Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

Ishning bajarilishi.
Bodyaga tanasiga suv kiradigan mayda teshikchalarni va 
oskulumni kuzatish uchun koloniyasining bir qismini kesib olib, har xil kattalikda 
ko’rsatuvchi lupalar va binokulyar orqali kuzating, noaniq shakli va yashil rangiga 
e'tibor bering va rasmini chizing. 
Bulutning tana qoplag’ichidan tayyorlangan preparatni mikroskopda ko’rib, undagi 
turli xil hujayralarni toping va rasmlarini chizing. 
Fiksatsiyalangan bodyagadan bir bo’lagini olib, uni probirkaga soling va ustiga 40-
45% sulfat kislota eritmasini quyib 2-3 daqiqa davomida spirtovkada qizdiring. 
Shunda bodyaganing tanasi erib ketadi va suyuqlikning ostiga cho’kadi. Keyin suv 
bilan yuvib soat oynasiga soling, qurigan cho’kmani mikroskopda ko’rib, mayda 
tayoqchasimon ignachalarga (skeletiga) diqqatingizni qarating. 
Mavzuni mustahkamlash ucun test savollari 
1.Ko’p hujayralilarni kelib chiqishini “fagositella” nazariyasini mohiyati nimada? 
A. Blastula bo’shlig’iga hujayralar immigratsiyasi; B. Blastula devorini 
invaginatsiyasi; S. Ko’p yadroli bir hujayralilarni sellyulyarizatsiyalashuvi;D. Bir 
hujayralilarni boshqa bir hujayralilar bilan oziqlanish natijasida; 
2.Ko’p hujayralilarni kelib chiqishini “gastreya” nazariyasini moxiyati nimada? 
A. Blastula devorini invaginatsiyasi; B. Blastula bo’shlig’iga hujayralar 
immigratsiyasi; S. Ko’p yadroli bir hujayralilarni sellyulyarizatsiyalashuvi; 
D. Bir hujayralilarni boshqa bir hujayralilar bilan oziqlanish natijasida; 
3.Ko’p hujayralilarni kelib chiqishini “sintsitiy” nazariyasini moxiyati nimada? 
A. Ko’p yadroli bir hujayralilarni sellyulyarizatsiyasi; B. Blastula bo’shlig’iga 
hujayralar immigratsiyasi; S. Blastula devorini invaginatsiyasi; D. Bir 
hujayralilarni boshqa bir hujayralilar bilan oziqlanish natijasida; 
4.Bulutlarning paragastral bo’shliq hujayralari? 
A.Xoanotsitlar; B.Kollentsitlar; S.Amyobatsitlar; D.Skleroblastlar; 
5.Bulutlar (g’ovaktanlilar) mezogleyasida uchramaydigan hujayralar? 
A.Xoanotsitlar; B.Kollentsitlar; S.Amyobatsitlar; D.Arxeotsitlar; 
6. Gastrea nazariyasining muallifi qaysi olim?
A. A.Mechnikov; B. Kovalevskiy; S. Gekkel; D. Darvin;
7. Fagotsitella nazariyasining muallifi kim?
A. K.Linney; B. Xodja;S. Lamark; D. Mechnikov;
8. Bulutlarni hayvonot olamining vakili ekanligini qaysi olim isbotladi?
A. Aristotel; B. Xolodkovskiy; S. Mechnikov; D. Djorden;
9. Bulutlarni qaysi hujayralarida ovqat xazm bo’ladi?
A. Pinakotsitlarda; B. Amyobotsitlarda; S. Xoanotsitlarda; D. Arxeotsitlarda;
10. Bulutlar tipi necha sinfdan iborat?
A. 5 ta sinfdan; B. 2 ta sinfdan; S. 4 ta sinfdan; D. 3 ta sinfdan;
11. Askonoidli bulutlarda xoanotsitlar gavdaning qayerida joylashgan?
A. Gavda devori ichida; B. Paragastral bo’shligi devorida; S. Oskulum atrofida; D. 
Gavda bo’shligi devorida oyiqlar (chuqurchalar) ichida;
12. Bulutlar nimalari yordamida geografik tarqala oladi? 


A. Jinsiy hujayralari yordamida; B. Mayda bo’lakchalari orqali;
S. Lichinkalari yordamida; D. Gavdadagi hujayralari orqali;
13. Bulutlar gavdasida qanday to’kimalar bo’ladi? 
A. Muskul to’qimasi; B. Nerv to’qimasi; S. Togay to’qimasi; D. To’qimalar 
bo’lmaydi; 
14. Evolyutsion taraqqiyot protsessida bulutlar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?
A. Taroqlilardan; B. Koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilardan;
S. Xivchinlilardan; D. Sarkodalilardan; 
15.G’ovaktanlilar tana devori? 
A. Ektoderma va endoderma; B. Endoderma va mezogleya; S. Ektoderma va 
mezoderma; D. Ektoderma va bazal membrana

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə