Qamashi tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang'ich ta'lim fani o'qituvchisi Mansurov Azamqulning «Bobur va kabutar» nomli tadbir Qamashi-2019



Yüklə 51,22 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü51,22 Kb.
#156285
  1   2   3
Bobur va kabutar





Qamashi tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang'ich ta'lim fani o'qituvchisi Mansurov Azamqulning «Bobur va kabutar» nomli tadbir



Qamashi-2019
Z.M. Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi.
1-o’quvchi
Navobaxsh elimning navobaxshi siz,
Ta’rifingiz qilmoqqa ojizman hazrat
Avlodingiz bizlar duo qilamiz.
Ijodingiz gulshani turfa gullari
Yillar adog`ida balq urar albat.
2-o`quvchi
Bu aziz yurtimning aziz o`g`loni,
Shoirsiz, nosirsiz buyuk sarkarda.
Ohla chekib charxning jafolaridan
Ko`nglingiz shod bo`lmadi o`zga yurtlarda.
Bu turkiy dunyoni birlashtiray deb
Umringiz o`tdiku jangu-xatarda
3-o`quvchi
Ul zamondan topolmay tole’ingizni,
G`urbat g`amin to`kdingiz zebu-zabarda.
Ruhingiz qo`llasin bizlarni doim,
Xalqingiz duosi har tong saharda.
1-boshlovchi

  1. Bobolar kalomi tilimda doim,

Sen uchun yuragim qo`limda doim.
Sog`inganman yurgan yo`limda doim,
Vatan yagonasan dilimda doim.
2-boshlovchi
Bu yorug` olamning jannatlari bor,
Vatandan bo`lagin minnatlari bor.
Joningga jonimning payvandlari bor
Vatan yagonasan dilimda doim.

  1. Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, davramizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar.

“Bobur va kabutar” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.
1-boshlovchi
Bugun bu yerda to`planishimizdan maqsad, buyuk shoirimiz she’riyat daholaridan biri bo`lmish Zahirriddin Muhammad Bobur ruhini bir zumgina bo`lsada shod etib, xayolan bo`lsada Bobur yaratgan sheriyat bog`lari aro sayr aylab, bir zumgina bo`lsa-da, Bobur ijod qilgan nazmiy asarlar asosida siz azizlar ila muloqotda bo`lishdir. Endigi navbat bobomiz hayoti va ijodi haqidagi ma`lumotlarga.
Ma`lumotlar

  1. Z. M. Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug`ildi. Otasi Temuriyzoda Umarshayx Farg`ona viloyatining hukmdori edi Onasi Qutlug`nigorxonim Toshkent hokimiYunusxonning qizi edi.

  2. U go`zal g`azallar yozdi. Ko`rgan, kechirgan voqealarini haqida ,,Boburnoma« asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U sozni go’zal chalgan. Ajoyib musiqalar yaratgan. Musiqa haqida «Musiqa ilmi» nomli ilmiy kitob yozgan.

  3. Bobur ruboiylari har jihatdan to`kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzaralari aks etadi.

  4. U 1530 –yil 26-dekabrda Agrada vafot etdi. Keyinchalik uning xoki vasiyatiga muvofiq Kobulga ko`chirildi.

5.Bo’lajak shoir 12-yoshda edi. Otasi bevaqt vafot etib, Farg`ona hokimligi uning zimmasiga tushdi. 15-yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi.16-yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi.

  1. 1503-yilda Amudaryoni kechib Xurosonga o`tdi. Kobul va G`aznani qo`lga kiritdi. So`ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib katta saltanat o`rnatdi.U o`z adolati va jasorati bilan hind xalqi qalbidan joy oldi, ularning mehrini qozondi.

Boburning avlodlari hind diyorida 300-yildan ortiqroq hukmronlik qilgan.

Yüklə 51,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə