Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151422
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
pul va banklar fanidan uslubiy ko\'rsatma(1).docuyt

strategiyasi to‘g‘risida 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 
 
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga 
oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat 
muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy 
investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston 
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, 
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 
hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul 
qilindi.
SHu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning 
yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va 
tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining etarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy 
vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va 
jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator 
tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.


19 
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib 
borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar 
ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.
Bank tizimiga zamonaviy servis echimlari asosida axborot texnologiyalarini, 
moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada 
ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini 
kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF–5953-son 
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini 
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid 
Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, 
xususiy sektor rivojini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, 
bank xizmatlari ommabopligini va ularning sifatini oshirish uchun bank sektorini 
tubdan transformatsiya qilish maqsadida:
1.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning 
asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor 
shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini 
pasaytirish, banklarda xizmat ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, samarali 
infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, 
banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarini 
bosqichma- bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash 
hajmlari o‘sishining mo‘‘tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan 
makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro 
amaliy 
tajribaga 
ega 
bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy 
tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik echimlarni tatbiq etish orqali bank 
tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank 
ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy 
mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va 
bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek, 
davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh 
qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
etarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini 
ko‘paytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes 


20 
uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish 
nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya 
tizimidagi o‘zaro to‘ldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining 
shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy 
xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
2.
Quyidagilar:
2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini 
isloh qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2- 
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.
2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank 
tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan
quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq 
belgilansin:
bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari 
hissasini joriy 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
banklar 
majburiyatlarining 
umumiy 
hajmida 
xususiy 
sektor 
oldidagi 
majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, 
bilim va nufuzga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 
2025 yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 
quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
xalqaro 
moliya 
institutlari 
ko‘magida 
“Ipoteka-bank” 
ATIB, 
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish 
bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich 
xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni 
(faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari 
paketini sotishni nazarda tutish;
bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan 
talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini 
(“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini 
ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” 
ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish;


21 
Ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash 
asosida, me’yoriy talablaridan hamda qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni 
konsolidatsiyalash.
5.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan 
shtatlar soni doirasida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish 
va xususiylashtirish bo‘yicha loyiha ofisi (keyingi o‘rinlarda
– Loyiha ofisi) tashkil etilsin hamda unga quyidagi huquqlar berilsin:
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga 
maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;
tijorat banklarini transformatsiya qilish, shuningdek, ulardagi davlat aksiyalari 
paketini xususiylashtirishga doir masalalarda xalqaro moliya institutlari va 
salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.
Belgilansinki, Loyiha ofisiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi 
o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
6.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi 2024 yildan 
kechiktirmay Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki dasturi (FSAP) asosida 
moliyaviy sektor holatini baholashni o‘tkazish choralarni ko‘rsin.
7.Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan 
banklarning, shu jumladan, kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan 
bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashish 
taqiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risidagi qonunchilikning banklar faoliyatiga davlat organlarining ma’muriy 
aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik qismi ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
8.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibiga mustaqil 
a’zolarni kiritish orqali uni institutsional jihatdan mustahkamlash choralarini 
ko‘rsin.
9.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi boshqa manfaatdor 
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu 
Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika 
iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4300-son qaroriga 1-


22 
ilovaning 1–3-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11.Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh 
vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi 
M.B.Nurmuratov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə