Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə67/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Jami:

56

Talaba tomonidan mustaqil ravishda javob yozishni ( referat yoki hisobot shaklida) talab etuvchi savollar ishlab chiqiladi. Talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yunaltirilgan topshiriqlar ishlab chiqiladi.


YOzma mustaqil topshiriqlar:
-hisoblash uchun berilgan vazifalarni bajarish, umumlashtiruvchi va takrorlanuvchi jadvallarni to’ldirish, texnologik xaritalarni ishlab chiqish, laboratoriya, amaliy ishlar to’g’risida hisobotlar tuzish va shunga o’xshash vazifalarni o’z ichiga oladi.
Grafik mustaqil topshiriqlar:
- ularga turli loyihalarni tayyorlash chizmachilik ishlarini eskizlashtirish, kesmalar va kesishmalarni tasvirlash, (ayrim detal va tugunlarni chizib ko’rsatish va x.z), sxemalar, grafiklar, diagrammalarni tuzish, kuzatish natijalarini tasvirlash va shunga o’xshash vazifalarni o’z ichiga oladi.
Amaliy xarakterdagi mustaqil topshiriqlar:
- talabalar o’qituvchi topshirig’i asosida mustaqil ishni bajarish jarayonida buyum va maxsulotlarni tayyorlash, jihoz va asbob-uskunalarni ta`mirlash, maxsulotga ishlov berish, hisoblash, yangi moslamalarni loyihalash, maket va modellar, namunalar tayyorlash kabi ishlarni amalga oshiradilar.

Mustaqil o’rganishni ta`minlovchi va amaliyotlarni o’tkazishga yo’naltirilgan o’quv materiallarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bularga yo’naltiruvchi matnlar, loyihalar va modullarni misol qilish mumkin. Bu o’quv materiallari talabalarni mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatiga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quv materiallari talabalarning fanga tegishli faoliyat usuli bo’yicha nazariy ma`lumotlar bilan bir qatorda etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari uchun turli xildagi, hajmdagi va murakkablikdagi savol va topshiriqlar tizimini qamrab olishi kerak.
Ijodiy topshiriqlar tarkibiga ijodiy mashq, ijodiy mustaqil ish, turli didaktik o’yinlar kiradi. Agar ijodiy mashq vositasida o’rganilgan bilimlar yangi o’quv holatlariga tatbiq qilinsa, ijodiy mustaqil ish dilillardan yangi xulosalar chiqarish hamda yangicha faoliyat usullarini faoliyatda qo’llash bilan ajralib turadi
Muommali vaziyatli va ijodiy o’quv topshiriqlarini ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi tavsiya etiladi:
-topshiriqlar haqiqiy vaziyatlar bilan bog’liq muammolarga qaratilishi kerak;
-o’quv topshirig’idagi muammoni hal etishda talabalar aqliy faoliyatini turli usullar yordamida rivojlantirishni ko’zda tutadi;
-topshiriqlar mazmunida aks ettirilgan hodisalar va jarayonlar o’rtasidagi muhim bog’liqlik ko’rsatilishi kerak;
-topshiriqlar echimini aniqlash va talabalar ongida hodisalar yoki jarayonlar o’rtasida bog’liqlikni mustahkamlash imkoniyatlarini nazarda tutilishi lozim;
-topshiriqlarni bajarish jarayonida talaba oddiy tushunchalardan, u hali o’zlashtirilmagan yanada murakkabroq tushunchani keltirib chiqarish imkonini berishi lozim;
-topshiriqni bajarish jarayonida oddiy tushunchalar talabaga ma`lum bo’lmagan tushunchalar bilan o’zaro tahlil qilinadi;
-topshiriqni bajarishda talaba tushunchalarning shakli va mazmunini o’zgartirmasdan va o’zgartirib, ularni qayta ishlab chiqadi;
-ijodiy fikrlash asosida yangi bilimlar shakllanadi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya