Reja:
1.
Tovar-moddiy zaxiralari auditining asosiy me’yoriy hujjatlari.
Tekshiruv maqsadi, vazifalari va axborot manbalari
2.
Tovar-moddiy zaxiralari harakati bilan bog‘liq muomalalar auditining
uslubiyoti
3.
Tovar-m oddiy za x ira la m i inventarizatsiyadan o'tkazish tartibi, sifati
va toliqligini tekshirish
Sub’yektlar ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun ma’lum
miqdorda tovar-moddiy zaxiralariga ega bo'lishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralari
xo'jalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini
ta’minlaydi. Ulaming tarkibiga materiallar, xomashyo, ehtiyot qismlar va h.k lar
kiradi. Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi-
ulaming saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil
etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini
va tovar-moddiy zaxiralar bilan bogiiq muomalalar hisobi va soliqqa tortish
uslubining O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda
me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar
mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan
o'tkazish varisklami baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi
katta bo'lgan subyektlarda auditning asosiy qismi deb qaraladi. Tovar-moddiy
zaxiralar bo'yicha hisobot ko'rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa
audit obyektlaridagi kabi, dastavval, balansning «ishlab chiqarish zaxiralari» (150-
satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160-satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr),
«Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jumal-orderlar va boshqa hisob
registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur (5.1-jadval). Shu bilan birga, sintetik va
analitik hisob ma’lumottlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilish muhimdir.
Moddiy qiymatliklami ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ulaming
baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni
tekshirish zarur. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga da’vo qo'zg'atishning
o'z vaqtidaligi va to'g'riligi hamda yo'ldagi (subyektga yetib kelmagan) materiallar
qoldig'ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak. Yo'ldagi moddiy qiymatliklami
tekshirishning vazifalari: yo'ldagi moddiy qiymatliklar sifatida hisobda turgan har
bir jo'natishning asosliligini aniqlash, yuklami yetkazib berishi muddatlarining o'tib
ketmaganligini aniqlash, xo'jalik tomonidan yuklami qidiruv choralarining
ko'rilishini aniqlash, bosh buxgalter va ta’minot xodimlari tomonidan
Tekshiruvjarayonida auditor quyidagilami aniqlashi lozim:
•
zaxiralaming haqiqatda mavjudligi;
•
zaxiralar bilan bog'liq barcha muomilalaming bugalteriya hisobi schyotlarida
to'liq va to'g'i aks ettirilganligi;
•
barcha zaxiralar subyekt mulki ekanligi, ya’ni ularga mulkiy huquq
mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;
•
zaxiralami va ular bilan bog'liq majburiyatlarni baholashning to'g'riligi;
•
tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish tamoyillari to'g'ri tanlanilganligi va
qo'llanilishining to'g'riligi.
Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishda quyidagi ma'lumot manbalaridan
foydalaniladi:
•
moddiy qiymatliklami qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga
aloqador me’yoriy hujjatlar;
•
hisob siyosati to'g'risidagi buyruq;
•
tovar-moddiy zaxiralar bilan bog'liq muomalalami rasmiylashtirishga doir
dastlabki hujjatlar;
•
tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar;
•
tovar-moddiy zaxiralami hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi
registrlari va buxgalteriya hisobotlari;
•
moddiy javobgar shaxslar bilan to‘Iiq moddiy javobgarlik to'g'risida
tuzilgan shartnoma.
Auditor tekshiruv mobaynida tekshiruvning ushbu sohasi bo'yicha tanlangan
hisob yuritish usullari va uslublari to‘g‘risida axborotga ega bo'lishi lozim. 4-
sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti
talablariga muvofiq subyektning hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘ida
tovar-moddiy qiymatliklami hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan
quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim:
•
asosiy vositaiar bilan inventar va xo‘jalik ashyolari o‘rtasidagi chegaralar;
•
tovar-moddiy qiymatliklami sotib olish (tayyorlash) ni hisobga olish;
•
tovar-moddiy qiymatliklami ulaming turlari bo'yicha hisobdan o'chirish
mobaynida baholash usullari.
Mijoz-subyekt rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoyili moliyaviy
natijaga ta’sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma’lumotlaming
zarurligiga ko'p hollarda yetarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida
har xil qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko'p tarqalgani tanlangan
hisob yuritish usullariga yoki ulami qo'llashda izchillikka rioya qilinmasligi
hisoblanadi.Tovar-moddiy zaxiralami hisobga olishda qo'IIaniladigan dastlabki
hujjatlar shakllari subyektdagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruhlariga
bog'liq. Qo'IIaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizitlar bo'lishi
shart. Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy qiymatliklami
olish uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar, inventar va xo'jalik
ashyolarini kirimga olish va hisobdan o'chirish dalolatnomalari, limit-zabor
kartalari, talabnoma-nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, ombor hisobi
kartochkalari yoki daftari.Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot
manbalariga quyidagilar kiradi:
•
subyekt rahbarining buyrug'i (yoki farmoyishi), direktor kengashi
majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa hay’at yig'ilishi qarorlari. Agar
subyekt ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o'zgartirish mobaynida
ulush sifatida materiallar, inventar va xo'jalik ashyolari, tovarlar qo'shilgan
bo'Isa, shuningdek agar dividendlar yoki daromadlar moddiy qiymatliklar bilan
to'lansa ushbu hujjatlami o'rganish auditor uchun o'ta muhim ahamiyat kasb etadi;
•
subyektda o'tkazilgan auditorlik fekshiruvlari o'tgan yillardagi hisobotlari;
•
tovarlar, materiallar, xomashyolar va hokazolami yetkazib berish
shartnomalari.
Auditoming subyekt xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgalteriya hisobi
va ichki nazorat tizimidagi o'zgarishlar to'g'risidagi suhbatlari tekshiruv uchun
zarur qo'shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o'zgarishlaming natijalari
ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo'lishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralami hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma xil
bo'lishi mumkin. Ular subyektda qo'lanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli va
usullariga, hamda mavjud tovar moddiy zaxiralaming turlari va guruhlariga
bog'liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010 - «Xomashyo va
materiallar», 1080 «Inventar va xo'jalik jihozlari», 1510 - «Materiallami
tayyorlash va xarid qilish» va 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotlar
bo'yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, saldo vedomostlari, omborxona
hisobi kartochkalari, daftarlar, inventarizatsiya materiallarini hamda
tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310 schyotlar) bo'yicha hisob
registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog'liq xo'jalik muomalalarini auditorlik
tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o'tkazish maqsadga muvofiq mazkur
tekshiruv uchastkasining yo'nalishlari bo'yicha hisob siyosatining qoidalarini
o'rganish;
•
tovar-moddiy zaxiralariga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik
darajasini baholash. Buning uchun ombor xo'jaligi va omborxonalaming holatini
tekshirib chiqish;
•
moddiy javobgar shaxslar tomonidan tovar hisobotiarini tuzish va
belgilangan muddatlarda buxgalteriyaga topshirilishini o'rganish;
•
tovar-moddiy qiymatliklarning hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish;
•
tanlab inventarizatsiya qilinadigan obyektiami va inventarizatsiya o'tkazish
pozitsiyalarini aniqlash;
•
tovar-moddiy zaxiralar harakatini tahlil qilish;
Dostları ilə paylaş: |