Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

1 bal
dan,
b) javob uchun 
0 bal
dan yozib chiqing.
Agar tekshiriluvchi:
15-25 bal - empatiya darajasi o’ta yuqori bo’lib, u boshqalarga 
hamdardlik ko’rsatishga qodir bo’ladi; 
7-14 bal - empatiyaning o’rtacha darajasi; 
0-6 bal - juda past.
 
Test: O’zgalarni tinglay olasizmi? 
 
Quyida berilgan savollarga berilgan javoblarning o’zingizga mosini tanlab 
belgilang.
Sizningcha suhbatlashishdan maqsad nima? 
a) suhbatdoshni yaxshiroq o’rganish; 
b) biror masala bo’yicha o’z fikrini bildirish; 
v) fikr almashinish va muhokama qilish.
Sizga bolalar “Bo’lutlar qayerda uxlaydi?”, “Buvilar kichkina bo’lishganmi?” 
tarzida savollar berishadimi? 
a) ha, tez-tez; 
b) Hech qachon; 
v) ba’zan.
Ertalab ishga yoki o’qishga ketayotib, qo’shiq xirgoyi qilasizmi? 
a) ha, doimo bir xil ashulani;
b) ha, odatda har xil ashulani; 


199 
v) yo’q, Hech qachon.
Yig’ilish oxirida ma’ruzachiga savollar berasizmi? 
a) ha, doimo nimanidir so’rashga to’g’ri keladi; 
b) ba’zan, uning fikri bilan qo’shilmaganimda; 
v) Hech qachon.
Do’stingiz yoki kasbdoshingiz bilan suhbatlashgandan so’ng o’sha muammo 
yuzasidan o’z qarashlaringizni o’zgartirganmisiz? 
a) ko’pincha shunday bo’ladi; 
b) ba’zan; 
v) Hech qachon.
6. Kim bilandir suhbatlashayotganda: 
a) ko’proq siz gapirasiz; 
b) ko’proq suhbatdoshingiz gapiradi; 
v) ikkalangiz teng gapirasiz.
Narxi bir xil bo’lganda siz nimani xarid qilishni afzal ko’rasiz? 
a) kitobni; 
b) gramplastinkani; 
v) kinoga pattani.
Sherigingiz Sizga aloqasi bo’lmagan o’z muammosi xususida gaplashmoqchi.
Siz nima deb o’ylaysiz? 
a) “qimmatli vaqtni yo’qotdim-a”; 
b) “endi unga ta’sirim kuchliroq bo’ladi”; 
v) “unga yordam beryapman”.
Quyidagi jumlalarning qay biri sizning nuqtai nazaringizga to’g’ri keladi? 
a) ayni muammo yuzasidan mutaxassisgina aniq fikrga ega bo’lishi mumkin; 
b) chiroyli gapirishni bilgan odam xohlagan mavzusida ham gapirishi mumkin; 
v) ko’pincha mutaxassislarga o’z muammolari va g’oyalarini bayon etish uchun 
notiqlik malakasi yetishmaydi.
Suhbat chog’ida xayolingiz chalg’ib ketsa, nima qilasiz? 
a) gapirayotganni to’xtatib, o’sha yerni qaytarishni so’rayman; 
b) suhbat oxirida so’rash uchun o’zim uchun noaniq joyni eslab qolaman; 
v) umuman menga hamma narsa ayon.
Ertalab radio orqali eshitgan axborot yoki qo’shiqni qaytara olasizmi? 
a) ha, doimo; 
b) ha, lekin esga tushirish uchun vaqt kerak; 
v) eslay olmayman.
Estrada qo’shiqchisida sizga ko’proq nima yoqadi? 
a) ovozi; 
b) tashqi ko’rinishi; 
v) sahnada o’zini to’tishi.
Konsertlarga tushish siz uchun: 
a) qoniqish hosil qiladigan hodisa; 
b) ko’p qatori bo’lish; 
v) yaxshi ko’rgan xonanda bilan uchrashuv.


200 
Siz mehmondasiz, u yerda sizdan boshqa yana 5-6 kishi bor. Siz gap 
boshlaganingizda, ko’pincha: 
a) sizni Hech kim tinglamaydi; 
b) hamma sizga mahliyo bo’ladi; 
v) siz suhbatning tashabbuskori emassiz.
Siz jamiyatda ro’y berayotgan barcha hodisalardan xabardorsiz. Chunki siz:
a) muntazam televizor ko’rasiz; 
b) radio eshitasiz; 
v) gazeta o’qiysiz.
Ballarni hisoblash: 
Savollar 
Javoblar 
Savollar 
Javoblar 


















10 







11 







12 







13 







14 







15 







Ballarni qo’shib chiqing.
15-20 ball. Siz o’zgalarni tinglamaysiz. Balki siz o’zgalarni tinglashdan 
oladigan foydaning qadrini bilmassiz, lekin siz bilim va tajriba uchun bu 
ishning foydasini bilishingiz zarur.
25-30 ball. Siz o’rtacha tinglovchisiz. Siz uchun suhbat ma’lumot 
manbai va muloqot uchun yetarli asos emas. Sizdan ko’p narsani o’rganish 
mumkin, lekin o’zingiz ham boshqalarda ko’p
narsa olishingiz mumkinligini, tanqid va e’tirozlar ham foydali ekanligini 
unutmang, ko’proq boshqalarni tinglang.
35-45 ball. Sizda noyob sifat - o’zgalarni tinglash va meyorida gapirish 
bor. Siz bilan suhbatlashish juda yaxshi, chunki suhbatdosh sizdan doimo naf 
oladi. Siz o’zgalarning holatlarini tushunishga ham moyilsiz, ana shu noyob 
sifatni saqlang.
 
Test: “Boshqalarga yoqa olasizmi?”
Ko’rsatma: Har bir savolga “Ha” yoki “Yo’q” javobini bering.
Siz kutilmagan daromadga ega bo’ldingiz. Uni do’stlaringizga sarflay 
olardingizmi? 
Sizning do’stingiz oilaviy qiyinchiliklari to’g’risida sizga gapirmoqda. Bu sizga 
qiziq emasligini ko’rsatasizmi? 
Boshqalarni iltimoslarini har doim bajarasizmi? 


201 
Insonlarga yoqimli narsalarni, ularni kayfiyatini ko’tarish uchun gapira 
olasizmi? 
Sizga yomon hazillar yoqadimi? 
Siz o’zingizni yomon narsalarni eslab qoluvchi deb hisoblaysizmi? 
Sizga qiziq bo’lmagan narsani tinglay olasizmi? 
O’z qobiliyatingizni amalda qo’llay olasizmi? 
Agar yutqazishni boshlasangiz o’yindan voz kechasizmi? 
Haqligingizga ishonib turib boshqalarni fikrini eshita olasizmi? 
Agar sizning do’stingiz o’yinda yutqazadigan bo’lsa, uni xursand qilish uchun 
yutqazib bera olasizmi? 
Boshqalarni xursand qilish uchun biron-bir kishiga qo’pol hazil qila 
olardingizmi? 
Baholanishi.

, 2, 3, 4, 7, 11 savollarda “ha” javobi uchun bir balldan, 2, 5, 6, 8,
9, 10 va 12 savollarda “yo’q” javobi uchun bir balldan qo’ying. Ballaringizni 
jamlang.
Natijaning baholanishi.
8 balldan yuqori. Siz boshqalarga yoqasiz. Har xil xarakter va darajaga 
ega bo’lgan insonlar bilan muomala qila olasiz. Siz suyanchiq bo’la oladigan 
juda ko’p do’stlaringiz bor. Ammo Hech qachon hammaga birdek yoqishga 
harakat qilmang. Bu sizning individual xususiyatingizni yo’qotishi mumkin.
4-8 ballgacha. Sizning o’zingizni to’tishingiz vaziyatga bog’liq.
Kimlardir uchun e’tiborli, mehribon, chiroyli bo’lsangiz, kimlardir uchun 
aksincha. Ularga ko’proq e’tibor qarating.
4 balldan pasroq. Siz bilan muomala qilish juda ham qiyin. Bu sizni 
hurmat qiladigan insonlarni sizdan uzoqlashtiradi. Sizning yomon xarakteringiz 
tufayli insonlar kamdan-kam sizga yordam beradi. Siz buni ustida yanada 
ko’proq o’ylashingiz kerak, o’zingizni o’zgartirishga harakat qiling.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə