Prostoy xleb


Jadval1. Butun sonli ma’lumotlar tiplari



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə29/66
tarix29.11.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#140628
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Qo\'llanma 11.10.2023

Jadval1. Butun sonli ma’lumotlar tiplari.

Tip

Ta’rifi

TINYINT

-128 dan +127 gacha sonlarni saqlashi mumkin

SMALLINT

-32 768 dan 32 767 gacha

MEDIUMINT

-8 388 608 ... 8 388 607

INT Diapazoni


-2 147 483 648 ...2 147 483 647

BIGINT Diapazoni


-9 223 372 036 854 775 808 ... 9 223 372 036 854 775 807

Jadval 2. Ratsional sonlar tiplari

Tip

Ta’rifi

FLOAT

kichik aniqlikdagi o‘zgaruvchan vergulli

son DOUBLE

Ikkilangan aniqlikdagi o‘zgaruvchan vergulli son

REAL DOUBLE

sinonimi

DECIMAL


satr shaklida saqlanuvchi

NUMERIC DECIMAL


kasr son sinonimi

Tip

Ta’rifi

TINYINT

-128 dan +127 gacha sonlarni saqlashi mumkin

SMALLINT

-32 768 dan 32 767 gacha

MEDIUMINT

-8 388 608 ... 8 388 607

INT Diapazoni


-2 147 483 648 ...2 147 483 647

BIGINT Diapazoni


-9 223 372 036 854 775 808 ... 9 223 372 036 854 775 807



Jadval 3. Satrlar tiplari

Tip

Ta’rifi

TINYTEXT

255 ta simvolgacha bo‘lgan satr

TEXT

65535 simvolli satr

MEDIUMTEXT

16 777 215 gacha bo‘lgan simvol saqlashi mumkin

LONGTEXT


4 294 967 295 simvol

Jadval 4.Binar ma’lumotlar

Tip

Ta’rifi

TINYBLOB

255 ta simvol saqlash mumkin

BLOB

65535 simvolli satr

MEDIUMBLOB

16 777 215 gacha bo‘lgan simvol saqlashi mumkin

LONGBLOB

4 294 967 295 simvol




Jadval 5. Sana va vaqt

Tip

Ta’rifi

DATE

yyyy-oo-ss formatdagi sana

TIME

ss:mm:ss formatdagi vaqt

DATETIME

yyyy-oo-ss ss:mm:ss formatdagi sana va vaqt

TIMESTAMP

timestamp formatdagi sana va vaqt

Ma’lumotlarni aniqlash

SQL ning DDL (Data Definition Language) ma’lumotlarni aniqlash tili ma’lumotlar bazasining sxema, domenlar, jadvallar, tasvirlar va indekslar kabi ob’ektlarini yaratish va o‘chirish uchun ishlatiladi.
Quyida SQL da ma’lumotlarni aniqlash tilining asosiy operatorlari nomi keltirilgan.



CREATE SCHEMA




DROP

SCHEMA







CREATE DOMAIN

ALTER DOMAIN

DROP

DOMAIN







CREATE TABLE

ALTER TABLE

DROP TABLE

CREATE VIEW




DROP VIEW

Bu operatorlar konseptual sxemaning tarkibiga kiruvchi strukturalarni yaratish, taxrirlash va o‘chirish uchun ishlatiladi. Ba’zi MBBT larda quyidagi 2 ta operator xam mavjud:

CREATE INDEX DROP INDEX




Jadvallarni yaratish

Jadvallar CREATE TABLE komandasi bilan yaratiladi. Bu komanda qatorlarsiz bo‘sh jadval yaratadi. CREATE TABLE komandasi jadval nomini va jadvalning o‘zini ko‘rsatilgan tartibdagi ustunlar ketma – ketligi ko‘rinishida aniqlaydi. Unda har bir ustundagi ma’lumotlarning
tiplari va ustunlar o‘lchovi ko‘rsatiladi. Har bir jadval juda bo‘lmaganda bitta ustunga ega bo‘lishi kerak.
CREATE TABLE komandasi sintaksisi:


CREATE TABLE >
( name> type>[()],
name> type>[()], ... );
Argument qiymati kattaligi ma’lumot turiga bog‘liqdir. Agar siz maxsus ko‘rsatmasangiz, tizim avtomatik qiymatni o‘rnatadi.
Misol uchun sotuvchilar jadvalini yaratishni ko‘rib chiqamiz:
CREATE TABLE Salepeople ( SNum integer,
SName char (10),
City char (10), Comm decimal );


Jadvallarni o‘chirish.

Jadvalni o‘chirish imkoniga ega bo‘lish uchun, jadval egasi (Ya’ni yaratuvchisi) bo‘lishingiz kerak. Faqat bo‘sh jadvalni o‘chirish mumkin. Qatorlarga ega bo‘lgan, to‘ldirilgan jadvalni o‘chirish mumkin emas, Ya’ni jadval o‘chirishdan oldin tozalangan bo‘lishi kerak. Jadvalni o‘chirish komandasi quyidagi ko‘rinishga ega:

DROP TABLE < table name >;


Masalan: DROP TABLE Salepeople;


Jadvalni o‘zgartirish.


Jadvalni o‘zgartirish uchun ALTER TABLE komandasidan foydalaniladi. Bu komanda jadvalga Yangi ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar kattaligini o‘zgartirish,hamda cheklanishlarni qo‘shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Bu komanda ANSI standarti qismi emas, shuning uchun har xil tizimlarda har xil imkoniyatlarga ega.
Jadvalga ustun qo‘shish uchun komandaning tipik sintaksisi:
ALTER TABLE name> ADD name>
type> ;
Masalan:
ALTER TABLE Salepeople ADD Phone CHAR(7);
Jadvallar uchun cheklanishlar

Cheklanishlarni aniqlash.


Ko‘p xollarda ustunga kiritilgan qiymatlar bir biridan farq qilishi kerak. Agar ustun uchun UNIQUE cheklanishi o‘rnatilsa, bu ustungsha mavjud qiymatni kiritishga urinish rad etilapdi. Bu cheklanish bo‘sh bo‘lmaydigan (NOT NULL) debe’lon qilingan maydonlarga qo‘llanishi mumkin.
Masalan:
CREATE TABLE Salepeople
( SNum integer NOT NULL UNIQUE, SName char (10),
City char (10), Comm decimal);
Unikalligi talab qilinadigan maydonlar(birlamchi kalitlardan tashqari) kandidat kalitlar yoki unikal kalitlar deyiladi.
Jadval cheklanishi UNIQUE maydonlar guruxiga o‘rnatilishi mumkin. Bu bir necha maydonlar qiymatlari kombinatsiyasi unikalligini ta’minlaydi. Bizning ma’lumotlart bazamizda

har bir buyurtmachi bitta sotuvchiga biriktirilgan. Ya’ni Buyurtmachilar jadvalida buyurtmachi nomeri (cnum) va sotuvchi nomeri (snum) kombinatsiyasi unikal bo‘lishi kerak. Bu cheklanishni UNIQUE (cnum, snum) yordamida, Customers jadvalini yaratishda kiritish mumkin. Bu ustunlar uchun NOT NULL cheklanishini kiritish zarurdir.


Birlamchi kalitlar cheklanishlari.

SQL birlamchi kalitlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri birlamchi kalit (PRIMARY KEY) cheklanishi orqali ta’riflaydi. PRIMARY KEY jadvalni yoki ustunlarni cheklashi mumkin. Bu cheklanish UNIQUE cheklanishi kabi ishlaydi, jadval uchun faqat bitta birlamchi kalit (ixtiyoriy sondagi ustunlar uchun ) aniqlanishi mumkin bo‘lgan xoldan tashqari. Birlamchi kalitlar NULL qiymatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Misol:
CREATE TABLE Salepeople
( Snum integer NOT NULL PRIMARY KEY, SName char (10),
City char (10), Comm decimal);
Maydon qiymatlarini tekshirish (CHECK cheklanishi).

CHECK cheklanishi jadvalga kiritilayotgan ma’lumot qabul qilinishidan oldin mos kelishi lozim bo‘lgan shart kiritishga imkon beradi. CHECK cheklanishi CHECK kalit so‘zi ko‘rsatilgan maydondan foydalanuvchi predikat ifodalaridan iboratdir.
Misol: Salepeople jadvali Comm ustuniga kiritilayotgan qiymat 1 dan kichik bo‘lish
sharti.
CREATE TABLE Salepeople
( SNum integer NOT NULL PRIMARY KEY, SName char(10) NOT NULL UNIQUE,
City char(10),
Comm decimal CHECK ( Comm < 1 ));
Ko‘zda tutilgan qiymatlarni (poumolchaniyu) o‘rnatish.

Biror bir maydon uchun qiymat ko‘rsatmagan xolda jadvalga satr qo‘shsangiz, SQL bunday maydonga kiritish uchun ko‘zda tutilgan qiymatga ega bo‘lishi kerak, aks xolda komanda rad etiladi. Eng umumiy ko‘zda tutilgan qiymat NULL qiymatdir. CREATE TABLE komandasida ko‘zda tutilgan qiymat DEFAULT operatori orqali, ustun cheklanishi sifatida ko‘rsatiladi. Masalan:
CREATE TABLE Salepeople
( SNum integer NOT NULL PRIMARY KEY, SName char(10) NOT NULL UNIQUE,
City char(10) DEFAULT 'New York', Comm decimal CHECK ( Comm < 1 ));
Ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash

Jadval bir maydonidagi hamma qiymatlar boshqa jadval maydonida aks etsa, birinchi maydon ikkinchisiga ilova qiladi deyiladi. Bu ikki maydon orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Masalan, buyurtmachilar jadvalida har bir buyurtmachi, sotuvchilar jadvalida o‘ziga biriktirilgan sotuvchiga ilova qiluvchi SNum maydoniga ega. Bir maydon ikkinchisiga ilova qilsa tashqi kalit, u ilova qilayotgan maydon ajdod kalit deyiladi. Buyurtmachilar jadvalidagi SNum maydoni tashqi kalit, sotuvchilar jadvalidagi SNum - ajdod kalitdir.
Tashqi kalit bitta maydondan iborat bo‘lishi shart emas. Birlamchi kalit kabi, tashqi kalit bitta modul sifatida qayta ishlanuvchi bir necha maydonlarga ega bo‘lishi musmkin. Maydon tashqi kalit bo‘lsa ilova qitlayotgan jadval bilan ma’lum usulda bog‘liqdir. Tashqi kalit har bir qiymati (satri), ajdod kalitning bitta va faqat bitta qiymatiga( satriga) ilova qilishi kerak. Bu xolda tizim ilovali yaxlit xolatda deyiladi
Shu bilan birga ajdod kalit qiymati tashqi kalit bir necha qiymatlariga ilova qilishi mumkin.Cheklanish FOREIGN KEY.SQL ilovali yaxlitlikni FOREIGN KEY yordamida ta’minlaydi. Tashqi kalit vazifasi ajdod kalitda ko‘rsatilmagan qiymatlarni tashqi kalit maydonlariga kiritmaslikdir. FOREIGN KEY cheklanishi sintaksisi:

FOREIGN KEY REFERENCES



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə