Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Suvarakning ovqat hazm qilish sistemasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

55-rasm. Suvarakning ovqat hazm qilish sistemasi.
1- so’lak bezlari; 2-qizilo’ngach; 3-oshqozon; 4-pilorik o’simtalar; 5-o’rta ichak; 6-
malpigi naychalari; 7-orqa ichak; 8-to’g’ri ichak. 
Og’iz bo’shliqiga bir juft so’lak bezlari ochiladi. Bu bezlarning keyingi qismi 
kengayib, so’lak to’planadigan rezervuarni xosil qiladi. So’lak qattiq 
ovqatniqo’llash uchun xizmat qiladi. Suvarakning xalqumi naysimon qisqa 
qizilo’ngachka aylangan. qizilo’ngach xaltasimon kengayib jiqildonni xosil qiladi. 
Undan keyin muskulli oshqozon bo’lib, uning devorida xitinli «tishcha»lar 


mavjud. Ular yordamida oziq moddalar to’liq maydalanadi. Tomoq’, qizilo’ngach, 
jiqildon va muskulli oshqozon ichakning oldingi bo’limini tashqil qiladi. Muskulli 
oshqozonning keyingi qismi kardial klapanga aylangan. U ovqatni ichakka 
o’tkazib turadi va teskari tomonga harakat qilishiga yo’l qoymaydi. O’rta ichak 
ingichka naycha shaklida bo’lib, oldingi boshlanish qismida 8 ta ko’r (pilorik) 
o’simtalari mavjud bo’lib, ular ham xuddi o’rta ichak singari (hasharotlarda jigar 
bo’lmaganligi sababli) ovqatni shimib olish va hazm qilish vazifasini bajaradi. 
Orqa ichak ikki qismga: yo’qon va to’g’ri ichakka bo’linadi hamda anal teshigi 
bilan tugaydi. hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari orqa ichakning keyingi bo’limida 
yiqiladi va tashhariga chihariladi. Suvaraklarning oldingi va keyingi ichak yuzasi, 
xuddi boshqa hasharotlarnikidek kutikula bilan qoplangan. 
56-rasm. Suvarak yuragining tuzilishi.
1-yurak kameralari; 2-aorta; 3-ostiyalar; 4-qanotsimon muskullar; 5-traxeyalar. 
Uzun naycha shaklidagi yurak yelka qoplag’ichining ichki yuzasida ya'ni 
qorin bo’limida joylashgan. Yurak 13 ta kameradan iborat. har bir kamerada ikkita 
teshikchalar ya'ni ostiyalar bo’lib, ulardagi klapanlar qonning yurakdan chiqib 
ketishiga qoymaydi. Yurakning keyingi tomoni tutash, oldingi tomoni esa 
cho’zilib, suvarakning tana bo’shliqiga ochiladigan bosh aortaga aylangan. 
Yurak yupqa parda devorli kamera ichida joylashgan. Suvarakning qoni bosh 
tomonga yo’nalgan aorta tomiri orqali kelib, bo’shliqiga quyiladi va tana suyuqligi 
bilan aralashib gemolimfani xosil qiladi. Gemolimfa organlar orasidan oqib o’tib 
yurak oldi kamerasiga va ostiyalar orqali yurakka o’tadi.
Yurak kameralari yurakning keyingi uchidan boshlab oldingi uchiga qarab 
birin-ketin qisqaradi va qon suyuqligi oldinga qaydaladi, natijada qon yurakdan 
aortaga chiqadi va undan boshi yaqinida tana bo’shliqiga kelib quyiladi. Suvaraklar 
va umuman barcha hasharotlarning gemolimfasi gazlarni tashishda ishtirok 
etmaydi, u orqali faqat oziq moddalar va modda almashinuvi maxsulotlari 


tashiladi. Shu sababli hasharotlar qonida eritrotsitlar yoki shunga o’xshash qon 
elementlari, xususan gemoglabin mavjud bo’lmaydi. Gemolimfa esa rangsiz, 
sarg’ish yoki yashil tusda bo’ladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə