar va hokazo. 
Dunyo mamlakatlari qatorida yurtimizda ham fikrlar va g‘oyalar xima-xilligiga 
keng yo‘l ochilayotgani, mulk shakllari o‘zgarib, jamiyat taraqqiyotining butunlay 
yangi yo‘lga qadam qo‘yayotgani ilm-fan, madaniyat, jumladan, adabiyot ahlini 
kechagi kun voqealariga, badiiy- estetik qarash hamda mezonlarga tanqidiy nazar 
tashlab, haqqoniy xulosalar chiqarish, yillar davomida ko‘pchilikni qiynab 
kelayotgan masalalarga oydinlik kiritishni talab etmoqda. Bu zaruratni chuqur 
anglab, shu yo‘ldagi tashvish va muammolardan cho‘chimasdan o‘zbek adabiyoti 
namunalariga oid tahlil va tadqiqlarni amalga oshirish davr talabidir. Ammo, bu 
jarayonda, ayniqsa xalqning qalbini, yuragini ifoda etadigan badiiy adabiyot 
sohasidagi askiya, latifa, loflarga oid bebaho qadriyatlarimizni tiklash, millionlab 
o‘quvchilarimizga asl holida yetkazishdek g‘oyat murakkab bir ishda masalaning 
nozik jihati e’tibordan chetda qolmasligi zarur. Ya’ni ilm-fan, uning uzviy bir qismi 
bo‘lmish adabiyotshunoslik o‘z tadqiq ob’ektiga yangicha estetik qarashlar
jamiyatdagi tub o‘zgarishlar nuqtai-nazaridan baho berar ekan, badiiy adabiyotning 
spessifikasi, ijodiy olamiga xos xususiyatlarni esdan chiqarmaslik zarur. Mana, 
mustabid tuzum barham topa boshlagach, odamlarni, avvalgidek, sen-boy, sen-
dindor, sen-mulkdor deb kamsitish, ularning ijtimoiy belgi-alomatlariga qarab baho 
berish kabi yuzaki munosabatlardan ham xolos bo‘lmoqdamiz. Jamiyatda tili, dini 
va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, barchaning huquqiy jihatdan tengligiga erishish 
asosiy maqsadga aylanmoqda. Ayni paytda bunday imkoniyatlar yurtimizdagi turli 
odamlarning fe’l- xo‘yi, sa’jiyasi, insoniy fazilatlari va ma’naviy dunyosiga ko‘ra 
bir xil bo‘lishiga sabab bo‘ladi, degani emas.Lekin hayot qaysi tomonga qarab 
o‘zgarmasin, odamzod mudom mo‘jiza izlab, ertangi kungan umid qilib yashaydi.
Shu 
nuqtayi 
nazardan 
zamonaviy 
o‘zbek romanlariga xalq kulgi 


125 
madaniyatining ta’sirini tahlil va tadqiq qilish ehtiyoji beixtiyor paydo 
bo‘ladi.Xalqimizning to‘yu tomoshalarida, bayramlarda latifago‘y, masxaraboz va 
askiyachilarning aytishuvlarida, o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning 
qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turgani badiiy adabiyotimizda ijodkorlar tomonidan 
mahorat bilan estetik ifodasini topgan.Jahon romanchiligi an’analarini maxsus 
o‘rgangan M.M.Baxtin xalq maydon kulgi san’ati va madaniyati adabiyotda roman 
janrining shakllanishi va taraqqiyotiga poydevor bo‘lib xizmat qilganligini alohida 
qayd etadi. {Baxtin M.M. 1-239}. Agar zamonaviy o‘zbek romanlari shu jihatdan 
kuzatilsa, bu fikrning asosli ekanligi, ularda xalq kulgi san’atiga xos ayrim 
elementlar muhim o‘rin tutishi oydinlashadi.Dunyo xalq kulgi madaniyatining 
ildizlari qadimgi yunon nazariy adabiyotlarida qayd etilgan “jiddiy-kulgili” 
janrlarga borib taqalishini, mimlar, masallar, bukolikalar, pamfletlar, memuarlar, 
suqrotona, lukiancha dialoglar uning tarkibiga kirishini, asosida xalq kulgi 
madaniyati yotuvchi ushbu qadimiy janrlar roman janri uchun poydevor bo‘lganligi 
olimlarning tadqiqotlarida uchraydi {Baxtin M.M.2-22}. Fikrimizning dalili sifatida 
quyida tahlillarni keltiramiz: Atoqli yozuvchhi Omon Muxtorning “Ffu” falsafiy 
romanida o‘zbek xalqiga xos psixologiya, millatimizning yashash tarzi, milliy urf-
odatlari asosida ota-o‘g‘il Toshpo‘lat va Toshtemir obrazlari badiiy ifodalanadi. 
Yozuvchi romanda xalq kulgi madaniyatining lof, latifa, askiyaga xos 
xisusiyatlaridan juda ko‘p o‘rinlarda foydalangan.Bosh qahramon Toshpo‘latning 
xotirasi va uning o‘g‘li Toshtemirning xarakterini ta’riflashdanoq kitobxon xalq 
kulgisiga xos mutoyibani anglaydi: 
“Otam o‘lganlarida, englaridan arzimagan uch-to‘rt so‘m pul chiqdi. Qog‘ozga 
o‘rab, ip bilan bog‘langan. Ochib qaradik. Bunday yozuv; “Meni ko‘rgani kelgan 
kimdir buni tushirib qoldirgan, topib topshiringlar. Ishondim”. Yana bir bosh 
qahramonga berilgan ta’rifni keltiramiz: 
“Har qanday farzand otaga o‘xshaydi, albatta. Lekin… Shunday kishilar borki, 
ular uchun bu o‘xshashlik muhim ahamiyatga ega baxt, o‘xshamaslik fojiadir. 
Dorbozning o‘g‘li dorboz bo‘lmasa, u o‘ladi. Cho‘ponning o‘g‘li tayoqni tashlab 
qochsa, dala-dashtda “Cho‘li iroq” yangraydi. Mulla Toshpo‘lot bu toifaga kirmasa 
hamki, shunga yaqin, uning yetti pushti “otasining o‘g‘li” bo‘lib kelgan edi. 
Boshqacha bo‘lishni tasavvur qila olmas edi” Omon Muxtor 4-6-10}. 
Keltirilgan badiiy parchadan ayon bo‘ladiki, zamonaviy o‘zbek adabiyoti 
namunalarida kulgining ifodasi didaktik yo‘nalish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, 
insonning har qanday illatini, ruhiy holatlarini fosh etishda adabiy estetik 
xususiyatlarga putur yetmaydi, aksincha, ularni to‘ldiradi, qimmatini oshiradi. 
Toshpo‘lot obrazi orqali ifodalangan satirik elementlar hech qachon kulmagandan 


126 
kelib chiqqandek va quvnoq kulishni emas, balki g‘azab va qayg‘uni yoki, har 
qanday holatda zaif tabassumni ifoda etib kelgan.Yozuvchi Omon Muxtor milliy 
urf-odatlarimiz asosida “ota vasiyati”, “ota merosi” kabi ijtimoiy hodisalarni 
tasvirlashda xalq kulgi madaniyatining boy merosidan o‘z o‘rnida mahorat bilan 
foydalangan. Toshpo‘lotning otasidan na ma’naviy, na moddiy meros qolmaganligi, 
Mulla Toshpo‘lotning o‘zi va “yetti pushti “otasining o‘g‘li” bo‘lib kelganligi” shu 
bilan birga hayotda “boshqacha bo‘lishni tasavvur qila olmasligi”, shu toifa 
odamlarning jamiyatimizda juda ko‘p uchrashi kinoyali tarzda tasvirlanadi.Xlq 
maydon kulgi madaniyatining badiiy adabiyotga ta’siri millatning milliy 
xususiyatlarini badiiy ifodalash bilan bir qatorda ajdodlarimizga xos rasmiy 
madaniyat masalasi, ikkinchi tomondan yerli aholiga xos tubjoy, xalq 
madaniyatining alohida o‘zaro ta’siriga asoslangan hodisa sifatida qarash imkonini 
beradi. Biz kinoya kulgisi deb qaragan holat aslida xalqimizning ma’naviy yuksak 
tuyg‘ularini, o‘ziga xos xarakterini ifodalaydi: “Meni ko‘rgani kelgan kimdir buni 
tushirib qoldirgan. Topib topshiringlar.Ishondim”. Mana shu jumlada tashqi 
tomondan kitobxon “qoldirgan merosi arzimas chaqa ekan”deya istehzoli kulgi 
tuyg‘usini his qilsa, ikkinchi muhim jihati Sharq xalqlariga xos yuksak ma’naviy 
tarbiya- “omonatga xiyonat qilmaslik”falsafasi tasvirlangan. Shu o‘rinda xalq kulgi 
madaniyatini badiiy adabiyotga ta’sirini o‘rgangan yevropalik adabiyotshunos olim 
Yu.M.Feldmanning quyidagi fikrlarini keltirish joiz;”Qanchalik paradoksal 
tuyulmasin, yuqori( omonatga xiyonat qilmaslik) va past (arzimagan chaqa, u ham 
birovniki) badiiy tasvir o‘rtasidagi munosabatni hisobga olmasdan turib, kulgi 
adabiyotining mohiyatini tushunib bo‘lmaydi”{Lotman Yu.M.3-231}. Obrazlar 
harakatida, shuningdek, personajlarning nutqlarida, oddiy odamlarning jamoat va 
shaxsiy faoliyatini ko‘rsatma sifatida tasvirlash (Mulla Toshpo‘lat bu toifaga 
kirmasa hamki), hajviy tasvirlar orqali hazilga yaqinlashsh, latifanamo kulgili 
lahzalarni 
ifodalash 
orqali 
yozuvchi 
xalq 
kulgi 
madaniyatining 
keng 
imkoniyatlaridan foydalanadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bu dunyoda faqat yaxshilikni o‘zi 
bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi, ezgulikka biroz quvvat-gohida ayyorlik, 
gohida aldov, gohida zar, gohida zo‘r-xullas, qulay bir vosita, qurol ham kerak 
bo‘ladi. Mana shu ma’naviy qurol sifatida xalq kulgi madaniyati yozuvchiga keng 
imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Baxtin M.M. Epos va roman (Romanni talqin etish metodologiyasi haqida) 
Filologiya masalalari. 2005-yil 5-son. – B. 239. 


127 
2. Baxtin M.M. Romanda zamon va xronotop shakllari. Tarixiy poetikadan 
ocherklar. Rus tilidan Uzoq Jo‘raqulov tarjimasi. – Toshkent: Akademnashr, 2015. – 
B. 22. 
3. Lotman Y.M. Tanlangan maqolalar. III jildli. II jild. Tallin. 1992-1993. – B. 
231. 
4. Omon Muxtor. Ffu. Toshkent: Sharq, 1997. – B. 6, 10. 

Yüklə 379,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə