Qarshi davlat universiteti,roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 7,82 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü7,82 Kb.
#137895
bayonnoma 1



Qarshi davlat universiteti,roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi 
o’qituvchisi U.X.Eshmurodovning Qarshi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi 
texnikumida o’tkazgan “Spiele im DaF Unterricht” mavzusidagi seminar-trening 
BAYONNOMASI № 
12.10.2023 yil Qarshi shahri 
Qatnashdilar: Qarshi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi xorijiy til 
o’qituvchilari. 
Qarshi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori I.Do’stov 
rahbarligida o’qituvchi U.Eshmurodovning texnikumning xorijiy til o’qituvchilariga olib borgan 
“Spiele im DaF Unterricht” seminar-treningining muhokamasi eshitildi. 
1.Arziqulova B : Nemis tili va adabiyot kafedrasining o’qituvchisi U.Eshmurodovning olib 
borgan “Spiele im DaF Unterricht” mavzusidagi seminar-treningi maqsadi o’qituvchilarga 
mavzular bo’yicha metodik maslahatlar berishdir. Seminar davomida “Hot Potato”, ”Domino” 
kartochkalar yordamida rolli o’yin va shu bilan bir qatorda pantomima o’yinlari jarayoni 
tushuntirildi va ishtirokchilar tomonidan o’yinlar amaliy olib borildi.Ushbu chet tili darslarida 
qo’llanadigan metod va o’yinlar til o’rganuvchilarning muloqot kompetentsiyalarini 
rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. 
Amaliy mashg’ulot nazariy-metodik jihatdan talablar asosida tashkil etildi va quyilgan maqsadga 
erishildi. 
2.Karimova G: Men o’qituvchilar bilan birgalikda o’qituvchi U.Eshmurodovning “Spiele im 
DaF Unterricht” mavzusidagi ochiq seminar-treningida ishtirok etdim. Seminar uslubiy metodik 
jihatdan juda yaxshi tashkil etildi. O’qituvchi maqsad va vazifalar, metod va usullarini hozirgi 
davrda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishdagi mohiyatini nazariy va amaliy jihatdan dalillar 
asosida yaxshi tushuntirdi. Seminar jarayonida ishtirokchilarning faolligini oshirishga harakat 
qildi va bunga erishdi. 
Xulosa: 
O’qituvchi U.X.Eshmurodovning “Spiele im DaF Unterricht” mavzusidagi seminar-treningi 
qoniqarli o’tdi deb hisoblansin va amaliy mashg’ulot muhokamasida qayd etilgan nazariy-
amaliy,metodik yutuqlarni o’qituvchilarning amaliy mashg’ulotlarida qo’llash tavsiya etilsin. 
Qarshi Abu Ali Ibn Sino nomidagi 
Jamoat salomatligi texnikumi direktori: I.Do’stov 

Yüklə 7,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə