Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə77/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

OLIY MAJLIS- O’zbekiston Respublikasining Oliy Qonun chiqaruvchi organi. Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi asosida joriy etilgan bo’lib, unga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda o’tkazilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palata – Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat. Ularning vakolat muddati 5 yil. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida saylanadigan 135 deputat va O’zbekiston Ekologik harakati tomonidan saylanadigan 15 nafar vakildan iborat. Oliy Majlis Senati a’zolari 100 nafar bo’lib, ular Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlisida deputatlar orasida O’oroqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda 6 kishidan saylanadi. Senatning qolgan 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko’rsatiladi. Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining mutlaq vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XVIII- bob, 76-88- moddalarida belgilab berilgan.
OLIY TAʼLIM — turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislar tayyorlash. Oliy taʼlim oliy oʻquv yurtlari tomonidan xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning turli sohalari boʻyicha oliy malakali mutaxassis boʻlishni istagan va tegishli talablarni bajargan oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan koʻnikmalar shakllantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oliy taʼlim jarayonida talabaga oliy maʼlumot beriladi. Oliy maʼlumot tushunchasi muayyan ixtisoslik boʻyicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yigʻindisini anglatadi.
OMBUDSMAN – (shved. – kimningdir manfaatini ifodalovchi) – inson huquqlarining amal qilishini nazorat qiluvchi muassasalarning xalqaro yuridik atamashunoslikdagi nomi. Ombudsman ayrim mamlaktlarda saylanadigan, ayrim mamlakatlarda tayinlanadigan shaxs bo’lib, u inson huquqlariga amal qilishini nazorat qiladi. Agar prokuratura organlari inson huquqlariga amal qilishni faqat qonun asosida nazorat qilsa, Ombudsmanlar bu masalani maqsadga muvofiqlik, vijdonlilik, adolat nuqtai nazaridan nazorat qiladi. Aksariyat mamlakatlarda Ombudsmanlarga har qanday fuqarolar bevosita murojaat qilishlari mumkin. Ular huquq va erkinliklar buzilishini aniqlasa, tegishli idoralarga huquq va erkinliklarni tiklash haqida taklif kiritadi. Ombudsmanlarning taklif va tavsiyalari tegishli organlar tomonidan bajarilmasa, rad etilsa, ular sud organlariga yoki palamentga murojaat qilishlari mumkin. Ombudsman instituti ilk bor 1809 yilda Shvetsiyada joriy qilingan bo’lib, O’zbekistonda Ombudsman (Oliy Majlis huzuridagi inson huquqlari bo’yicha Vakil Instituti deb yuritiladi) 1995 yil 24 fevralda tashkil etildi. “Inson huquqlari bo’yicha Oliy Majlis vakili – Ombudsman to’g’risida”gi qonun esa 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə