Psixologiyasi


I В О В. OILA PSIXOLOGIYASINING



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

I В О В. OILA PSIXOLOGIYASINING
UMUMIY ASOSLARI
1.1. OILA PSIXOLO GIYASI FANI PR E D M ET I,
M AQSADI VA VAZIFALARI
M a’lumki, insoniyat jam iyati taraqqiy etib borgan sari 
odam lam ing o ‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo ‘ladigan 
o ‘zaro munosabatlari ham , ayniqsa, shaxslararo munosabatlar 
orasida eng samimiy, eng yaqin bo ‘lgan oilaviy munosabatlar 
ham takomillashib, o ‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. 
Sababi: hozirgi zam on fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish 
munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat 
ishlab chiqarishi, um um an xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida 
yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi 
bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan 
inson omiliga, inson shaxsiga ham o ‘ziga xos, yangicha talablar 
qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jam iyat taraqqiyoti 
bir tom ondan, odam lam ing o ‘zlarida ro ‘y berayotgan ijtimoiy- 
psixologik, fiziologik va boshqa o ‘zgarishlar odam lam ing 
o ‘zaro m uloqot m unosabatlari doirasini m a ’lum darajada 
chegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda kuzatilgan tabiiy- 
likni m a’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida 
m um kin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlaming yuzaga ke- 
lishiga asos b o ‘lmoqda. Bulaming ta ’siri oilaviy hayot va unda- 
gi psixologik iqlimda ham o ‘z ifodasini topadi.
Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o ‘tkazilgan tadqiqotlar 
natijalarida kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil ichida odamlarda 
kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko ‘ra ularning jinsiy, 
fiziologik balog‘atga yetishi 2—3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan 
100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog‘atga yetish davri 
15—16 yoshga to ‘g‘ri kelgan, hozir esa bu holat o ‘rtacha 
12—13 yoshlarga to ‘g‘ri keladi. Endi shu yoshlarning oilaviy 
hayotga tayyorlik jihatlarini ko ‘rib chiqamiz.
Ilgarigi 15—16 yoshdagi o ‘spirinlar oilaviy hayotga yetuk-
5


lik talablaridan biri bo ‘lmish jinsiy yetuklikka, balog‘atga eri- 
shar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o ‘z 
davrlari uchun xos va lozim b o ig a n , unchalik murakkab 
b o im ag an dehqonchilik, chorvachilik, hunarm andchilik sir- 
asrorlaridan deyarli boxabar b o ig an lar (chunki u vaqtlarda 
bolalarni odatda, 13—14 yoshidan shogirdlikka berishgan), 
o ‘sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik 
jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy m a iu m o t talab qilmagan, 
3—4 yil ustoz ko‘rgan shogird 16—17 yoshida o ‘zi mustaqil 
ish yurita oladigan ustaga, o ‘z ishini uddalay oladigan m uta- 
xassisga aylangan. M abodo, u shu vaqtda oila quradigan 
b o isa , o ‘z hunari orqali m ehnat qilib, o ‘zini va oila a ’zolari- 
ni iqtisodiy jih atd an ta ’m inlay olishi m um kin b o ig a n . 
Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18—20 yoshli yigit m ahalla- 
ko'yda, jam oatchilik orasida m a iu m darajada ijtimoiy yetuk 
shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbir va marosimlarda 
uning haqli ishtirokchi sifatida qatnashishi m umkin b o ig an , 
ya’ni uning ijtimoiy jihatdan balog‘atga yetganligi jam oatchilik 
tom onidan qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila 
va jam iyai oldida o ‘ziga xos m as’uliyat yuklagan, m as’uliyatni 
his qilish esa uning psixologik yetukligi alom atlaridan biri 
b o iib xizmat qilgan.
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko‘rib 
chiqaylik. U lar 12—13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuklikka 
erishadilar (bu haqda keyinroq to ‘xtalib o ‘tam iz), biroq ular 
biror-bir kasb-hunar egasi b o iib , mustaqil ishlab, o ‘zini va 
oilasini iqtisodiy jihatdan ta ’minlay oladigan b o iish i uchun, 
aw alo maktabni bitirishi, so‘ng u yoki bu kasb-hunar kolleji 
yoki litsevda o ‘qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning 
uchun 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o ‘qishi zarur 
b o iad i.
Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning madaniy 
takomillashuviga, u esa shaxslarni bir-birlariga qo ‘yadigan ta- 
lablari oshishiga va shaxslararo munosabatning noziklashuviga 
olib keladi. Buning yorqin dalili sifatida ajralishlar miqdori oliy 
m aiu m o tlilar ichida um um iy o ‘rta m aium otlilarga nisbatan 
yuqoriroq ekanligini e ’tiro f etish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada b o im ag an
jamiyatdagi oila a ’zolari o ‘zlarining oilaviy yumushlarining ak-
6


sariyatini qo ‘lda bajaradilar. U nga oilaning barcha a ’zolari va 
birinchi navbatda farzandlar m um kin qadar ko ‘p jalb qilinadi. 
Oila ishlarini bajarishdagi um um iy faoliyat yoshlarda m a’lum
malakalam i, shu jum ladan oiladagi tegishli rollam i bajarishni, 
oilada bir-birlari bilan qanday m uloqotda b o ‘lish malakalarini, 
oilada har bir shaxsning iyerarxik mavqeyiga ko‘ra o ‘z huquq 
va vazifalarini aniqlab olishga im kon beradi.
M oddiy ta ’m inot, yuqori madaniy saviya esa shaxsning 
boshqa shaxsga qo‘ygan talabini, shu jum ladan oilada yanada 
kuchaytiradi. Oila a ’zolarining o ‘zaro m uloqotda b o ‘lish vaqti 
miqdorini qisqartiradi. Bu esa ko‘pgina yoshlar uchun ota-ona 
oilasi shaxsiy oilasiga nam una vazifasini bajara olmasligiga olib 
keladi.
Shulardan ko‘rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi 
yoshlar 16—18 yoshida oila qursalar, ular shu vaqtga kelib 
oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turm ush kechirib ketishlari 
uchun zarur b o ‘lgan yetuklik darajalarining barchasiga erish- 
ganlar, bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi 
m um kin bo ‘lgan m uam m olam ing bartaraf etilishiga asos b o ‘lib 
xizmat qilgan.
Bugungi yoshlarim iz esa yuqorida bayon etilganidek, 
12—13 yoshlarida jinsiy balog‘atga yetadilar va aksariyat hol­
larda oradan 7—8 yil o ‘tgandan so‘ng, ya’ni qizlar 19—20 
yoshda, yigitlar esa 21—22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda 
esa ular na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na 
psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor b o ‘ladilar. Bunday 
holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi teng- 
doshlari hayotida kuzatilmagan m uam m olam i keltirib chiqara- 
di. Bundan tashqari, jam iyat taraqqiyotining bugungi holati 
hozirgi zam on oilasi oldiga o ‘ziga xos yangi ijtimoiy vazifalami 
ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarim izni 
oilaviy hayotga maxsus tayyorlash m asalasi eng dolzarb 
m asalalardan biri b o ‘lishligini taqozo qilm oqda. Shuning 
uchun ham so‘nggi 15—20 yil davomida dunyoning barcha 
rivojlangan mamlakatlarida, jum ladan, bizning respublikamizda 
m ustaqillikka erishganim izning dastlabki yillaridanoq, oila 
masalalariga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda 
komil shaxsni shakllantirish masalalariga alohida e ’tibor berib 
kelinmoqda. U m um an insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib
7


boraverar ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shunga 
mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo ‘lgan e ’tibor ham 
kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq b o iad i. 
Chunki oila jam iyatning kichik bir ko‘rinishi bo ‘lib, u qancha 
inoq, ahil va m ustahkam b o ‘lsa, jam iyat ham shunchalik 
qudratli b o ‘ladi. Bu keltirilgan om illar yoshlarga «Oila 
psixologiyasi» kursini o ‘qitishning dolzarbligini ifodalaydi.
«Oila psixologiyasi» kursining yaratilishi va uning o ‘quv 
predm etlari qatorida m aktab, kollej, litseylarda o ‘tiladigan 
darslar jadvaliga kiritilishi ham R espublikam iz hukum ati 
tom onidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mantiqiy 
va mazmuniy davomidir.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə