Plastik kartalar orqali hisob-kitob qilishning huquqiy tabiati



Yüklə 257,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.05.2023
ölçüsü257,17 Kb.
#113256
1   2   3   4   5   6   7
Plastik kartalar orqali hisob-kitob qilishning huquqiy tabiati (1)

Karta emitentlari
kartalardan toʻgʻri va xavfsiz foydalanishni taʼminlash 
hamda bildirishnomalar, soʻrovlar, shikoyatlar va eʼtirozlar boʻyicha zarur chora 
va tadbirlar koʻrish tizimini yaratishi hamda doimiy ravishda ochiq faoliyat 
yuritishi shart ekanligi ko’rsatib o’tilgan, bu bilan davlat vujudga kelishi 
mumkin bo’lgan korrupsiya holatlar yoki ehtimoliy firbgarliklarni oldini olishni 
maqsad qilgan.
Karta emitentlari kartani chiqarish vaqtida karta egasiga tegishli 
ma'lumotlarni taqdim etishlari shart, amalga oshirilgan topshiriqlar to'g'risidagi 
yozuvlarni bunday operatsiyalarning xususiyatiga mos keladigan oqilona vaqt 
ichida taqdim etishi shart. Maksimal muddat - o'ttiz kun. Chet elda amalga 
oshiriladigan operatsiyalar uchun bu muddat oltmish kun bo'lishi kerak 
ko’rsatilgan. Bundan kelib chiqadiku bank orqali pul ko’chirish jarayoni 
mamlakat ichida umummiy o’ttiz kun ichida va bir davlatdan boshqa davlatga 
oltmish kun davomida amalga oshirilishi kerak deya tushunishimiz mumkin.


Yana shuni ko’rsatish mumkinki, kartalardan alohida belgilar orqali 
foydalanish shakli ham ko’rsatib o’ilgan. Agar kartalardan faqat kod raqami, 
shifrlash yoki boshqa identifikatsiyalash usuli yordamida foydalanish mumkin 
bo'lsa, kartani chiqaruvchi tashkilotlar bunday ma'lumotlarni qat'iy maxfiy 
saqlash, shuningdek, karta raqamini bosib chiqarishga yo'l qo'ymaslik uchun 
barcha choralar va tadbirlarni ko'rishlari shart. Bu xavfsizlik asosan 
mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketishi va shaxsiy ma’lumotlarga 
tashqi hujumning oldini olishga qaratilgan.
Turkiya qonunchiligi bank kartalarini bilan hisob-kitob qilishning har bir 
jabhasini qamrab olgan, bank tomonidan karta taqdim etilishidan tortib to 
mijozlarning xavfsizligigacha bo’lgan jarayonni tzimli tashkil etish 
majburiyatini emitent o’z zimmasiga olgan. Shu sababli ham har shaxs 
kartalardan foydalangan tarzda xizmatlar, tovarlar va boshqa tarzdagi chiqimlar 
uchun to’lovlar qilishi yoki o’zaro yuridik shaxslar o’rtasidagi hisob-kitob qilish
jarayoni bank hisob raqami orqali xavfsiz amalga oshirilishi mumkin.
Rossiya federatsiyasi qonunchiligaga to’xtalsak, plastik (bank) kartalari 
bo'yicha to'lovlar zamonaviy sharoitlarda shaxslar uchun juda dolzarbdir. Bu 
holat bir qancha sabablarga bog'liq hisoblanadi.

Yüklə 257,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə