Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
pul va banklar fanidan uslubiy ko\'rsatma(1).docuyt

 
 



2.4.2. Adabiyotlarni o‘rganish va asosiy ma’lumotlarni yig‘ish 
Adabiyotlarni o‘rganishdan oldin yana bir bor mavzuni to‘g‘ri tanlanganligiga 
ishonch hosil qilish lozim. Talaba adabiyotlarni kurs ishi mavzusi bo‘yicha, unga 
mos tarzda tanlashi kerak. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tanlagan manbalarni 
qayta ko‘rib asosiylarini qoldirishdir. 
Manbalarni to‘plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e’tibor 
berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb 
hisoblangan muammolarni echishda unchalik ahamiyatli bo‘lmay qoladi. 
Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o‘ziga eng ma’qul deb 
topgan ma’lumotlarni olgandagina olib borgan tadqiqoti samarali bo‘ladi. 
3. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi 
Kurs ishi quyidagi bosqichlarda bajariladi: mavzu tanlash; tanlangan mavzu 
bo‘yicha rahbardan topshiriq olish; maxsus adabiyotlarni o‘rganish; kurs ishini 
nazariy qismini bajarish; jadval va rasmlarni chizish; taqrizga topshirish; himoyaga 
ma’ruza va taqdimot tayyorlash; kurs ishini himoya qilish. 
Kurs ishini yozish uchun reja tuziladi. Mavzuni reja orqali yoritishda aniq 
ma’lumotlar tahlil qilinadi. 
Kurs ishi tuzilmasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: kirish, asosiy mavzuga 
tegishli bo‘limlar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar. 
Kurs ishining umumiy hajmi 30-40 sahifa hajmda amaldagi talablarga asosan 
bajariladi. Bo‘limlarning hajmi kurs ishining umumiy hajmiga nisbatan taxminan 
quyidagicha bo‘lishi lozim.
1.
Titul varaqasi
2.
Mundarija
3.
Kirish (3%). 
4.
Asosiy bo‘limlar (80-90%). 
5.
Xulosa va takliflar (4-5%). 
6.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (kamida 20 ta). 
7.
Ilovalar (kurs ishining mavzusidan kelib chiqqan holda qo‘shiladi). 
Titul varaqasi
o‘rnatilgan namunaga mos blank shaklida bo‘ladi (1-ilovaga 
qarang). Unda kafedra va fakultet nomi, kurs ishi mavzusi, pastda o‘ng tomondan – 
talaba ismi sharifi, yanada pastdan rahbar lavozimi, ilmiy darajasi va familiyasi, 
ismi, sharifi yoziladi. 
Mundarija
kurs ishida aks ettirilgan bo‘limlar, xulosa va takliflar, adabiyotlar
ro‘yxati va har bir ilovani navbatma-navbat ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. 
Kirish qismi:
ishning maqsadi, vazifalari, mavzuning dolzarbligi, ilmiy, amaliy 
va uslubiy yondashuvi asosi, ishning mazmuni beriladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə