Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


TRANSPORT-KOMMUNIKATSIYA YO’LAKLARI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə84/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

TRANSPORT-KOMMUNIKATSIYA YO’LAKLARI – bir necha davlatlarni bog’lab turadigan transpotr yo’llari.
ULAMO – islom ilohiyotchilari va huquqshunoslari, shuningdek, diniy muassasalarga, qozilik mahkamalariga, o’quv yurtlariga mutasaddi bo’lgan barcha musulmon dindorlari ulamolar deb yuritilgan.
UMUMBASHARIY QADRIYAT – dunyo xalqlarining ko’pchiligi tomonidan tan olingan, huquqiy me’yorlar tarkibiga kiritilgan yoki qadriyat, an’ana va mas’uliyatiga aylangan, voqe’lik va yohud munosabatlar tizimiga nisbatan qo’llaniladigan tushuncha. Umuminsoniy qadriyatlar – butun insoniyatning tajribasini ifodalovchi va ma’lum farqlanishlar bo’lishidan qat’i nazar, barcha odamlar uchun mushtarak bo’lgan dunyoqarashning ideallari yoki axloqiy normalar.
UNIVERSITET (lot. universitas — yigʻindi, majmua) — tabiiy, ijtimoiy va gumanitar yoʻnalishda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan ko’p tarmoqli oliy oʻquv ilmiy muassasa. U. oʻz bitiruvchilarining kelajakdagi ilmiy-amaliy va pedagogik faoliyatlari uchun chuqur nazariy tayyorgarlik ko’rishlarini taʼminlaydi. Oʻquv va ilmiy tadqiqot ishlarining uzviy ravishda qoʻshib olib borilishi U. taʼlimining asosiy oʻziga xos jihatidir. U. musulmon Sharqidagi oliy madrasa yoki madrasai oliya so’ziga toʻgʻri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi.
VAKILLIK – biror-bir organ yoki tashkilotda ma’lum jamoa, guruh yoki fuqarolar nomidan ish yuritish. Vakillik qonunlarda belgilanib qo’yilishi mumkin. Masalan, Konstitutsiyaning 10-moddasida O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin deb ko’rsatilgan. Bular xalq nomidan vakillik qilishi uchun boshqa hech qanday hujjatga muhtoj emas. Boshqa hollarda esa vakillik uchun hujjat talab qilinadi.
VAKILLIK HOKIMIYATI – hokimiyatni amalga oshirishning bir turi. Vakillik hokimiyatini mamlakatimizda Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari amalga oshiradi. Ularning a’zolari – deputatlar xalq vakillaridir. Vakolatni xalqdan olgan deputatlar Oliy Majlis va kengashdagi faoliyati orqali hokimiyatni ro’yobga chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi vakillik hokimiyati tizimi: Oliy Majlis, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlaridan iborat.
VALYUTA - chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar, chet el valyutasidagi to’lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə