kichikroq (5-20 mm) kichik suv shillig‘i hayot kechiradi. U jigar qurtining oraliq
xo‘jayini xisoblanadi. Kichik suv shillig‘i xavfli parazitni tarqatishi tufayli chorva
mollariga katta ziyon keltiradi.
Qorinoyoqli molyuskalarning quruqlikda yashovchi turlari va ko‘pchilik
chuchuk suv shilliqlari o‘pka bilan nafas oladi.
Quruqlikda yashovchi
shilliqlarning bosh qismida bir juftdan uzun va qisqa paypaslagichlari bo‘ladi.
Ustni uzun paypaslagichlarining uchida yoki asosida ko‘zlari joylashgan. Pastki
kalta paypaslagichlari tuyg‘u a’zosi bo‘lib xisoblanadi. Ular yordamida shilliq yo‘l
topib yuradi. Yevropaning janubida keng tarqalgan tok shillig‘ining uzunligi 50
mmga yetadi. U o‘simliklarning
yashil qismi bilan oziqlanib, bir muncha ziyon
keltiradi.
Tok shilliqi uzumzorlarda, bog’larda, o’rmonlar va butazor-larda yashab o’simlik
barglari bilan oziqlanadi. U quruqlikda yashovchi shilliq-
qurtlar orasida eng
yirigidir. Uning tanasi ustki tomonidan mollyuskalarga xos bo’lgan uch qavatli
chig’anoq bilan qoplangan.
Ularning chig’anoqi bir butun va o’ng tomonga spiral bo’ralgan. har
bir aylanmalar
bir-biridan chok deb ataluvchi yo’llar bilan ajralib turadi. Chig’anoq bo’shliqiga
kiradigan teshik chig’anoq og’zi deb ataladi. Bu teshikdan chig’anoq boshi va
oyog’i chiqib turadi. Chig’anoq bo’shliqida butun gavda joylashgan. Tok
shilliqining
gavdasi bosh, ichki organlar joylashgan tana va muskulli oyoq
qismlaridan iborat. Bosh qismida og’iz va ikki juft paypaslagichlari joylashgan.
Ikkinchi juft paypaslagichlarining uchida bir juft ko’zlari bo’ladi. O’ng tomonidagi
ko’z paypaslagichining ostida jinsiy teshigi mavjud. Oyog’i
keng va yassi,
ovalsimon shaklda. Mollyuska oyoq muskullarining to’lqinsimon qisqarishi tufayli
sekin-asta siljib harakat qiladi. Oyoqining ustida joylashgan tanasi spiral shaklda
buralgan.
Tanasining pastki tomoni mantiya burmalarini xosil qiladi.
Mantiya ostida
mantiya bo’shliqi joylashgan.
Dostları ilə paylaş: