Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


RNK bilan DNK orasidagi farq



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

RNK bilan DNK orasidagi farq
nimada?
Eng avvalo, ikki zanjirli DNK dan farqli ularoq RNK bir zanjirdan 
iborat bo‘lgan makromolekuladir (19-rasm).
RNK - DNK molekulasida sintez bo‘ladi va DNK zanjirlaridan 
birini uchastkasini komplementar nusxasi hisoblanadi. RNK ni kimyoviy 
tarkibini o‘ziga xosligi shundan iboratki, RNK - DNK molekulasidagi 
timin 
o‘miga 
uratsil 
deb nomlangan azotli asosni saqlaydi (19-rasm). 
Bu ikkala makromolekularni yana bir farqi, DNK da nukleotid tarkibida 
dezoksiriboza bo‘lsa, RNK da riboza joylashadi. Molekulalami kattaligi 
hujayrada joylanishi va funksiyalari bo'yicha farqlanadigan RNK ni har 
xil tiplari ma’lum. Pastmolekular og‘iriikka ega bo'lgan - transport 
RNK (tRNK) hujayradagi umumiy RNK ni 10 % ini tashkil etadi.
Genetik axborotni realizatsiyasi davrida har bir tRNK ma’lum 
aminokislotani o‘ziga bog‘lab oladi va ribosomaga, ya’ni oqsil sintez 
bo'ladigan joyga tashib boradi (20-rasm).
Ribosomal RNK (rRNK) hujayra RNK larining 85 
%
ni tashkil 
qiladi. rRNK ribosomalar tarkibiga kirib, strukturali funksiyani bajaradi. 
Bundan tashqari. rRNK ribosomaning faol markazini shakllanishida qat- 
nashadi. Ribosomani faol markazida oqsil biosintezi jarayonida amino­
kislotalar molekulalari orasida peptid bog‘lari hosil bo‘ladi. Informat- 
sion yoki matritsali RNK (iRNK, mRNK), hujayrada sintez bo'ladigan 
barcha turdagi oqsillar sintezini ifodalaydi.
37


19-rasm. RNK ni kimyoviy strukturasi.
20-rasm. Ribosomada (A) polipeptid biosintezi jarayonida (D) ishtirok
etadigan matritsali RNK (B) va transport RNK (E) lar.
38


Ribosomalar yer yuzida bundan 3 mlrd yillar oldin paydo bo‘lgan 
va eng qadimgi 
nanofabrika 
deb tan olingan. Odam organizmi o‘zida 
mana shunga o'xshagan nanofabrikalami bir necha yuz trillionlarini 
saqlaydi. Ribosomalarda hujayra yadrosidagi iRNK olib kelayotgan 
loyihalami nusxalari asosida organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillami 
barchasi sintez boiadi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə