8
2.4.2. Adabiyotlarni o‘rganish va asosiy ma’lumotlarni yig‘ish
Adabiyotlarni o‘rganishdan oldin yana bir bor mavzuni to‘g‘ri tanlanganligiga
ishonch hosil qilish lozim. Talaba adabiyotlarni kurs ishi mavzusi bo‘yicha, unga
mos tarzda tanlashi kerak. Ilmiy rahbarning vazifasi
talaba tanlagan manbalarni
qayta ko‘rib asosiylarini qoldirishdir.
Manbalarni to‘plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e’tibor
berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb
hisoblangan muammolarni echishda unchalik ahamiyatli bo‘lmay qoladi.
Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o‘ziga eng ma’qul deb
topgan ma’lumotlarni olgandagina olib borgan tadqiqoti samarali bo‘ladi.
3. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishi quyidagi bosqichlarda bajariladi:
mavzu tanlash; tanlangan mavzu
bo‘yicha rahbardan topshiriq olish; maxsus adabiyotlarni o‘rganish;
kurs ishini
nazariy qismini bajarish; jadval va rasmlarni chizish; taqrizga topshirish; himoyaga
ma’ruza va taqdimot tayyorlash; kurs ishini himoya qilish.
Kurs ishini yozish uchun reja tuziladi. Mavzuni reja orqali yoritishda aniq
ma’lumotlar tahlil qilinadi.
Kurs ishi tuzilmasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: kirish, asosiy mavzuga
tegishli bo‘limlar,
xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar.
Kurs ishining umumiy hajmi 30-40 sahifa hajmda amaldagi talablarga asosan
bajariladi. Bo‘limlarning hajmi kurs ishining umumiy hajmiga nisbatan taxminan
quyidagicha bo‘lishi lozim.
1.
Titul varaqasi.
2.
Mundarija.
3.
Kirish (3%).
4.
Asosiy bo‘limlar (80-90%).
5.
Xulosa va takliflar (4-5%).
6.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (kamida 20 ta).
7.
Ilovalar (kurs ishining mavzusidan kelib chiqqan holda qo‘shiladi).
Titul varaqasi
o‘rnatilgan namunaga mos blank shaklida bo‘ladi (1-ilovaga
qarang). Unda kafedra va fakultet nomi, kurs ishi mavzusi, pastda o‘ng tomondan –
talaba ismi sharifi,
yanada pastdan rahbar lavozimi, ilmiy darajasi va familiyasi,
ismi, sharifi yoziladi.
Mundarija
kurs ishida aks ettirilgan bo‘limlar, xulosa va takliflar,
adabiyotlar
ro‘yxati va har bir ilovani navbatma-navbat ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Kirish qismi:
ishning maqsadi, vazifalari, mavzuning dolzarbligi, ilmiy, amaliy
va uslubiy yondashuvi asosi, ishning mazmuni beriladi.
Dostları ilə paylaş: