Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
1– guruh uchun tarqatma material.
Qobiliyatlar 
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffkiyatli amalga oshirish 
sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, kunikma va malakalarni 


167 
egallash dinamikasida yuzaga chikadigan farqlarda namoyon bo’ladigan 
individual – psixologik xususiyatdir.

Qobiliyatlar individual – psixologik xususiyatlar sifatida, ya’ni bir 
odamning boshqa bir odamdan farq kiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. O’z-
o’zidan ma’lumki, kishilar bir-biri bilan teng emas. Ana shuning uchun ham 
qobiliyatlar hakida gap ketganda bu farqlarni xarakterlab o’tish kerak. Bu 
farqlar sifatli va mikdoriy bo’lishlari mumkin.
Qobiliyatlarning 
sifat 
jixatdan 
xarakteristikasi 
insonga 
mexnat 
faoliyatining kaysi sohasida (konstruktorlik, pedagoglik, iktisodchilik, sport va 
boshqalarda) osonlik bilan uzini topa oladi, katta yutuklarga va 
muvaffaqiyatlarga erishadi degan savolga javob topish imkoniyatini beradi. Bu 
bilan qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularning mikdoriy xarakteristikasiga 
uzviy boglikdir.
Psixologiyada qobiliyatlarni mikdor jixatdan ulchash muammosi uzok 
tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida qator psixologlar 
(Kettel, Termen, Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisoslar uchun kasb 
tanlashni amalga oshirish zaruriyati bilan boglik bo’lgan talablar ta’siri ostida 
ta’lim olayotganlarning qobiliyatini aniqlashni taklif qilib chikdilar.
Usha paytlarda qobiliyatlarni ulchash usuli sifatida akliy iste’dod 
testlaridan foydalanildi.
Akliy iste’dod testlari mazmun jixatdan qator savollar va masalalardan 
tashkil topgandir. Ularni yechish muvaffaqiyati (sarflangan Vaqtni hisobga 
olib) ball yoki ochkolar yigindisi bilan hisoblanadi. Masalan, un bir yoshlik 
bolalarning akliy qobiliyatlarini aniqlash uchun ingliz maktablarida quyidagicha 
test kullangan: «Petr Jeymsga karaganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq.
Hammadan kura kim baland? Savol tagiga quyidagi javoblar yozib kuyiladi: 1 
Edvard, 2. Jeyms, 3. Petr, » Ayta olmayman. Yoki boshqacha test: kizil,
yashil, ko’k, xo’l, sariq. Bu yerda bola turkumga kirmaydigan so’zni aniqlashi 
kerak va hokozo.
Bolalar testlar to’plamini bajarib bo’lgandan keyin ularning natijalarini 
standartlashtirilgan yo’l bilan, ya’ni xar bir sinaluvchi olgan ochkolar miqdorini 
hisoblash bilan shug’ullanishadi.
K o b i l i ya t l a r n i n g t u z i l i sh i .
Qobiliyat sifatida namoyon bo’ladigan fazilatlar yigindisining tuzilishi 
oqibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning xar xil 
turlari uchun turlicha bo’ladi. Masalan, adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik 
tuyg’ularning yuksak taraqqiy etgan darajasini, xotirada yorqin ko’rgazmali 
obrazlar mavjudligini, til xissini, boy fantaziyani, odamlar psixologiyasiga 
nisbatan zo’r qiziqishni, o’z-o’zini ifodalash ehtiyojini va shu kabilarni taqoza 
qiladi. Musiqiy, pedagogik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va juda ko’p 
qobiliyatlar tuzilishi o’ziga xos xarakterga egadir.
Konkret qobiliyatlar tuzilishini tashkil etadigan shaxs hislatlari va 
xususiyatlari orasida ba’zi birlari yetakchi o’rinni egallasa, ba’zi birlari 
yordamchi rolni o’ynaydilar. Jumladan, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida 
pedagoglik odobi, kuzatuvchanlik, bolalarga muhabbat, ularga nisbatan 


168 
yuksak talabchanlik bilan qo’shib olib boriladigan bilim berishga ehtiyoj,
yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir qator tashkilotchilik 
qobiliyatlari kompleksi yetakchi fazilatlar hisoblanadi.
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo’lishi mumkin. Xar turli 
qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini o’rganar ekanmiz, biz bu 
qobiliyatlarda birgina emas, balki juda ko’p turdagi faoliyat talablariga javob 
beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatning bir 
muncha torroq doiralarga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz 
mumkin. Ayrim kishilarda bu umumiy fazilatlar yorqin ifodalanadi. Masalan,
Ibn Sino ham vrach, ham yozuvchi, ham musiqachi, ham matematik va 
hokozo qobiliyatlarga ega bo’lgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy ham 
dramaturg, shoir, kompozitor, pedagog, jamoat arbobi bo’lgan. Ayrim 
kishilarda esa fazilatlar ko’proq bir faoliyatga tegishli bo’ladi. Masalan,
rassomlikka, kompozitorlikka, naqqoshlikka qobiliyat va hokozo.
I s t ye ‘ d o d , u n i n g p a y d o b o’ l i sh i
.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb aytiladi.
Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mexnat faoliyatini muvaffaqiyatli,
mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir.
Qobiliyatlar kabi iste’dod ham faqat ijodiyotda yuksak mahoratga va anchagina 
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir.
Urish yillarida sarkardalik iste’dodlari jo’shqin rivojlanadi, tinchlik 
davrida injenerlik, konstruktorlik va shu kabi iste’dodlar rivojlanadi. Masalan,
hozir O’zbekistonni dunyodagi eng ilg’or, eng obro’li davlatlardan biriga 
aylantirish asosiy vazifa bo’lib turibdi. Mustaqillik davrining ana shu ehtiyoji 
ajoyib quruvchilar, muhandislar, naqqoshlar, hunarmandlarning o’sib 
chiqishiga yo’l ochdi. Ayniqsa sport sohasidagi muvaffaqiyatlarimiz beqiyosdir.
Mana, o’zbek kurashi bo’yicha birinchi o’rinda, boks bo’yicha yuqori 
o’rinlardan birida turibmiz. Bularning hammasi davr taqozasidir.
Iste’dod-bu qobiliyatlar yigindisidan, ularning majmuidan iboratdir.
Alohida olingan, yakka qobiliyatni, garchi taraqqiyotning juda yuksak 
darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo’lsa ham, iste’dod bilan 
tenglashtirib bo’lmaydi.
Shunday qilib, iste’dod shaxs psixik fazilatlarining shu qadar murakkab 
birikmasiki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, hatto bu qobiliyat 
xotiraning yuksak mahsuldorligi kabi juda qimmatli qobiliyatlar bo’lishiga 
qaramasdan, belgilab bo’lmaydi.
Qobiliyatlar va iste’dodning tabiiy shart – sharoitlari
.
Shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga 
qandaydir tabiat tomonidan tug’ma ravishda, tayyor xolda berilmaydi, balki 
xayot va faoliyat jarayonida tarkib topadi. Kishi dunyoga Hech qanday psixik 
xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan 
keladi, xolos.
Hozirgi paytda iste’dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining 
mikrostrukturasi bilan bog’laydigan nazariya eng mahsuldor hisoblanadi. Miya 
xujayralarini chuqur o’rganish iste’dodli kishining nerv turkumalarini 


169 
ko’rsatadigan morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash 
imkoniyatidadir deb tahmin qilish mumkin. Shuningdek, iste’dod 
nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari bilan (nerv 
kuchi, muvozanatlashuvi va harakatchanligi o’rtasidagi farqlarga qarab) va shu 
bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan bog’lovchi gipoteza ham haqiqatga 
yaqinroqdir.
Bulardan tashqari, qobiliyatlarni tabiiy asoslarini nerv sistemasining 
xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog’laydigan, ya’ni ayrim 
odamlarda ko’rish, boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa harakat 
sohasida namoyon bo’ladigan o’ziga xos tipologik xususiyatlar bilan 
bog’laydigan gipotezalar yana ham haqiqatga yaqinroqdir.
Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste’dodlarning irsiyat yo’li bilan o’tishini 
isbotlaydigan Hech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yo’li 
bilan o’tishi hakidagi ilmiy nazariyaga ham qarama – qarshidir.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə