Progress volume 3 ǀ issue 4


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)



Yüklə 73,7 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü73,7 Kb.
#180789
1   2   3   4   5
ish-hujjatlari-va-ularga-qo-yiladigan-asosiy-talablar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
dalolatnoma, ishonchnoma, ma’-lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi.
Ma’lum bo‘lyaptiki, ma’muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan yozilganlik, ya’ni tegishlilik nuqtayi nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot beramiz va bunda yuqorida nomi tilga olingan “Ish yuritish” qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga tayanamiz.
Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki vatashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi). Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.
Mazmuniga ko‘ra: sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi; murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga ko‘ra xos, betakror, erkin bayon; namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim.
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang:

Yüklə 73,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə