" Glossariy " moduli ishtirokchilarga lug„atga o„xshash ta‟riflar ro„yxatini yaratish va
qo„llab-quvvatlash yoki resurslar, axborotlarni to„plash va tizimlashtirishga imkon
tasvirlar yozuvda ko„rsatiladi. Yozuvlarni alifbo, toifalar, sana yoki muallif bo„yicha
7
qidirish va ko„rish mumkin. Yozuvlar ulardan barcha foydalanish uchun ruxsat
berilishidan oldin umumiy holda tasdiqlanishi mumkin yoki ular o„qituvchi tomonidan
ma‟qullanishi kerak.
Agar glossariyda avtomatik bog„lovchi filtr qo„shilgan bo„lsa, unda yozuv mashg„ulotda
avtomatik ravishda atama uchraydigan so„z yoki ibora bilan bog„liq bo„ladi.
O„qituvchi yozuvlarga izoh berishga ruxsat berishi mumkin. Yozuvlar o„qituvchilar yoki
talabalar tomonidan baholanishi ham mumkin (teng kuchli baholash). Ballar jurnalga
yozib qo„yiladigan yakuniy baholashni shakllantirish uchun birlashtirilishi mumkin.
Glossariylar:
* asosiy atamalarning qo„shma banki;
• yangi talabalar o„z nomlarini va shaxsiy ma‟lumotlarini kiritishi uchun tanishuv
maydoni;
* ilg„or amaliy tajriba almashish uchun "Foydali maslahatlar" resursi;
* foydali video, tasvir va audio fayllarni saqlash uchun umumiy maydon;
* eslab qolishni talab etadigan dalillarni tekshirish uchun resurs kabi turli xil tatbiqlarga
ega.
1.5. “Glossariy” elementi bilan ishlash
Anketa
Anketa moduli masofaviy kurslarda ta‟lim berishni baholash va rag„batlantirish uchun
uch turdagi so„rovnomalarni taqdim etadi. O„qituvchi ulardan talabalarni yaxshiroq bilish
va o„qitish samaradorligi haqida fikr yuritishga yordam beradigan ma‟lumotlarni to„plash
uchun foydalanishi mumkin. Shuni ta‟kidlash joizki, ushbu modul savollari oldindan
ishlab chiqilgan bo„lib, ularni o„zgartirib bo„lmaydi. Talabalar uchun maxsus anketa
taqdim etishda Teskari aloqa xizmatidan foydalanish mumkin.
Ta‟kidlash lozimki, bu so„rovnomalarda oldindan berilgan va tahrir qilinmaydigan
savollar qo„yiladi. O„z so„rovnomalarini tuzishni istagan o„qituvchilar "Teskari aloqa"
kursi elementidan foydalanishlari mumkin.