Psixologik masalalar


(savollar variantlari va yo’riqnomalari)



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə2/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Psixologik masalalar

(savollar variantlari va yo’riqnomalari)


Yo’riqnoma: qator vaziyatlar va ulardan chiqib ketish mumkin bo’lgan holatlar bayon qilingan variantlarni o’qing. A, B, V yoki G harflari bilan belgilangan javoblar variantidan o’zingiz uchun ma’qul bo’lganini tanlang va blankaga qaysi bir harf variantini tanlagan bo’lsangiz shu harfni belgilang hamda nima uchun aynan shu variantni tanlaganingizni tushuntiring. Agar berilgan variantlardan birortasi ham sizga ma’qul kelmasa, unda ushbu vaziyatdan o’zingiz qanday chiqib ketgan bo’lar edingiz, shuni ta’kidlab ko’rsating.


5-variant
Motivlar” bloki:
1-mashq:
Qurilish kompaniyasi yangi magazinni qurish va ta’mirlash uchun foydali buyurtma oldi. Shartnomaning asosiy shartlaridan biri bu obyektni o’z vaqtida foydalanishga topshirish edi. Ammo, noqulay ob-havo sharoiti tufayli qurilish biroz cho’zilib ketdi. Shu bois, obyektni o’z vaqtida topshira olmaslik muammosi paydo bo’ldi. Shunday vaqtda qurilish kompaniyasi direktori qanday qaror qabul qilishi kerak?
a) foydani yarmini yo’qotishiga qaramay, ishga qo’shimcha tarzda yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilib, obyektni o’z vaqtida topshirishi kerak;
b) mijozni fors-major holatlar bilan bog’liqligi tufayli qurilishning kechikishi haqida ogohlantirishi zarur;
v) o’z vaqtida ulgurishiga ishonishi darkor;
g) qurilish sifatini pasaytirish hisobiga ishni jadallashtirishi lozim;


2-mashq:
Sizning fikringizcha quyidagi holatlardan qaysi birida tavakkalchilik o’zini oqlaydi?
a) Kazinodagi azart o’yinlarda;
b) yangi tashkilotni ochishda;
v) pulni qarzga berishda;
g) gullab yashnayotgan tashkilotning aksiyalarini sotib olishda.


6-variant
Maqsadlar” bloki:
1-mashq:
To’yxona (choyxona) egasi tushgan foyda hisobiga shunga o’xshash yana bir inshoat qurilishini boshladi. Lekin, sharoit o’zgarib, qurilishni oxiriga yetkazish uchun unga mablag’ yetmay qoldi. Bu vaziyatda u qanday yul tutishi zarur?
a) qurilishi bitmagan binoni sotishi lozim;
b) qurilishni bitkazish uchun mablag’ izlashi kerak;
v) qarindoshlari unga qanaqa maslahat bersa, shunga quloq solishi darkor;
g) qurilishni qo’lay vaqt kelguniga qadar qoldirishi zarur;


2-mashq:
Tadbirkor sauna sotib oldi. Undan foydalanish davomida shu narsa ayon bo’ldi-ki, mulk egasi saunani me’yorida ishlashi uchun suv-isitish tizimini tuzatishga katta mablag’ sarf qilishi lozim ekan. Tadbirkor nima qilishi kerak?
a) saunani o’zi sotib olgan narxdan pastroq narxda sotishi kerak;
b) suv-isitish tizimini yuzaki tuzatib, sarflangan pul miqdorida sotishi va o’z mablag’ini qaytarib olishi lozim;
v) suv-isitish tizimiga qo’shimcha pul sarflashi zarur;
g) suv-isitish tizimini ayanchli ahvolini yashirgani uchun, tuzatish xarajatlarini qoplashni saunaning ilgarigi egasidan da’vo qilishi kerak.


7-variant
Resurslar” bloki:

Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə