Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "iqtisodiyot" fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
pul va banklar fanidan uslubiy ko\'rsatma(1).docuyt

2. Kurs ishini tashkillashtirish 
2.1. Ishning mavzusini tanlash 
“Pul va banklar” fani bo‘yicha kurs ishi mavzusi ushbu uslubiy ko‘rsatmada tavsiya 
sifatida keltirilgan mavzular ro‘yxatidan tanlab olinishi mumkin. Shuningdek, kafedra 
bilan kelishilgan holda, mazkur ro‘yxatga kiritilmagan boshqa bir dolzarb mavzu ham 
kurs ishi uchun talaba tomonidan tanlanishi mumkin. 
Kurs ishi mavzusini tanlashda, talabaning qiziqish sohasi, tanlangan mavzuning 
dolzarbliligi, ilmiy va statistik axborot bazasining mavjudliligi, mavzuning aynan “Pul 
va banklar” fani predmeti doirasida bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
2.2. Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish 
Kurs ishining rejasi talaba tomonidan kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar bilan 
maslahatlashgan holda tuzilishi kerak. Kurs ishning tayyorlangan rejasi kafedra mudiri 
yoki uning yordamchisidan tasdiqlatib olinishi lozim. Kurs ishida belgilangan reja 
topshiriqlarini bajarilish muddatlari ilmiy rahbar tomonidan talabaga belgilab beriladi. 
Talaba tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilishi, unda belgilangan vazifalarni (reja 
savollarini) bosqichma-bosqich hamda ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak. 
2.3. Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar 
2.3.1. Kafedraning asosiy vazifalari 
Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak: 
kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko‘rib chiqish; 
mavzuni tanlashida talabalarga kerakli ko‘rsatmalar va amaliy yordam berish
talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish; 
talabaning kurs ishi rejasini tasdiqlab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat 
qilish; 
kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish; 
talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini 
tashkil qilishdan iborat bo‘ladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə