Har xil turlar (organizmlar) DNK molekulasini alohida zanjirlari qo‘shilib, yagona ikki zanjirli DNK molekulasini hosil qilishiga gibridizatsiya deb ataladi. Agar har ikki zanjirdagi nukleotidlami hammasi bir-biriga to‘liq
komplementar bo‘lsa,
qo‘shilish
yengil va tez
o‘tadi.
Agar
komplementarlik to‘liq boMmasa, zanjirlami bir-biriga qo‘shilishi va
ikki zanjirli (dupleks) molekula hosil qilish sekinlashadi. Mana shu
qo‘shilishni
tezligini
baholash
asosida,
dastlabki
zanjirlami
komplementarlik darajasi haqida xulosa qilinadi.
Barcha tirik organizmlarda faqat ikki zanjirli DNK faoliyat
ko'rsatganligi sababli,
«qayerda va qanday sharoitda DNK ni bitta zanjiri hosil bo‘lishi mumkin?» - degan savol paydo boiadi.
In vitro (probirkada) sharoitidagi eksperimentlarda DNK ni alohida zanjirlari
olingan. DNK molekulasini bufer eritmasida eritib 100°C da qizdiril-
ganda, komplementar asoslar orasidagi vodorod bog‘lari uziladi va DNK
molekulasi ikki alohida polinukleotid zanjirga ajraladi (43-rasm). Bu
jarayon DNK ni denaturatsiyasi («erishi») deb nom olgan.
Ikki har xil tipga mansub bo'lgan DNK zanjirlarini arlashtirgandan
keyin, eritmani sovutib, 65 °C da ushlab turilsa, zanjirlar boshqatdan bir-
birlari bilan qo‘shilib, ikkizanjirli DNK hosil qiladi. Ikkilamchi spiralni
qaytarilishi (gibridizatsiyasi yoki bu jarayon «otjig» deb atalgan) sodir
bo‘ladi. Bunda gibrid molekulalar (duplekslar) ham har bir dastlabki
turga spetsifik bo‘lgan molekulalar hosil bo‘ladi (43-rasm).
Bir zanjirli DNK ni otjigining tezligini analiz qilish orqali, dastlabki DNK molekulalarini orasidagi farqni va o‘xshashlikni baholash mumkin. 76
Mana shu usul asosida «DNK-DNK» tipidagi duplekslami va «DNK-
DNK» tipidagi birikmalami shakllantirish mumkin (44-rasm).
m 1-ko‘rinish
2-ko‘rinish
Duragay
dupleksi
43-rasm. DNK molekulasini gibridizatsiyasi bo ‘yicha о 'tkazilgan tajriba sxemasi. Denaturatsiya, 90-100°C
DNK gibridizatsiyasi
г Йщрииш! iiifaii
ц 1!1ш4пТШШТ1ГШГГ1ПГ^
gibridizatsiya, 50-70°C
DNK Л DNK
DNK | | DNK
44-rasm. DNK gibridizatsiyasining sxemasi. 77
DNK/RNK gibridizatsiyasi natijalarini analiz qilish U.Gilbertga
genni mozaik tuzilishini ko‘rishga yordam berdi va bu XX asrda
molekular biologiyada yirik yangilik sifatida tan olindi.