Progress volume 3 ǀ issue 4


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)



Yüklə 73,7 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü73,7 Kb.
#180789
1   2   3   4   5
ish-hujjatlari-va-ularga-qo-yiladigan-asosiy-talablar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning “O‘zbek tilida ish yuritish (munshaot)”, yana shu mualliflarning “Ish yuritish” amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbeek tilida ish yuritishning me’yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l- yo‘riqlari xodimlarning faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o‘rgatadi, ish qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta’minlaydi.
Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab darajasida deb bo‘lmaydi. Chunki 2000-yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan hamma o‘quv yurtlari ham yetarli darajada ta’minlangan emas. Vaholanki, bu kabi qo‘llanmalar bilan har bir kollej va litsey talab darajasida ta’minlanishi va har bir talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ma’lum ma’noda mazkur qo‘llanmalar o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu vazifani bajarishi mumkin. Shunday qilib, ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi:

  1. Rasmiy hujjatlar.

  2. Shaxsiy hujjatlar.

Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar tushuniladi. “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: “Ma’muriy boshqaruv faoliyatida xizmat mavqyeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari” (20-bet).
Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma,

Yüklə 73,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə