Поиск партнера по бизнесу



Yüklə 5,4 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü5,4 Kb.
#167770
marketing

Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash

Reja


1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va ahamiyati
2. Maqsadli bozor segmenti haqida tushuncha
3. Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash

Segment haqida

Segment so‘zi “segmentum” lotin so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak, qism, bo‘g‘inlarga bo‘lish, yo‘lak, biror narsaning qismi ma’nolarini bildiradi.

Bozor segmenti - marketing termini bo‘lib, tovarlar yoki xizmatlar bozorining bo‘lagi sifatida tariflanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tovar yoki xizmatlarni muvaffaqiyatli sotish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, umumlashtiruvchi belgilar bo‘yicha guruhlangan iste’molchilar yig‘indisiga aytiladi.

Bozor segmenti


Bozor segmenti bir qancha mezon talablariga mos bo‘lishi lozim. Bozor segmentining kerakli belgisi bu uning unsuridagi bir xillik, o‘xshashlikdir. Shunga ko‘ra, sotish xarajatlarini sezilarli qisqarishiga va ushbu bozor segmentiga xizmat qiluvchi marketing kompleksining yuqori darajadagi ixtisoslashuviga erishish mumkin.

Maqsadli bozor segmenti


Maqsadli bozor – segmentlarning ko’proq optimal yagona segmenti bo’lib, unga korxonaning maqsadi, imkoniyatlari va tashqi muhit omillarini hisobga olgan holda korxonaning marketing faoliyati yo’naltiriladi.
Maqsadli bozorni shakllantirish jarayonida korxonalar bozor javonlari yoki bozor tuynuklariga tayanishi mumkin.

Maqsadli marketingga ko‘ra bozor 3 ta muhim qadamni qo‘yishi kerak.


Turli guruhdagi xaridorlarni o‘rganishi va identifikatsiya qilish, (tovarlarga nisbatan qiziqishga qarab yoki marketing-miksda), bozorni segmentlash;
1
Xizmat qilish uchun bir yoki bir necha bozor segmentlarini tanlash ( bozor segmentlarini tanlash).
2
Har bir maqsadli segmentda iste’molchiga kompaniya takliflarining foydali tomonlarini yetkazib berish (bozorning pozitsiyalanishi). Segmentlashtirishni ko‘rib chiqish uchun oldin ommaviy marketingni – ommaviy ishlab chiqarishni, bir tovarni bozorga istisnosiz xaridorlarga yetkazib berishni amalga oshirishdan boshlash kerak.
3
Bozor tuynugi – iste’molchilarning raqobatchilar tomonidan band etilmagan bo’g’ini bo’lib, bunda ularning ehtiyojlari kerakli darajada ular tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar bilan qoniqtirilmaydi.
Maqsadli bozorni tanlashga jiddiy e’tibor qaratish zarur, negaki bunga salmoqli darajada mehmonxonaning butun keyingi faoliyatining samarasi bog’liqdir. Maqsadli sifatida u yoki bu segmentni tanlash haqidagi qarorni qabul qilishdan iborat.
Maqsadli bozorni tanlash iste’molchilar nuqtai nazaridan ajralib turuvchi jihatlari va xususiyatlarini aniqlab beruvchi va boshqa shunga o’xshash mahsulotlar qatorida o’rnini aniqlab beruvchi mahsulotni mavqyeilashtirish bilan mustahkam bog’liqlikdagi mavqyeilashtirish mahsulotni bozorda taniqli qiladi.
Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash
Turli belgilar asosida aniqlangan bozor segmentlari korxona tomonidan xizmat ko’rsatishda ko’proq to’g’ri keladiganini ajratish nuqtai nazaridan tadqiq etilishi kerak. Shunday ekan, segmentlash maqsadli bozorni tanlab olishga asos yaratadi.
korxonaga faoliyati uchun u yoki bu bozor segmentlarining afzalligini aniqlashga imkon beruvchi baholash ko’rsatkichlarining o’zi
1
ushbu segmentda korxonaning ishlashi mumkin emasligini tezda aniqlashga imkon beruvchi yoki bu imkoniyatni muammoli sifatida baholashga asos beruvchi cheklovchi-ko’rsatkichlar.
2
Maqsadli bozorni tanlashning ko’rsatkichlarning muayyan majmui bo’yicha segmentlarning o’lchamlarini kompleks baholashdan iborat. Ularni shartli ravishda 2 ta guruhga bo’lish mumkin
bozor segmenti potentsialini aniqlash;
1
bozor segmentining qulayligi va muhimligiga baho berish;
2
bozor segmentini o’zlashtirish imkoniyatlarini taklif qilish.
3
Maqsadli bozorni tanlash harakatlarning muayyan ketma-ketligini taklif etadi:
СПАСИБО
Yüklə 5,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə