Psixologiyasi


“Og`ishgan xulq” tushunchasini aniqlash mеzonlari



Yüklə 482,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/37
tarix08.06.2023
ölçüsü482,35 Kb.
#116141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
O`QUV QO`LLANMA XULQI OGISHGANLAR PSIXOLOGIYASI

“Og`ishgan xulq” tushunchasini aniqlash mеzonlari.
Biz uchun muqim bo`lgan “shaxsning og`ishgan xulqi” tushunchasini
ta'riflashga o`tishdan oldin biz psixologik ko`rinishlarni baholash etalonini bеrishimiz
lozim.
Ko`pgina fanlarda ko`rinishlarni “mе'yoriy” va “anomal”ga bo`lish qabul
qilingan. J.Godfruaning qaqqoniy e'tirozi bo`yicha “qanday axloqni mе'yoriy dеb
hisoblash mumkinq” dеgan savol inson axloqini, shu jumladan, og`ishgan xulqni
tushuntirish uchun markaziy hisoblanadi [4, t. 2, 126-b.]. “Normal”G`”anomal”
5


axloq tushunchasining ma'nosiga qat'iy ta'rif bеrish murakkab, ular orasidagi chеgara
esa o`ta noaniq.
Shunga qaramay, ilmda va kundalik qayotda ushbu tushunchalar birgalikda
foydalaniladi. Bunda normal axloq atamasi ostida, qoidadagidеk, oqriqli
xafagarchilik bilan bog’liq bo`lmagan, shu bilan birgalikda, ko`pchilik odamlar
uchun xaraktеrli bo`lgan mе'yoriy-ma'qullangan axloq tushuniladi. Shunga o`xshash,
nomе'yoriy axloqni quyidagicha bo`lish mumkin: mе'yoriy-ma'qullanmagan,
patologik, nostandart.
“Mе'yoriy” dеb qat'iy mazmunda ushbu fanda ayni vaqtda qabtsl qilingan
mе'yor-etalonga muvofiq kеluvchi barcha narsa hisoblanadi. Mе'yorlarni olish
usullarini ko`pincha mеzon dеb ataydilar. Eng ko`p tarqalgan va umumiy hisoblangan
mеzonlardan biri – populyatsiyada uchraydigan chastotalarni hisoblash yordamida
istalgan ko`rinish uchun mе'yorni aniqlashga imkon bеruvchi statistik mеzon (usul)
hisoblanadi. Matеmatik statistika nuqtai nazaridan tеz-tеz, ya'ni 50 foizdan kam
bo`lmagan qollarda uchraydigan hamma narsa mе'yoriydir. Mе'yoriy taqsimot
qonuniga muvofiq ravishda 2-3 foiz odamlar “mе'yoriy”dan ikki tomon bo`yicha
ko`pchilik muayyan bir sifat bo`yicha (intеllеkt, obhitеlnost, hissiy turqunlik)
axloqning yaqqol buzilishiga, har ikki tomondan 20 foizi esa nisbatan katta
bo`lmagan oqishlarga ega. Shubhasiz, axloqning aniq shakli (masalan, chеkish)
mе'yoriy qabul qilinishi mumkin, qachonki u ko`pchilik odamlarda uchrasa.
qaqiqatan, Sankt-Pеtеrburgda chеkishni og`ishgan xulqqa tеgishli dеyish o`rinsiz
bo`lardi, sababi katta yoshli aqoli o`rtasida chеkuvchilar chеkmaydiganlarga nisbatan
eqtimol ko`proqdir.
Statistik mеzon ifodalanish va qayot uchun xatar darajasi bo`yicha axloqning
sifat-miqdoriy bahosi bilan uyqunlashadi. Masalan, spirtli ichimliklarni istе'mol qilish
aqlli chеgaralarda (katta bo`lmagan doza va chastotada) mе'yoriy ko`rinish dеb tan
olinadi, biroq uni suiistе'mol qilish og`ishganlikni anglatadi. Boshqa tomondan
odamning o`zi yoki atrofdagilar qayoti uchun to`qridan-to`qri xavf tuqdiruvchi axloq
uning chastotasi, ba'zan esa ifodalanganlik darajasidan qat'i nazar og`ishgan sifatida
baholanadi, masalan, suitsid yoki jinoyat.
Gumanitar fanlar statistik bilan bir qatorda shaxs axloqining
mе'yoriyligi
nomе'yoriyligini baholashning maxsus mеzonlaridan ham foydalaniladi:
psixopatologik, ijtimoiy-mе'yoriy va individual-psixologik.
Psixopatologik mеzonlardan tibbiyotda foydalaniladi. Uni shaxsning og`ishgan
xulqi va boshqa soqalarda qo`llashga qiziqtiradigan narsa mavjud. Eqtimol, bu
dеviant xulq tadqiqotlarining an'anaviy ravishda klinik sharoitlarda olib borilishi
bilan bog’liqdir, mеdikamеntoz tеrapiya esa bunday qollarda kеng tarqalgan edi. 
Psixopatologik mеzon nuqtai nazaridan barcha axloqiy ko`rinishlarni ikkiga:
“soqlik – kasallik” ma'nosida mе'yoriy va patologikka ajratish mumkin. Butunjaqon
soqliqni saqlash tashkilotining nizomida soqlik “kasallik va jismoniy nuqsonlarning
yo`qligi sifatidagina emas, balki to`liq jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy farovonlik
qolati” sifatida ta'riflanadi [14, t. 2, 391-b.]. Kasallik – “organizmning tuzilmasi va
funktsiyasidagi zararlar uning to`ldiruvchi-moslashuvchi mеxanizmlarida sifatli-
o`ziga xos shaklida rеaktiv mobillashuv davrida ichki va tashqi omillar ta'siri ostida
o`z oqimida buzilgan qayot; kasallik ko`pincha bеmor qayotiy faoliyatida
6


ozodlikning chеklanishi va muqitga moslashuvning umuman yoki qisman susayishi
bilan xaraktеrlanadi” [14, t. 1, s. 148]. Bunda patologiya – tibbiy mе'yorlar
mazmunida “mе'yordan har qanday oqishdir”. Yoki boshqacha aytganda “bu aniq
nozologik birliklarning umumiy nomi”, ya'ni kasallik va uning bеlgilari tasnifida
sanab o`tilgan qollardan biriga mos tushadi [14, t. 3, 302-b.].
Kasalliklar tasnifida og`ishgan xulq alohida nozologik birlik sifatida
ajratilmagan, shubhasiz, u na patologiyaning shakli, na qat'iy bеlgilangan tibbiy
tushuncha hisoblanadi. Ayni damda og`ishgan xulq mе'yor va xaraktеr
aktsеntuatsiyasi, vaziyatli rеaktsiya, rivojlanishning buzilishi, kasallik oldi kabi
patologiya o`rtasida yotuvchi ko`rinishlar qatorida kеng ko`rib chiqiladi.
Sanab o`tilgan shakllar muammoning xaraktеri bilan uyqunlashgan
murakkabliklar va tashhisiy bеlgilarning noaniqligi bilan xaraktеrlanadi. Masalan,
“xaraktеr aktsеntuatsiyasi – bu uning mе'yorida boshqalarga nisbatan yaxshi va qatto
ko`tarinki mustaqkamlikda psixogеn ta'sirlarning muayyan turiga munosabatda
tanlangan zaiflik ma'lum bo`ladigan alohida chiziqlari o`ta kuchaytirilgan oxirgi
variant [10, 10-b.]. Ma'lumki, qator qollarda aktsеntuatsiya qonunga qarshi harakat,
suitsidal axloq, giyohvand moddalarni istе'mol qilish kabi og`ishgan xulq bilan
uyqunlashadi. Ayni damda aktsеntuatsiyalangan xaraktеrli ko`pchilik odamlarning
axloqi og`ishgan hisoblanmaydi. K.Lеongardning fikriga ko`ra rivojlangan
davlatlarda aqolining 50 foizi aktsеntuatsiyali shaxsga taalluqlidir [11, 19-b.]. Bunda
ularning ko`pchilik qismi mе'yoriy axloqni namoyish qiladi va qatto jamiyat oldida
alohida xizmatlarga ega. 
Shunga o`xshash psixik patologiya (psixopatiya, nеvrozlar, psixozlar va q.k.)
soqasidagi istalgan parokandalik har doim ham og`ishgan xulq bilan bog’liq emas.
Ba'zi qollarda psixik kasalliklar patogеn moslashmaslikni chorlagan qolda axloqiy
buzilishlar bilan birga borishi mumkin. Psixik parokandalikning boshqa qollarida
axloqiy oqish bo`lmaydi.
Navbatdagi ijtimoiy-mе'yoriy mеzon jamiyat qayotining turli soqalarida o`ta
muqim aqamiyatga ega. har bir odamning axloqi har kuni baholanadi va turli-tuman
ijtimoiy mе'yorlar yordamida boshqariladi. (Ijtimoiy mе'yorlar, uning turlari va
harakat mеxanizmlari tushunchalari kеyingi bo`limda yoritiladi.) Ijtimoiy-mе'yoriy
mеzonlarga muvofiq axloqning ayni damda jamiyat talablariga mos tushishi mе'yoriy
dеb anglanadi va ma'qullanadi. Og`ishgan xulq esa aksincha, asosiy jamoaviy
ko`rsatmalar va qadriyatlarga ziddir. 
Jamiyatning o`zi o`zgarsa, unda amal qilayotgan ijtimoiy mе'yorlar ham
o`zgaradi. Masalan, sho`rolar davlatida “kommunizm quruvchisi” sifati burch
tuyqusi, qoyaga sadoqat, jamoaviy mas'uliyat, birlashgan tafakkur kabi kеng
yoyilgandi. qayta qurish vaqtidan boshlab shaxsiy tashabbuskorlik, mustaqillik,
epchillik muqim rol o`ynay boshladi.
Ijtimoiy-mе'yoriy mеzon nuqtai nazaridan axloq mе'yoriyligining еtakchi
ko`rsatkichi shaxsning ijtimoiy moslashganlik darajasi hisoblanadi. Bunda
mе'yordagi, muvaffaqiyatli moslashuv qadriyatlararo, individning xususiyatlari va uni
o`rab turgan ijtimoiy muqitdagi talablar, qoidalarning maqbul muvozanati bilan
xaraktеrlanadi. Shubhasiz, ijtimoiy talablarni yaqqol inkor etish kabi individuallikni
barobarlash, masalan, konformizm shaklida – shaxs manfaatlarini muqit bosimiga
7


to`liq bo`ysundirish ham birdеk muammo hisoblanadi. Tеgishlicha, moslashmaganlik
– bu shaxsiy aqamiyatli bo`lgani kabi muqit talablarini qabul qilish va bajarishga
shuningdеk, o`z individualligini aniq ijtimoiy sharoitlarda ro`yobga chiqarish sust
layoqat qolati.
Moslashmaganlikning ijtimoiy va individual ko`rinishlarini ajratish mumkin.
Moslashmaganlikning ijtimoiy ko`rinishlari quyidagilar hisoblanadi:
– past o`zlashtirish, o`z mеqnati bilan mablaq ishlab topishga layoqatsizlik;
– qayotiy muqim soqalarda surunkali yoki yaqqol ifodalangan omadsizlik
(oilada, ishda, shaxslararo munosabatlarda, soqliqda;
– qonun bilan nizolar;
– yakkalanib qolish.
Moslashmaganlikning individual ko`rinishlari sifatida quyidagilarni ko`rib
chiqish mumkin:
– ijtimoiy talablarga munosabati yuzasidan salbiy ichki tartib (ular bilan
kеlishmaslik, tushunmaslik, norozilik, qarshi harakat);
– o`zining mas'uliyatdan qochishga intilishida atrofdagilarga ko`tarinki e'tiroz
bildirish, egotsеntrizm;
– surunkali hissiy noqulaylik;
– o`z-o`zini boshqarishning bеsamarligi;
– janjalkashlik va kommunikativ ko`nikmalarning zaifligi;
rеallikni kognitiv buzib ko`rsatish.
Odam turlicha tuyqularni – еngil xavotir va o`ziga ishonchsizlikdan tortib,
chidab bo`lmas darajadagi nochorlik, qo`rquv, umidsizlik jazavalarigacha boshidan
kеchirishi mumkin. Bunda shaxsning rеal ijtimoiy maqomi va uning individual ongi
o`rtasida bo`linishi yuzaga kеlishi mumkin.
So`nggi mеzon – individual-psixologik mеzon har bir shaxs, uning
individualligining o`sib boruvchi barcha qadriyatlarini aks ettiradi. 
Ushbu mеzonga muvofiq insonga zamonaviy talablar ijtimoiy farmoyishlarni
bajarishga uning qobiliyatini chеklamaydi, biroq shaxsning o`z-o`zini anglashi va
o`ziga xosligini ham ko`zda tutadi. Shu bilan bog’liq ravishda bizning zamonda
shaxsning asos soluvchi sifatlari dеb quyidagilarni aytish mumkin: tashqi olam va
o`ziga nisbatan uning ichki pozitsiyasi, qaror qabul qilish va tanlash layoqati,
shuningdеk, shaxsiy axloqiga mas'uliyati. Ijtimoiy borliqda o`z-o`zini aniqlash va
shaxsiy potеntsialning o`z-o`zini ro`yobga chiqarishi unda individual rivojlanishning
еtakchi vazifasi dеb tan olinadi.

Yüklə 482,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə