Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-german tillari kafedrasi


"liegen-yotmoq, gliihen-toblanmoq, qizishmoq , bleiben-qolmoq"



Yüklə 141,77 Kb.
səhifə21/25
tarix29.11.2023
ölçüsü141,77 Kb.
#140903
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-germa-fayllar.org

"liegen-yotmoq, gliihen-toblanmoq, qizishmoq , bleiben-qolmoq" kabi
ko‘pgina fe‘llarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ushbu fe‘llar hech qachon 
ob‘ektiv bo‘la olmaydi.
Ob‘ektiv fe‘llar esa voqea-hodisani belgilab kelib, bular boshqa shaxs va 
narsalarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday fe‘llar toifasiga "geben-bermoq, nehmen-

olmoq, fragen-so’ramoq, sich erinnern-eslamoq" kabi fe‘llar misol bo‘la oladi.
12.Nemis tilida Präsens ning o‘zbek tilidagi hozirgi zamondan asosiy farqi shunda-
ki, u ko‘p ma‘nolilik (polisemantik) xususiyatga ega va ko‘p paradigmatik
(xarakterli) va sintagmatik (yaxlit) ma‘nolarni bildiradi. 
13.Präsens zamonini aniq vaqt bilan solishtirish tadqiqi shuni ko‘rsatdi-ki,
Aktuelles Präsens hozirgi zamonning asosiy ma‘nosi, historisches Präsens va 
Futurisches Präsens ko‘chma ma‘nosi, Generelles Präsens va uning muqobillari
uning qo‘shimcha ma‘nolari ekanligi oydinlashdi. Historisches Präsens va 
Futurisches Präsens da jarayon vaqti, ya‘ni aniq - ob‘ektiv vaqt Präsensra
ko‘chirilgan. 


14. Präteritum zamon formasining qo‘llanish doirasi keng bo‘lishiga qaramay, 


faqat birgina ma‘no formulasiga ega: Aktz = Betrz, Betrz va Aktz Sprz dan


oldin, -Mod, +/-Colloqu, +/-Adv. Präteritum da jarayon vaqti (Aktz) va kuzatuv 
vaqti (Betrz) bir xil, ikkisi ham nutq vaqtidan (Sprz) oldin turadi. Präteritum da
modallik faktori bo‘lmaydi. U oddiy so‘zlashuv nutqida ham, badiiy adabiyotda 
ham bir xil qo‘llanaveradi. Shuning uchun uni hikoya zamoni deb ataladi.
Präteritum da majburiy bo‘lmagan zamon ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi 
(vorgestern, im vorigen Jahr, neulich 1994 va b.)
15.a)Präteritum ba‘zan Präsens o‘rnida qo‘llanib, ayni paytda yuz berayotgan 
voqea-hodisani ifodalaydi, lekin so‘zlovchi nazari avvaldan o‘ylangan holat
(Betrachtzeit- kuzatuv vaqti)ga yo‘nalgan bo‘ladi: Präteritum ning bunday 
shaklida ham ob‘ektiv-aniq vaqt uning asosiy formasidagi kabi qoladi, ya‘ni
jarayon vaqti (Aktz) va kuzatuv vaqti (Betrz) bir paytda, nutq vaqti (Betrz)dan 
ilgari keladi.

Wie war doch Ihre Name? — Sizning ismingiz o’zi nimaydi?
b) Episches Präteritum, bunda asosan yozma nutqda voqealar tizimi va ketma-
ketligini ta‘minlashga xizmat qiladi.



Yüklə 141,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə