Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


QOZI – sud ishlarini amalga oshiruvchi, sharhlovchi shaxs RAQOBAT



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə81/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

QOZI – sud ishlarini amalga oshiruvchi, sharhlovchi shaxs
RAQOBAT –  bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.
RASADXONA – osmon jismlarining holati va harakatini kuzatadigan maxsus joy.
RENESSANS – so’zi fransuzchada «qayta tug’ilish, yangi ruhda o’sish» ma’nolarini bildiradi va o’zbekchada ba’zan, «uyg’onish» deb ham yuritiladi.
RIYOZIYOT – matematika
SAYLOV – demokratiyaning asosiy belgisi bo’lib, ovoz berish yordamida davlat hokimiyatining vakillik organlarini yoki mansabdor shaxsni, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini, jamoat birlashmalarini va boshqalarni bevosita xalqning xohish-irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan yoki boshqa organ tomonidan shakllantirish bilan bog’liq jarayondir. Saylov tushunchasi ko’proq davlat hokimiyatining vakillik organlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini saylashga nisbatan qo’llaniladi.
SAYLOV TIZIMI – demokratik jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi bo’lib, fuqarolarning saylash va saylanishdan iborat huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisini anglatadi. Ushbu tushuncha davlatning saylab qo’yiladigan organlarini shakllantirish tartib-tamoyillarini ham o’z ichiga qamrab oladi.
SHARQ DEMOKRATIYASI - Sharqda demokratiya uzviy ravishda, asta- sekin rivojlanadi, bunda jamoatchilikning fikri ustuvor hisoblanadi, inqilobiy o’zgarishlarni rab etadi.
SHAXSIY DAROMAD – jismoniy shaxslarning soliq to’lagunga qadar daromadi.
SHAYX UL-ISLOM – eng yuqori pog’onada turuvchi huquqshunos shaxs
SIYOSIY JARAYONLAR – turli siyosiy institutlar, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar individlar munosabati sifatida namoyon bo’ladi.
SIYOSIY ONG – turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga, siyosiy tashkilotlar, ularning jamiyat hayotidagi roliga, boshqa davlat va millatlar bilan munosabatiga oid qarashlarning bir tizimga solingan nazariy ifodasi.
SIYOSIY PARTIYA – o’z a’zolari va tarafdorlarining siyosiy irodasini ifoda etadigan, shu davlat siyosiy yo’nalishini belgilashda, davlat hokimiyat organlarini shakllantirishda, shuningdek, hokimiyatni o’zining vakillik hokimiyat organlariga saylangan vakillari orqali amalga oshirishda ishtirok etishni o’ziga vazifa qilib olgan barqaror tuzilmaga va doimiy faoliyat xarakteriga ega bo’lgan mustaqil ijtimoiy birlashma. Partiyaning aniq yuridik ta’rifi muayyan davlatlar qonunchiligida beriladi va ular mahalliy, siyosiy va huquqiy an’analarga ko’ra jiddiy farqlanishi mumkin.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə