13 qadimgi yunoniston va qadimgi rim falsafa



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140123
1   2   3   4
ZDIFT 0703

 
15 
 
 
 
sifatida tan olmoq lozim. Eleatlar moddiyunchiligining tabiiyligi, ulaming ong bilan moddiy 
dunyoni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga boigan tamoyillari shu narsaga olib keldiki, 
dialektikani tashqi dunyoga nisbatan qollab-quvvatlab, shu bilan birgalikda ular g'oyaviy
dunyoni metafizik osoyishtalik saltanati, deb e io n qildilar. AbadiyUk va o'zgarmaslik ular 
tomonidan haqiqiylikning sifati hisoblandi. Bilish rivojida mushkul vaziyat paydo boldi: 
ba’zilar, tasviriy ibora bilan aytganda, dunyoni olov oqimida eritdilar, boshqalar esa uni 
qo'zg'almas toshda kristallga aylantirdilar (muayyan bir shaklga kiritdilar). Bu davr 
moddiyunchiligining eng yorqin vakillari Anaksagor va Empedokl edilar. Anaskagor fikricha,
dunyo dastaw al harakatsiz qotishmadan iborat bo'lib, eng kichik zarrachalardan (“urug'lar”) 
tashkil topgan ediki, unga aql (nus) harakat bag'ishlagan. Anaksagorning aql haqidagi taiim o 
ti faoliyatsiz moddaga harakat manbasini keskin qarama-qarshi qo'yganligini bildirar edi. Bu 
narsa falsafiy fikrning kclgusi rivojiga (yangi zamon falsafasining “birinchi turtk i” g'oyasi)
sezilarli ta ’sir ko'rsatdi. Empedokl barcha narsalar asosida birlamchi to'rt unsur (“barcha
ashyolarning o'zagi”): olov, havo, tuproq va suvni ko'rdi. Empedokl aqidasicha, barcha
ashyolar miqdor va sifat jihatdan o'zgarmaydigan, turli mutanosiblikda bir-biri bilan 
qo'shilgan to'rt unsurdan tashkil topganlar. Moddaning harakati (Anaksagorda bo'lganidek)
koinotdagi boshlang'ich tartibsizlikni bartaraf qilgan va uning o'zini uyushtirgan hamda uning
aqlidan tashqarida bo'lgan narsa sifatida ifodalanadi. To'rt unsur haqidagi nazariyani Arastu 
qabul qilganligi tufayli, u XVII asr­gacha Yevropa fizikasining asosi bo'lib xizmat qildi.
Empedoklning sezish nazariyasi ham ko'plarga, jumladan, Aflotun va Arastuga ham katta 
ta’sir o'tkazdiki, unga binoan sezgi a ’zolarining “badanidan ter chiqadigan teshiklariga
qabul qilinayotgan obyektdan ajralib chiqayotgan moddiy “toidiruvchilar” kiradilar. Atom
taiim o ti Qadimgi Yunonistonning moddiyunchilik qarashlari o'zining eng gullab-yashnagan 
davriga miletlik Levkipp va abderlik Demokrit (er.ol. 460-yillar) taiim otlarida erishdi. Levkipp 
atomistik falsafaga asos soldi. Uning shogirdi Demokrit uni kengaytirib, sayqallashtirdi va 
har tomonlama umumiy falsafiy tizim yaratdi. Ushbu nazariya-64 www.ziyouz.com 
kutubxonasiga muvofiq dunyo bo‘shliq va harakatdagi atomlardan, ya’ni sifat jihatdan bir xil 
va o‘zgarmaydigan, ammo shakl va andoza jihatdan turlicha bo‘lgan cheksiz mayda bo'linmas 
zarrachalardan tashkil topgan. Atomlar bo‘shliqda harakat qiladilar va ulaming bir-biriga
qo‘shilishi butun dunyoni vujudga keltiradi. Tirik mavjudot tirik bo'lmagan narsadan ruhi
borligi bilan farq qiladi. Ruh doira shaklidagi harakatlanuvchi atomlardan tashkil topgan.
Demokrit ruhni o'ladigan narsa deb hisobladi. Qachonki, badan o‘lsa, atomlar makonga sochilib
ketadi. Demokrit ta ’limotidagi eng muhim qoida, bu moddaning ajralmas xususiyati sifatida 
taqdim etilgan va unga xos bo'lgan harakat haqidagi qarashdir. Harakat ruh ta ’sirining 
natijasi bo'lmay, balki moddaning o'zini xususiyatidir. Demokrit falsafa tarixida birinchi marta 
keng yoyilgan bilish nazariyasini yaratdiki, nning manbayi hissiy tajriba edi. Ammo Demokrit
fikricha, ashyolaming haqiqiy “tabiati” (atomlar)ni bilishga his-tuyg'u bilan erishib bo'lmaydi 
va uni faqat tafakkur yordamida idrok etish mumkin. Empedokl kabi Demokrit ham hissiy qabul 
qilishni o'tib ketuvchi oqim bilan tushuntirdi (qabul qilinayotgan badandan ajralib chiqayotgan 
atomlar oqimi). Demokrit ta’limotida ijtimoiy va axloqiy muammolar katta o'rin tutadi. 
Davlat tuzumining eng yaxshi shakli sifatida u demokratiyani hisobladi, eng xayrli ish deb 
donishmandlikni bildi. Demokrit ko'p qirrali olim bo'lib, uning asarlari o'sha zamondagi barcha 
bilim sohalarini qamrab olgan edi. Demokrit falsafasi Yevropa falsafasi va tabiatshunoslik 




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə