Psixologik korreksiya haqida tushuncha


BOB Psixologik korreksiya haqida tushuncha



Yüklə 42,29 Kb.
səhifə2/11
tarix28.11.2023
ölçüsü42,29 Kb.
#138023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Psixologik korreksiya haqida tushuncha-fayllar.org

1 BOB Psixologik korreksiya haqida tushuncha.


    1. Psixokorreksiya −psixologik yordam ko’rinishi sifatida.

Psixologik xizmatning psixokorreksiya yo’nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o’tkazishni taqozo qiladi. Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo’lib, yosh davr xususiyatlariga binoan (bolalar, o’quvchilar, talabalar) psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotda hisobga olgan holda faoliyat olib borish, o’qituvchilar jamoasiga bolalar, o’quvchilar va talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o’qituvchilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko’rsatmalar berishdan iborat. Psixologik xizmatning ushbu yo’nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa – bu bolalar, o’quvchilar, talabalar o’sishida (rivojlanishida) kechikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta’limda o’zlashtirishning yomonlashuvi hisoblanadi.



Psixik taraqqiyotni tuzatishlar "Korreksiya qilish" atamasi dastlab deffektologiyada kasal bolalarga nisbatan ishlatilgan bo’lsa, amaliy yosh psixologiyasining rivojlanishi bilan "tuzatish" tushunchasi normal psixik taraqqiyot uchun ham qo’llanila boshladi. D.B. Elkonin tuzatishning yo’nalganligi Korreksiya xarakteriga bog’liq ravishda tuzatishning ikki usulini ajratishni taklif qiladi: 1. Taraqqiyotdan chetlashish belgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish. 2. Taraqqiyotdan chetlashish sabablari va manbalariga qaratilgan tuzatish hisoblanadi.
Psixologik maslahat berish amaliyotida normal taraqqiyot Korreksiyasi nonormal taraqqiyot Korreksiyasidan farqlanadi. Normal taraqqiyotda tuzatishning mazmuniga ko’ra quyidagi turlari ajratiladi: aqliy taraqqiyot Korreksiyasi, shaxs taraqqiyoti Korreksiyasi, salbiy holatlarning oldini olish Korreksiyasidir. Psixolog ishida korreksion vazifalarni yechish maqsadida psixologik yordamni tashkil etishga bog’liq ravishda uning turini ko’rsatish mumkin: madaniy oqartuv ishlari, maslahat-tavsiyalar berish, individual va guruhiy korreksiya
Madaniy oqartuv ishlari − ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilarga mo’ljallangan bo’ladi. Bunda bola taraqqiyoti asosiy qonuniyatlari, yosh psixologik xususiyatlari, har bir yoshning qiyinchiliklari, muammolari va ularni bartaraf etish bo’yicha umumiy tavsiyalar beriladi.
Mehnatni ko’p talab etadigan psixologning tuzatish ishi – ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar guruhi yoki individual tarzda bir bola bilan hamkorlikda olib boriladi. Ishning ana shu turi mehnat, vaqt, ko’p metod va metodikalarni qo’llashni talab etsa ham ancha natijali hisoblanadi.
Psixokorreksion tadbirlar rivojlanishdagi og’ishlarni to’g’rilashga yo’naltirilgan. SHu tufayli bir qator dolzarb savollar paydo bo’ladi:
- Rivojlanishdagi og’ishlar deganda nimani tushunish kerak?
- Psixologik Korreksiyani amalga oshirishga doir qanday ko’rsatmalar mavjud?
- Korreksion masalalarning maqsadga muvofiqligini belgilash mas’uliyatini kim o’z bo’yniga oladi va qaror qabul qiladi?
- Korreksiya samaradorligini kim va nimaga asoslanib baholaydi?
Psixokorreksion faoliyatni amalga oshirish quyidagi jarayonlardan iborat:
1. Psixolog bolalar, o’quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo’naltiradi, ijtimoiy o’sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik qonuniyatlar muhitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
2. Amaliy psixolog bolalar, o’quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqi va muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, Korreksiya qilish dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar, buzilishni kamaytirish mashqlarini o’tkazadi, ijodiy (kreativ) qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treninglar olib boradi.
3. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturi o’z ichiga psixologik va pedagogik muammolarni qamrab oladi. Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o’tkaziladi va butun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi.
4. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg’uloti ayrim bolalar, o’quvchilar va talabalar bilan alohida o’tkazilishi rejalashtiriladi;
b) psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, o’quvchilar, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan bo’ladi;
v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
5. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo’nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o’z aksini topsin: dasturni xalq, etnos, millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilarni hisobga olgan holda tuzish maqsadga muvofiq.
6. Kollej o’quvchilari bilan murabbiylar o’rtasidagi nomutanosiblikni yo’qotish maqsadida maxsus mashg’ulotlar o’tkazish: ulardagi o’qishdan, ijtimoiy muhitdan, egallagan o’rnidan, mavqeidan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o’yinlari, psixodramadan foydalanish.
7. Emotsional zo’riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jihozlash (xona jahon standartlariga javob berishi, boshqaruv pulti, ekran vositalari, autotrening, sotsial tre­ning, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bo’lishi lozim).
8. Korreksion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo’yicha o’tkazilishi shart. Bunda emotsional zo’riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak; tuzatish ishlari mashg’ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo’lishi ta’sir o’tkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini qo’llash ham zarur ma’lumotlar to’plash va tanglikni yo’qotish imkonini yaratadi.
Bola psixik taraqqiyotini tuzatishning asosiy vazifalari quyidagilardan: bola shaxsiy va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish asosida psixik taraqqiyotdan chetlashishlarni tuzatishdan, shaxsiy va axloqiy taraqqiyotida yoqimsiz salbiy yo’nalishlarning oldini olishdan iboratdir.


Yüklə 42,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə