Bu tolalarni xususiyatlarini qanday o‘zgartirish mumkin? Bu vazifa ham muvaffaqiyatli
yechildi. Tadqiqotchilar
nanotolalami qalinligini va mustahkamligini boshqarish usulini o‘ylab
topdilar. Agar qurilgan tola kalsiy xlorid eritmasiga solib yuvilsa, DNK
molekulalarini yanada bir-biriga «tikilishi» sodir bo‘ladi. Natijada
nanotolalar qalinlashadi va mustahkamlashadi. Mana shu yo‘l bilan
olingan nanotolalar o‘zlarining xususiyatlari bo'yicha oqsil tabiatli
tolalarga yaqin va ular mushak, arteriya, teri, tog‘ay kabi organlami
mustahkamligini va egiluvchanligini ta’minlab beraoladi.
Shuning uchun
ham DNK va uglerodli nanotrubkalardan
tayyorlangan sun’iy nanotolalar kelajakda har xil sun’iy implantantlar
yaratishda ishlatilishiga hech shubha yo‘q.
7. Biochiplar va ulardan DNK strukturasini tadqiq qilishda foydalanish Eukariot organizmlarda genlami soni juda ham ko‘p. Achitqi
zamburug‘larida 6200 gen aniqlangan bo‘lsa, odam organizmida ulami
soni 20000-25000 faol genga teng. Ammo organizmdagi bor genlami
barchasi ham birdaniga (bir vaqtda) o‘zining faolligini namoyish
qilavermaydi. Bir xil genlar faoliyat ko‘rsatayotganda, boshqasi blok-
lanadi va to iiq ish faoliyatidan chiqib turadi.
Muayyan bir vaqtda, ma’lum bir gen yoki bir necha genlar qanday holatda turibdi, ular faolmi yoki bloklanganmi? - degan savol juda ko‘p tug‘iladi. Genlami
94
faolligini nazorat qilish muammosini birinchilardan bo‘lib V.A.Engelgard
nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasini molekular biologiya instituti
olimlari yechishga muvofiq bo‘lganlar. Shu institutda akademik
A.D. Mirzabekov rahbarligida faoliyat ko'rsatib kelayotgan bir guruh
olimlar, biochiplar yaratish texnologiyasini ishlab chiqdilar.
Biochip - bu oicham i bir necha santimetrga teng bo‘lgan matritsa
bo‘lib, uning yordamida organizmdagi ko‘plab genlami funksional
faolligi haqida ma’lumotlar olish mumkin. Biochip tayyorlayotganda
maxsus (masalan, shisha) podlojkaga DNK molekulasini nusxalari
surtiladi. Ular alohida gen yoki zanjirli polimeraza reaksiyasi (PZR)
natijasida olingan DNK molekulasi bo‘lishi mumkin. Analiz o‘tkazish
uchun to‘qima nusxasiga (masalan, qon) oldindan ishlov beriladi. Bu
ishlov berish quyidagicha o'tkaziladi: Nusxadagi DNK molekulalami
fluoressent moddalar bilan maxsus mikrokameraga joylashtirilgan
biochipga surtib chiqiladi (59-rasm). Shundan keyin, biochipdagi genlar
bilan probada saqlangan fluoressensiya qiluvchi DNK yoki RNK orasida
gibridizatsiya o‘tkaziIadi.
Nusxani molekulasi chipdagi tegishli gen bilan komplimentarlik
prinsipi asosida o‘zaro munosabatga kirishadi. Biochipga ma’lum to‘lqin
uzunligiga ega bo‘lgan nur berilganda fluoressentda yorugMik paydo
Namunani
tayyorlash
59-rasm. Biochip yordamida tajriba о 'tkazish sxemasi. 95
bo'ladi (60-rasm). DNK (RNK) analizatori yorug'likni ko‘rinishiga
qarab, nusxa tarkibidagi tegishli ketma-ketlikni aniqlaydi (61-rasm).
i , i , i , i , i
C
B