Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə88/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

TAXTAKO’PIR TUMANI-Taxtako’pir tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy sharqida joylashgan bo’lib, 1965 yil 10 fevralda tashkil topgan. Yer maydoni 21,12 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 12,68 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 38,7 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 1,8 kishini tashkil etadi. Ellikqal’a, Beruniy, Qorao’zak va Mo’ynoq tumanlari bilan chegaradosh.
TO’RTKO’L TUMANI-To’rtko’l tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining janubiy sharqida joylashgan bo’lib, 1927 yil 13 iyulda tashkil topgan. Yer maydoni 7,48 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 4,49 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 192,6 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 25,7 kishini tashkil etadi. Beruniy va Ellikqal’a tumanlari bilan chegaradosh.
XO’JAYLI TUMANI-Xo’jayli tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining janubiy g’arbida joylashgan bo’lib, 1927 yil 3 iyulda tashkil topgan. Yer maydoni 0,73 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 0,44 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 183,5 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 251,4 kishini tashkil etadi. Amudaryo, Qorao’zak, Shumanay tumanlari va Nukus shahri bilan chegaradosh.
CHIMBOY TUMANI-Chimboy tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining shimolida joylashgan bo’lib, 1927 yil 3 iyulda tashkil topgan. Yer maydoni 2,20 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 1,32 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 108,3 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 49,2 kishini tashkil etadi.
SHUMANAY TUMANI-Shumanay tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining g’arbida joylashgan bo’lib, 1967 yil 9 yanvarda tashkil topgan. Yer maydoni 0,78 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 0,47 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 53,1 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 68,1 kishini tashkil etadi.
ELLIKQAL’A TUMANI Ellikqal’a tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining janubiy sharqida joylashgan bo’lib, 1977 yil 23 martda tashkil topgan. Yer maydoni 5,42 ming kv.km ni tashkil etadi va respublika hududining 3,25 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 140,5 ming kishi, zichligi 1 kv.km ga 25,9 kishini tashkil etadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə