Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

 
Ishning maqsadi: 
Chala va tо‘liq о‘zgarish bilan rivojlanadigan 
hasharotlarning lichinka-g‘umbak-imago davrlaridagi tuzilishi va rivojlanishini 
о‘rganish.
 
Kerakli material va jihozlar: 
Har xil yoshdagi chigirtkalar, tut ipak 
qurtlari, pillalar, kapalaklar. 
Ishning mazmuni.
Hasharotlarning postembrional (tuxum pardasidan 
chiqqandan keyingi rivojlanishi) rivojlanish davri metamorfoz ya'ni o’zgarish yo’li 
bilan kechadi. Metamorfoz to’liqsiz rivojlanish va to’liq rivojlanish bilan 
kuzatiladi. 
To’liqsiz, ya'ni chala metamorfoz yo’li bilan rivojlanuvchi hasharotlarga: 
suvaraklar, qandalalar (yarim qattiq qanotlilar) to’g’ri qanotlilar, ninachilar, bitlar, 
kunliklar, beshiktervatarlar, teng qanotlilar kiradi. Bularning tuxumlaridan chiqqan 
lichinkalari katta yoshdagi hasharotlarga juda o’xshash bo’lib, katta yoshdagi 
hasharotlardan gavdasining kichikligi, qanotlarining rivojlanmaganligi, jinsiy
organlarini taraqqiy etmaganligi bilan farq qiladi. 
60-rasm. Chigirtkaning chala metamorfoz yo’li bilan rivojlanishi.
1,2,3-ko’krak bo’g’imlari; yuqori qatorning chap tomondan birinchi-tuxum, 
yuqoridan birinchi va ikkinchi qatorlarda- har xil yoshdagi liichnkalar, pastda-
voyaga yetgan hasharot. 
 
Lichinka bilan imago orasidagi tafovutlar, ular bir yoshdan ikkinchi yoshga o’tgan 
davrdan so’ng qator po’st tashlashlar natijasida asta-sekin yo’holib boradi. 
Lichinkalari 4-5 marta po’st tashlab, keyin jinsiy voyaga (imago) yetadi. Masalan, 
chigirtkalarning rivojlanishi shu tartibda kechadi. To’liqsiz yo’l bilan rivojlanuvchi 
hasharotlarda qumbaklik davri bo’lmaydi. 
To’liq metamorfoz yo’li bilan rivojlanuvchi hasharotlarga qo’ng’izlar (qattiq 
qanotlilar) kapalaklar, burgalar, ikkiqanotlilar, pardaqanotlilar, to’rqanotlilar va 


boshqa hasharotlar gurug’i kiradi. Bu hasharotlarning tuxumidan chiqqan 
lichinkalar (qurtlar) mutlaqo katta yoshdagilar (imago)ga o’xshamaydi. 
Bu lichinkalarni qanotlari umuman rivojlanmagan bo’lib, faqat lichinkalik davriga 
xos organlari mavjud bo’ladi. Bunga tut ipak qurtini misol qilib olish mumkin. 
qurtning og’iz organlari kemiruvchi tipda, kapalaklarda esa so’ruvchi tipda 
tuzilgan bo’ladi. 
Bundan tashhari kapalak qurtining qorin qismida bir necha juft «yolqon» oyoqlari 
bo’ladi. Bu soxta oyoqlar bo’g’imlarga bo’linmagan. Kapalak qurtlari ham 
rivojlanish davrida besh marta po’st tashlaydi va qumbak davriga o’tadi. qumbak

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə