3-bob.
DNK MOLEKULASINING STRUKTURASI VA
XOSSALARI ASOSIDA NANOBIOTEXNOLOGIYA Reja: 1.Nanobiotexnologiyada ishlatiladigan DNK ni xossalari. DNK ni
o‘z-o‘zidan ikkilanishi (autoreplikatsiya).
2. Nuklein kislotalarini gibridizatsiyasi va uni amaliy ahamiyati.
3. Nuklein kisiotalar molekulalarini amplifikatsiyasi va uni
amaliyotda ishlatilishi.
4. Nuklein kisiotalar asosida nanokonstruksiyalar yaratishga asosiy
yondashish.
5. DNK va oqsillar asosida yaratilgan nanokonstruksiyalar.
6. DNK asosida sun’iy nanomateriallar.
7. Biochiplar va ulami DNK strukturasini o ‘rganishda ishlatilishi.
8. Nanoustqurmalar ishlatib DNK ni sekvenlash (ketma-ketligini
aniqlash).
I. Nanobiotexnologiyada ishlatiladigan DNK ni xossalari. DNK ni o‘z-‘zidan ikkilanishi (autoreplikatsiya) Tirik organizmlami ikkita asosiy xususiyati: - irsiyat va o‘zgaruv-
chanlik, DNK ni nodir xossalariga asoslanadi.
DNK ni bu
xossalari nimalar? Birinchidan,
DNK molekulasi o‘z-o‘zidan tiklanish xususiyatiga ega. 0 ‘z-o‘zidan ikkilanish yo‘li bilan o‘zini-o‘zi tiklay
oladigan yagona biologik makrorriolekula — bu DNK molekulasidir.
Mana shu xususiyati tufayli DNK - hayotni barcha hujayrali shakllarida
irsiy axborotlami tashishdek o‘ta m as’uliyatli vazifani bajaradi.
Ikkinchidan,
har xil turlarni DNK molekulalari, gibridizatsiya uchrash imkoniyatiga ega - har xil turlarining DNK zanjirini
bo‘lakchalari yagona ikkizanjirli DNK molekulasiga yig‘ilishi mumkin.
DNK ni bu xususiyatlari, nanotexnologiya muammo lari bilan
shug‘ullanadigan tadqiqotchi va muhandislami e’tiborini o‘ziga
tortmasdan qolmadi. Albatta, DNK ni nafaqat tirik hujayralarda, balki
undan tashqarida, ya’ni laboratoriya sharoitida (in vitro) ham namoyon
bo‘layotgan bunday xususiyatlari barchani hayratga solmasdan
qo'ymaydi. Bunday xususiyatni asosida, o‘ta tartibli ketma-ketlikda
sodir bo‘ladigan jarayonlar va hodisalar yotadi. Bu jarayon va
74
hodisalami mohiyatini tushunmasdan turib, ulami modellash hamda in
vitro va ishlab chiqarish sharoitida qaytarish mumkin emas.