Mavzu; Adabiyotning adabiy –estetik tabiati Mundarija Kirish I bob. Badiiy adabiyotning adabiy-estetik tabiati haqida



Yüklə 86,17 Kb.
səhifə1/11
tarix29.11.2023
ölçüsü86,17 Kb.
#142049
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu; Adabiyotning adabiy –estetik tabiati Mundarija Kirish I b-fayllar.org


Mavzu; Adabiyotning adabiy –estetik tabiati Mundarija Kirish I bob. Badiiy adabiyotning adabiy-estetik tabiati haqida

Mavzu; Adabiyotning adabiy –estetik tabiati

Mundarija

Kirish…………………………………………………………………………

I bob. Badiiy adabiyotning adabiy-estetik tabiati haqida ………………….
1.1. Badiiy asarning adabiy tabiati……………………………………………..

1.2. Badiiy adabiyotning adabiy-estetik tabiatining ahamiyati ………………..


II bob.Hozirgi o’zbek she’riyatining adabiy-estetik ahamiyati……………
2.1. Bugungi kun she’riyatining o`ziga xos xususiyati………………………..
2.2. XX asr o`zbek she’riyatida poetik obraz va uning tadriji…………………


Xulosa…………………………………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Inson tafakkurining yangilanishida, uning ongiga
ma’lum bir g`oyani singdirishda hech qaysi soha adabiyotchalik quvvat va
imkoniyatga ega emas. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, yangi XXI asr inson
tafakkuri taraqqiyotiga, uning tez o`sishi va yangilanishiga jiddiy ta’sir ko`rsatdi.
Chunki adabiyot badiiy so`z va obrazlar vositasida omma ruhiyatida tubdan
o`zgarish yasaydi. Buning uchun ijod ahli erkin nafas olish, xohlagan mavzusida
qalam tebratish, istagan muammosini ko`tarish va, albatta, ko`ngliga ma’qul
keladigan qahramon timsoli orqali tasvirlash huquqiga ega bo`lishi kerak. Qariyb
chorak kam bir asr mobaynida qog`ozda bor-u, amalda bo`lmagan bunday
“erkinlik” adiblarimiz tafakkurini tushovga solib qo`ygandi. Mustaqillik tufayli bu
tushov uzildi. Adabiyotga – so`z san’atiga chinakam erkinlik berildi va u qonun
asosida mustahkamlab qo`yildi. Natijada, adabiyotda juda katta ijobiy o`zgarishlar
yuzaga keldi.
Buning samarasi tez orada aniq ko`zga tashlandi, ya’ni jadallik bilan o`sib
borayotgan siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy tafakkurlar ta’sirida adabiy-badiiy
tafakkur ham shakllanib, ulg`ayish yo`liga kirdi. Dastlab, odamzodning iqtisodiy
bo`hronlar ummonidagi suzish qiyinchiliklari, cho`kish azobi, ikkilanish,bemaqsad quloch otishlarini real tasvirlashdan o`zini tiygan adabiyot ahli yangi
asrning ilk yillaridan boshlab, bu mavzuni jiddiy ishlashga kirishdi. Bozor va inson
taqdiri keyingi yillar o`zbek nasrining eng ko`p ishlanayotgan muammosiga
aylandi.
Bozor munosabatlari o`z-o`zidan insonning jamiyat, oila, jamoa, o`zga yurt
va odamlar o`rtasidagi ziddiyat hamda aloqalar silsilasini ham yuzaga chiqaradi.
Bunday vaziyatda turmushini o`nglash uchun urinayotgan shaxs manfaati bilan
yangilanishga yuz tutayotgan jamiyat va siyosat manfaatlari o`rtasida o`zaro
to`qnashuvlar vujudga keladi. Ular o`z navbatida oilaviy munosabatlarga ham,
axloqiy evrilishga ham, insonning yovuzlik sari yuz tutishiga ham u yoki bu
darajada ta’sir o`tkazmay qolmaydi. Haqiqiy san’atkorning vazifasi esa
insoniyatning kelajagini ta’minlovchi umidbaxsh g`oyalarni ilgari surish, ular
dunyoqarashida ezgulik, mehr-oqibat va bag`rikenglik kabi fazilatlarni ifodalashga
xizmat qiladigan ibratli obrazlarni yaratishdan iboratdir. Buning uchun ijodkorning
estetik ideali g`oyatda sog`lom, ma’naviy dunyoqarashi yetuk, xalqi va Vatani
oldidagi mas’uliyati barqaror bo`lishi kerak.

Yüklə 86,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə