Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size


Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.
 
Lyusherning ranglarga oid testi 
Har bir rang o’zi bilan kishiga ham fiziologik, ham psixologik ta’sir 
etuvchi ma’lum energetik quvvat tashiydi. Shuning uchun kishi holatiga qarab 
(ma’lum vaziyatda, doimiy) turli ranglarni yoqtirishi mumkin. Masalan, X.
Ayzenk ta’kidlashicha, yuqori faolligi bilan ajralib turadigan kishilar yorqin 
ranglarni hush ko’rarkan. Lyusher testi sinaluvchining ma’lum faoliyatga,
ma’lum ehtiyojlarni qondirishga yqnalganligini uning rang tanlashiga qarab 
aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Lyusher bo’yicha asosiy ranglar quyidagi psixologik ehtiyojlarning timsoli
bo’ladi: 
8
Hayitov О. E. , Lutfullayeva N. Х. «Psixodiagnostika vа аmaliy psixologiya». - Т. 2005 


186 
KO’K - xotirjamlikka, tinchlikka, barqaror ijobiy munosabatlarga bo’lgan 
ehtiyojlar 
YaShIL- o’z-o’zini tasdiq etishga bo’lgan ehtiyoj 
QIZIL- faol harakat bilan muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji 
SARIQ- kelajakka, yaxshilikka umid, orzu qilishga bo’lgan ehtiyoj 
KO’RSATMA: Sinaluvchiga standart ko’rinishga ega rangli qog’ozlar 
ko’rsatiladi (4-tasi yuqorida zikr qilingan ranglar va 4-tasi tuldiruv-chi: 
siyohrang, jigarrang, qora, kulrang) hamda ularni quyidagi tartibda qo’yish 
tavsiya qilinadi: eng avval hammasidan ko’ra ko’proq xush ko’radigan rangdagi 
qog’ozni, undan keyin kamroq xush ko’radiganini va h. k. , ular shunday 
taqsimlanishi shartki, rangli qog’ozning so’nggisi eng yoqtirmagan rangli 
qog’oz bo’lishi kerak.
XULOSA: Agar asosiy ranglar 1-5 o’rinlarda tursa, demak shu ranglarga 
mansub ehtiyojlar ma’lum darajada qondirilayotgan bo’ladi, agar 6-8 
o’rinlarda tursa, demak ushbu ehtiyojlarni qondirish imkoni bo’lmayotgan 
bo’ladi.
Xulq-atvor motivasiyasini aniqlash testi 
Bizga ma’lumki, inson xarakteri o’zini to’tishida, odamlarga 
munosabatida va u yoki bu vaziyatlarda tanlagan yo’liga qarab aniqlanadi.
Agar siz o’zingizni yaxshiroq bilishni istasangiz quyidagi berilgan savollarga
HA, YO’Q, BILMAYMAN variantlarni tanlab, savollarga to’g’ri yondashib 
javob bering.
Men doimo hayotimda sodir bo’layotgan barcha voqyealarga 
ma’suliyatni his qilaman.
Agar ayrim kishilar menga nisbatan muomalalarini o’zgartirganlarida edi,
mening hayotimda bunchalik muammolar ko’p bo’lmagan Bular edi.
Men omadsizliklarim sababini qidirgandan ko’ra, harakat qilishni afzal 
ko’raman.
Men gohida o’zimni «baxtsizlik yulduzi» ostida tug’ilgan bo’lsam kerak 
deb o’ylayman.
Men alkogoliklar o’z kasalliklariga o’zlari aybdor deb hisoblayman.
Gohida men, hayotimdagi ko’p voqyealar uchun meni shunday bo’lib 
qolishimga ta’sir ko’rsatgan kishilar ma’suldirlar, deb o’ylayman.
Agar men shamollab qolsam, darrov vrachga shoshmasdan mustaqil 
o’zim davolanaman.
Men ayol kishidagi asabga teguvchi agressivlik va shallaqilikka
ko’pincha boshqa kishilar sababchi deb hisoblayman.
Men har qanday muammoning yechimi bor deb hisoblayman va doimo
hayot qiyinchiliklariga tushib yuradiganlarni tushuna olmayman.
Men insonlarga yordam berishni yoqtiraman, chunki men qilishim kerak 
bo’lgan ishda boshqalar ko’maklashganda minntadorchilik hissini tuyaman.
Agar konflikt sodir bo’lsa, mojoro aybdorini kidirishni men o’zimdan 
boshlayman.


187 
Agar qora mushuk yo’limni kesib o’tsa, ko’chaning narigi tarafiga o’tib 
olaman.
Men, xar bir inson vaziyat qanday bo’lishiga qaramay kuchli va 
mustaqil bo’lishi kerak deb hisoblayman.
Men o’z kamchiliklarimni bilaman, lekin atrofdagilar bunga 
kechirimliroq bo’lishlarini hohlayman.
Odatda men ta’sir ko’rsata olmaydigan vaziyat bilan kelishaman.
Natijalarni hisoblab chiqamiz. Quyidagi savollarining
HA javobi uchun, 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13 – 10 ball,
YO’Q javobi uchun 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, 15 – 10 baldan qo’ying.
Har bir BILMAYMAN javobi uchun - 5 baldan qo’ying.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə