Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Temperament xususiyatlari 
Shaxslar o’ziga xos xulq atvor xususiyatlari bilan bir-birlaridan ajralib 
turishadi. Shaxslarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu tempepament 


165 
hisoblanadi. Psixologiya fanida temperament tushunchasi eng ko’p qo’llaniladi 
va o’rganiladi. Temperament kishining psixik faoliyati harakatlari tezligi, his-
tuyg’ularning ifodalanishi, muloqotga kirishuvchanlikni ifodalovchi nisbatan 
barqaror tug’ma individual tipologik xususiyat tushuniladi.
Xolerik 
temperamentli kishilar harakatlari juda tez, ma’lumotlarni tez 
qabo’l qiladi va miyasida qayta ishlaydi, serharakat, serg’ayrat, emosional 
xolatlari. Jo’shqin, jaxli tez chiqadigan, impulsiv, o’ziga baxosi balandroq,
muloqotga kirishuvchan, qasoskor va maqsadga intiluvchan kishilardir.
Sangvinik 
temperamentli kishilar xushchakchak, xushmuomala,
beg’amroq, juda muloqotga kirishuvchan, konformist kishilardir. Ularning 
do’stlari ko’p bo’ladi, mexmonga borishni yoqtiradilar, o’zi yoqtirgan ishni 
yaxshi bajaradi, boshqalariga yuzaki yondashadi.
Flegmatik 
temperamentli kishilarning harakatlari sekin, bosik,
xotirjam, emosional turg’un kishilardir. Ularning bir sharoitdan ikkinchi 
sharoitga moslashishi qiyin kechadi, ularning quvongani yoki xafa bo’lgani 
tashqaridan bilinmaydi. Ular muloqotga tez kirishmaydi, do’sti ham kam 
bo’ladi.
Melanxolik
temperamentli kishilar o’ta ta’sirchan, xis-tuyg’uli,
xayajonlanuvchi, shoir tabiat, mexrli, tez xafa bo’lib qoladigan, xar narsani 
yuragiga yaqin oladigan kishilardir. Bu tipdagi kishilarda sa’nat va adabiyot 
sohalaridagi noyob ijodiy qobiliyatlar ko’p uchraydi.
Umuman, temperamentning yaxshi yoki yomoni bo’lmaydi. Xar bir 
tmperament tiplarinining o’ziga xos ham ijobiy, ham salbiy jixatlari mavjud.
Ularning namoyon bo’lishi shaxs rivojlanishining darajasi va yo’nalishiga 
bog’liqdir 
4. Xarakter. Qobiliyatlar. Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 2 ta kichik 
guruhga bo’linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib, Ushbu 
masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi. 

Takdimot tayyorlash 
uchun

15 daqiqa va xar bir gurux taqdimoti uchun 3 daqiqadan

Taqdimotlar 
muhokamasi uchun 4 daqiqa

ajratiladi. Jami 25 daqiqa.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə