Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

kasal hujayrani
xromosomasiga, aniqrogM shikastlangan gen turgan joyga normal
119


genni yo‘na!tirgan holda kiritish mumkin. 
Normal gen hujayraga 
kerakli bo'lgan oqsillar sintezini (fermentlar yoki boshqa moddalar) 
ta’minlab bera oladi, shu orqali hujayrani funksiyasi joyiga tushib 
organizm sog‘lomlashadi. Irsiy kasalliklami davolashni mana shu asl 
(original) nanobiotexnologiyaga asoslangan usuli -
gen terapiya 
deb 
nom olgan. Gen terapiyani mana shunday bir marotabalik tadbiri ba’zida 
irsiy kasallikni to‘lig‘icha davolashgacha olib keladi. Irsiy kasalliklami 
ko'pchiligi xromosoma DNKsiga o‘zgargan («me’yoridan tashqari») 
gen kirib qolganligi bilan bogMiq. Bunday genni faoliyat ko‘rsatishi 
organizmga faqat zarar olib keladi.
Organizm uchun zarur bo‘lgan genning funksiyasini qanday
to‘xtatish mumkin? 
Bunday holatlar uchun olimlar tomonidan 
davolashni original usuli ishlab chiqilgan va bu usul 
genii targeting
yoki gen 
«nokaut» 
deb nom olgan. 
Bu usul, muayyan genni
faoliyatini butunlay bosib qo‘yishga (o'chirib qo‘yishga) asoslangan.
Buning uchun normal genni, murtak hujayrada vaqtida «siniq» nusxa 
bilan almashtiruvchi nanobiotexnologiya kerak. Genni «siniq» nusxasiga 
nukleotidlardan iborat bo'lgan maxsus yamoq kiritiladi. «Siniq» nusxa 
normal gendan faqat mana shu yamog'i bilan farq qiladi xolos. Yamoq 
(qo'shimcha) 
«siniq» 
nusxa saqlagan irsiy axborotni o'qish vaqtini 
orqaga surib qo‘yadi.
Shu sababli, bu gen kodlaydigan oqsil sintez bo‘lmaydi (gen 
faoliyat ko'rsatmaydi), ya’ni kasallik paydo bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda 
gen terapiya va gen targeting yordamida yuzlab kasalliklarga davo 
topilgan.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə