Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

«munchoqchalar» 
qotiriladi. 
Bu 
«munchoqchalar» 
qandaydir sinish koeffitsiyenti muhitga nisbatan 
yuqoriroq bo‘Igan polimerlardan tayyorlanadi. Natija beradigan kuch 
munchoqni lazer nurining intensivligi maksimal bo‘lgan zonaga, ya’ni 
uni markaziga qarab tortadi. Yaponiya olimlari «munchoqcha» o'm iga 
«Z» harfiga o‘xshagan mikroilgak va mikromokkilar ishlatganlar (68- 
rasm).
Mikroilgak DNK spiralidagi olimlami qiziqtirgan qismni o‘rganish 
imkonini beradi. Lazerlar yordamida olimlar bo'linadigan achitqi 
zamburug'ining xromosomali DNKsini spiralini ilib olib, ularga shikast 
yetkazmasdan cho‘zish va keyin ikki mikromokkichaga, xuddi ip 
o'raydigan g'altakka o'xshab o‘rab olishga erishganlar. DNK molekulasi 
cho'zilgan holatda boMganida, kerakli genni uchlamchi fazoda turgan 
joyini aniqlash ancha oson bo‘ladi.
To‘plangan lazer nuri
Mikromokkilar 
Linza
68-rasm. DNK spiralini mikroilgak yordamida ilib olish va keyin tortib,
mikromokkilarga о ‘rab olishni sxematik ко ‘rinishi.
113


Ajratib olingan yoki sintez qilingan DNK fragmenti (gen) o‘zidan 
o‘zi mustaqii ravishda, xo‘jayin - organizm hujayrasiga kira olmaydi. 
Tadqiqotchilami aniqlashicha, genni ko‘chirib o‘tkazish va uni faoliyat 
ko‘rsatishi uchun boshqa organizmni DNKsi asosida yaratilgan 
qo‘shimcha nanostruktura zarur boMar ekan.
Savol tugMladi: 
Boshqa DNK dan qo‘shimcha nanokonstruksiya
qanday qilib yaratiladi? Boshqa 
organizm DNK sidan yaratiladigan 
qo‘shimcha nanokonstruksiya «vektor» deb nomlangan. Vektor boshqa 
organizmga kiritishga moMjallangan gen saqlaydi va xo‘jayin organizm 
hujayrasini DNKsiga kirib olish xususiyatiga ega. Uni keyinchalik 
topish qulay bo‘lishi uchun, ba’zida nishonlab qo'yiladi. Vektorlar DNK 
plazmidalari va viruslar asosida yaratiladi.
Eng sodda plazmidali vektor quyidagi komponentlardan iborat:
1-xo‘jayin - hujayra DNK siga kirishi kerak bo‘lgan gen;
2-plazmida va ko'chirib oMqaziladigan genni replikatsiyasini 
ta’minlovchi qism;
3-gen kiritilgan plazmidani saqlovchi hujayrani aniqlash imkonini 
beruvchi marker;
4-plazmida DNK si.
Tirik organizm hujayrasida rekombinatsiya jarayoni faqat gomo- 
logik (bir xil) DNK molekulalari orasida sodir boMadi. Organizmdan 
tashqarida sodir boMadigan rekombinatsiya, kelib chiqishi har xil 
boMgan DNK molekulalari orasida sodir boMishi mumkin. Bu gen 
muhandisligi usullarining imkoniyatlarini anchagina kengaytiradi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə