13 qadimgi yunoniston va qadimgi rim falsafa



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140123
  1   2   3   4
ZDIFT 0703




 
13 
 
 
 
QADIMGI YUNONISTON VA QADIMGI RIM FALSAFA 
Хайдарова Лариса Суннатовна 
Гуманитар фанлар кафедраси катта укитувчиси
https://doi.org/10.5281/zenodo.7645091 
Annotatsiya:
Hind falsafasi buyuk Bharata Varsha. Qadimgi Hindistonning ko‘plab falsafiy 
tizimlari. Hindistonda falsafaning keyingi rivojlanishi. Noodatiy falsafiy ta’limotlar. 
Upanishadlarda Vedalar mavzulari. Avatar - hind diniy an’analarida insonda eng yuqori ruhiy 
mohiyat. 
Kalit so‘zlar:
hind falsafasi, Bharata Varsha, Veda, Brahmanalar, Aranyakalar, Upanishadlar
Kirish. 
Orfiklar va boshqa qator afsonaviy-falsafiy ta’limotlar naturfalsafasi vakillari 
yunonlaming an’anaviy diniy e’tiqodlarini to‘g‘rilash va tozalashga urindilar. Shu vaqtning 
o‘zida (er.ol. VI asr) Ioniya naturfalsafasi deb atalgan maktabning vakillari bo‘lgan Tolis (Fales), 
Anaksimandr va Anaksimenlar dunyoga butunlay boshqacha qarashni rivojlantirdilar. Ularning 
har uchalasi Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlati bo‘lgan Milet shahrida tug‘ilgan edi. Miletlik 
mutafakkirlar birinchi bo‘lib koinotni uyg‘un ravishda tuzilgan, o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi va o‘zi 
tomonidan boshqariladigan tizim sifatida tasvirlashga urindilar. Olam hech qanday Xudolar va 
hech qanday odamlar tomonidan yaratilgan emas. U doimo mavjud bo‘lishi lozim. Uni 
boshqarayotgan qonunlami inson tushunib yetishi mumkin. Ularda hech qanday tushunib 
bo‘lmaydigan, sirli narsa yo‘q. Shunday qilib, dunyoni diniy-afsonaviy tushunish yo‘lidan uni
inson aqli vositasida tushunishga hal qiluvchi qadam qo‘yildi. Birinchi faylasuflar noiloj 
ravishda barcha ashyolaming birinchi ibtidosi, birinchi sababi nima, degan savolga duch 
kelishlari muqarrar edi. Tolis va Anaksimenlar fikricha, hamma narsalar paydo bo‘lib, 
pirovardida yana unga aylanadigan birlamchi javhar tabiatning to‘rt asosiy hodisasidan biri 
bo‘lmog‘i lozim, edi. Tolis bu narsada ustunlikni suvga bergan bo‘lsa, Anaksimen havoga berdi. 
Ammo tabiat hodisalarini majhul nazariyidrok qilish bobida Anaksimandr hammadan ilgarilab 
ketdi. U barcha mavjud narsalaming birinchi sababi va asosi apeyron, deb e’lon qildi. Apeyron 
abadiy va cheksiz javhar bo‘lib, sifat jihatdan uni to'rt tabiiy hodisaning birortasiga bog'lab
bo'lmaydi va shu bilan birga u doimiy harakatdadir. Uzluksiz harakat jarayonida apeyrondan
qarama-qarshi ibtidolar bo'lgan issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik va shunga o'xshashlar 
ajralib chiqadi. Qarama-qarshiliklaming ushbu juftliklari o'zaro ta’sirga kirishib, tabiatning ham 
tirik va ham o'lik hodisalarini vujudga keltiradilar. Anaksimandr tomonidan berilgan dunyo 
manzarasi kelib chiqishi jihatidan o'sha zamon uchun butunlay yangi va g'ayrioddiy edi. U
o'zida bir qator moddiyuncha va dialektik xususiyatga ega bo'lgan unsurlami yaqqol ifodalar 
edi. Shu jumladan, o'z shaklini doimo o'zgartirib boruvchi va hamma narsalami qamrab oluvchi 
birlamchi javhar to'g'risidagi tasawur, moddaning hozirgi zamondagi tasawuriga juda yaqindir. 
Qarama-qarshiliklaming kurashi va ularning birini ikkinchisiga o'tib turishi, hamda ularni
dunyodagi ko'plab xilma-xil barcha jarayonlarning bosh manbasi ekanligi haqidagi fikr ham
hozirgi zamon ilmiy qarashlari bilan hamohangdir. (_Vanonistonlik faylasuflar shuni yaxshi
tushunar edilarki, har qanday bilimlaming eng ishonchli asosi bo'lib tajriba, tajribaviy 
izlanishlar va kuzatish xizmat qiladi. Mohiyat jihatdan ular faqat birinchi faylasuflargina
bo'lib qolmay, balki yunon.vabutun Yevropa fanining asoschilari bo'lgan birinchi olimlar ham




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə