1.24. “Mol haydab o‘tish”.
1.25.1. “Yovvoyi hayvonlar”.
1.25.2. Pastlab uchuvchi qushlar
1.25.3. “Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar”
1.26. “Toshlar tushishi”. Tosh ko‘chishi, surilishi va tushishi mumkin bo‘lgan yo‘l
qismini
bildiradi.
1.27. “Yonlama shamol”.
1.28. “Pastlab uchuvchi samolyotlar”.
1.29. “Tunnel” Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtog‘ining ko‘rinishi cheklangan
tunnelni bildiradi.
1.30. “Boshqa xavf-xatarlar”.
Ogohlantiruvchi belgilarda ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlar bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.31. “Sun’iy yo‘l notekisligi”. Yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi
to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish
uchun qo‘llaniladi.
1.31.1, 1.31.2. “Burilishning yo‘nalishi”.
Kichik radiusli, ko‘rinishi cheklangan yo‘lda harakatlanish
yo‘nalishini va yo‘lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.31.3. “Burilishning yo‘nalishi”.
T-simon chorrahada yoki yo‘l ayrilishlarida harakatlanish yo‘nalishini, ta’mirlanayotgan yo‘l
qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.32. “Tirbandlik”. Ushbu yo‘l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan
holatda tirbandlik
hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati
bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
1.33. “Qatnov qismi kesishmasi hududi”.
1. 30 yotiq chizig‘i bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini
anglatib, oldinda
tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi
transport
vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish, agar to‘xtash
chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni
taqiqlanishini bildiradi.
1.34. “Diqqat, boshqariladigan to‘siq”. Ushbu yo‘l belgisi boshqariladigan to‘suvchi qurilmasiga
yetmasdan o‘rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to‘suvchi
qurilma borligi
haqida ogohlantiradi.
1.35 “Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud”
1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi
punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi. Zaruriyat bo‘lganda, bu belgilar 7.1.1
qo‘shimcha axborot belgisida ko‘rsatilgan boshqa masofada ham o‘rnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik
va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin.
Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi
yo‘lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o‘rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 1.23
belgisi ish
bajarilayotgan joyga 10 — 15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisisiz) o‘rnatilishi
mumkin.
1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo‘l kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan
kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: